62
Gamma-foizli resurs, uzoq xizmat qilish (yaroqlilik) guruhiga kiruvchi
yagona ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib, belgilangan ehtimollarda xizmat (ish) vaqtida
so‘nggi chegaraviy holatga yetmasligini tavsiflaydi, ya’ni oddiygina qilib aytganda
buyum (agregat yoki mexanizm) ishlash vaqtining
ehtimoli bilan ishdan chiqish
(buzilishi)ning chegaraviy holatga yetmasligini foizlarda ifodalovchi yig‘indi.
Yong‘in o‘chirish avtomobillarining ishonchlilik darajasini baholash uchun
ularning texnik holatini o‘zgarishi, ishdan chiqish yoki buzilish va qismlari
(agregat, uzellari)ni ishlashi to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarni yig‘ish, o‘rganish
va tahlil qilish lozim. Buyumlarni ishdan chiqish holatlari tahlil qilinib, nafaqat
ularning ishonchliligi balki ishdan chiqishning sabablari ham aniqlanadi.
Xulosa qilib aytganda, mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan yong‘in
o‘chirish avtomobillarining ishonchliligini baholash hamda kelgusida ularni
ekspluatatsiyasi bilan bog‘liq muammolarni ishlab chiqaruvchi bilan hamkorlikda
hal etish maqsadida Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida tayanch (bazaviy)
garnizonlarni belgilanishi va ular tomonidan avtomobillarni ekspluatatsiyasi bilan
bog‘liq ma’lumotlarni to‘plashni tashkillashtirish lozim. Ushbu garnizonlardan
keladigan ma’lumotlar yong‘in xavfsizligi bo‘linmalarida foydalanishda bo‘lgan
yangi yong‘in o‘chirish avtomobillaridagi agregat va tizimlarning texnik holatini
o‘zgarishi, avtomobillarni va ularning tarkibiy qismlarini ishdan chiqishi (buzilib
qolishi) to‘g‘risidagi ma’lumotlardan tashkil topishi lozim.
Ko‘rsatilgan ma’lumotlarni to‘plash uchun tegishli hisob-qayd hujjatlarini
yuritilishi kerak. Bularni kuzatuvlar jurnali (yoki maxsus statistika qayd varaqalari)
va ma’lumotlar xaritasi misolida ko‘rib chiqish lozim. Kuzatuvlar jurnali
nazoratdagi (kuzatuvdagi) har bir yong‘in o‘chirish avtomobiliga yuritilib,
haydovchi tomonidan nosozliklarni aniqlanishiga qarab to‘ldirib boriladi va unda
ishdan chiqish yoki buzilish holatlari, uni qayta tiklashga sarflangan vaqt qayd
etiladi. Ma’lumotlar xaritasi kuzatuv jurnalida qayd etilgan ma’lumotlarni to‘plab,
yong‘in o‘chirish avtomobillarini ishonchliligi to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarni
to‘plash bilan shug‘ullanuvchi yuqori tashkilot (hududiy boshqaruv organiga,
so‘ng markaziy boshqaruv organi)ga taqdim etiladi. Xarita mas’ul shaxs
tomonidan davriy ravishda kuzatuv jurnalidan olingan ma’lumotlar bilan to‘ldirib
boriladi.
Ushbu chora-tadbirlarning tahlili umuman yong‘in-qutqaruv qismlari hamda
texnik xizmat ko‘rsatish birikmalari o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish orqali
yong‘in o‘chirish avtomobillari, shu jumladan agregat va mexanizmlarin ishlab
chiqarish sifatini va konstruksiyasi tuzilishini takomillashtirishga bo‘lgan talablarni
asoslantirish, yong‘in o‘chirish avtomobillarining doimiy tayyorligini ta’minlashda
ehtiyot qismlariga bo‘lgan ehtiyojni, eng asosiysi yong‘in o‘chirish avtomobillarini
saqlab turishga ketadigan ekspluatatsion xarajatlarni asoslash imkonini beradi.
Shuningdek, bu tahlildan ayrim holatlarda yong‘in-qutqaruv qismlari harbiy
xizmatchi va xizmatchilarining texnik tayyorgarligini yaxshilash maqsadida ularni
texnik xizmat ko‘rsatish birikmalarida amaliyot o‘tashlari hamda bu borada
ularning o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish sohadagi ayrim muammolarni
yechishda amaliy tarzda yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: