Favqulodda vaziyatlarni bartaraf qilish hamda tizimni takomillashtirish



Download 4,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/153
Sana13.07.2022
Hajmi4,9 Mb.
#784707
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   153
Bog'liq
2 5197559303229150350

Адабиётлар: 
1.
ГОСТ-12.176. «Кабели провода и шнуры. Методы проверки на 
нераспространение горения». 
* * *
 
YO‘L
 
HARAKATI
 
XAVFSIZLIGINI
 
TA’MINLASH
 
VA
 
INSON 
 
HAYOTIY MANFAATLARI USTUVORLIGI 
 
G‘.O‘rinboyev E.Abdullayev 
(O‘zbekiston Respublikasi FVVAkademiyasi) 
o‘l harakati xavfsizligini ta’minlash jahon mamlakatlarining 
barchasida davlat ichki siyosatining eng muhim ustuvor 
yo‘nalishlaridan hisoblanadi. Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash 
jamiyatda insonlar hayoti va sog‘lig‘ini barqarorligi va uzviyligini ta’minlash, 
ularning turmush tarzi obodligi va hotirjamligini ta’minlashda muhim 
ahamiyatga egadir. Inson xavfsizligini ta’minlash jamiyatning hayot-mamot 
chora-tadbirlaridan hisoblanadi. Shuningdek, yo‘l harakati xavfsizligida asosan 
inson omilini ishtirok etishi ham bu jarayonni jamiyatda eng muhim ijtimoiy 
mezonlardan deb hisoblasak bo‘ladi. 



48 
Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash ehtiyoji inson, jamiyat va davlat 
faoliyatining asosiy hamda eng muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. 
Taraqqiyot tendensiyalarining jadal sur’atlarda tezlashishi, fan va texnikaning 
rivojlanishi, urbanizatsiya va aglomeratsiya jarayonlari, demografik vaziyat, 
yo‘l-transport infratuzilmalari kundan-kunga kengayib bormoqda. Mazkur 
omillar yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashda ham muhim va jadal yangiliklar 
joriy etilishini talab etmoqda. Mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 
o‘zining Oliy Majlisga murojaatnomasida ta’kidlaganidek, “Jamoat xavfsizligini 
ta’minlash, har bir mahallada xavfsiz muhit yaratish bo‘yicha yangicha 
yondashuvlar joriy etiladi. huquq-tartibot idoralarini aholi osoyishtaligi va 
fuqarolar manfaatlarining chinakam himoyachisiga aylantirishga qaratilgan 
islohotlarimiz izchil davom ettiriladi”. 
O‘zbekistonda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash borasida qonunchilikni 
yanada takomillashtirish, jamiyatda olib borilayotgan ijobiy o‘zgarishlar 
sharoitida qonun va me’yoriy-huquqiy hujjatlarning zamon talablariga yanada 
moslashtirish, sohada yangiliklar joriy etish bugungi kundagi dolzarb 
masalalardan 
biridir. 
Sohaga 
zamonaviy 
axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarni joriy etish borasida chora-tadbirlar amalga oshirilayotgan 
bo‘lsada, uni yanada takomillashtirishga zaruriyat tug‘ilmoqda. Hozirgi davrda 
yo‘l harakati xavfsizligi tizimida fuqarolarga huquqiy axborotlar bo‘yicha 
axborot-ma’lumot hamda konsultatsiya tizimlarini yaratish, elektron qonunchilik 
bazalarining mavjud bo‘lishi va ishonchliligini ta’minlash ehtiyojini yuzaga 
keltirmoqda. 
Aytish mumkinki, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasida 
mamlakatimizda qonunchilik va huquqni qo‘llash faoliyati monitoringi, 
normativ-huquqiy hujjatlar matnlari bilan ishlash jarayonlarida axborot 
texnologiyalaridan foydalanish masalasi tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. 
Mamlakatimiz fuqarolarining huquqiy ongi va madaniyati kundan-kunga 
yuksalib borayotgan bir sharoitda, normativ-huquqiy hujjatlarga bo‘lgan talab, 
mazkur hujjatlarni topish va o‘rganishga bo‘lgan ehtiyoj oshib bormoqda. Ana 
shunday jarayonda yo‘l harakati xavfsizligi borasidagi huquqiy axborotlar 
reklamasini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadigan jarayondir. 
Demak, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashning asosiy maqsadi shaxs 
xavfsizligini ta’minlashdir. Bu jarayonning serqirraligini hisobga olsak va u har 
xil darajalarda (mahalliy, hududiy va milliy) belgilangan bo‘lsada, unga qaysi 
nuqtai nazardan yondashmaylik oxir-oqibatda u inson va uning hayotiga 
qaratilgan bo‘ladi. Shuning uchun yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash tizimini 
tahlil etish jarayonida shaxs xavfsizligi muammosi insonning oliy ijtimoiy 
qadriyat sifatida anglab yetishi bilan yuzaga keladi. Shaxs xavfsizligi uning 
jismoniy, psixologik, ma’naviy, intellektual va boshqa hayotiy muhim 
manfaatlarini tashkil etadi hamda ushbu jihatlarni inobatga olsak shaxs 
xavfsizligini ta’minlash dolzarbligi ayon bo‘ladi. 
Yo‘l harakati xavfsizligi insoniyat muammosi sifatida jahon hamjamiyati 
tomonidan doimiy e’tiborga olinib kelinmoqda. Birlashgan Millatlar Tashkiloti 
tomonidan 2011-2020 yillar “Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha o‘n yillik” deb 


49 
e’lon qilingan edi. BMTning sobiq Bosh kotibi Pan Gi Munning ta’kidlashicha, 
“Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha o‘n yillik bo‘yicha harakatlar barcha 
mamlakatlarga xavfsizroq kelajak yo‘liga kirishga yordam berishi mumkin. 
Bugungi kunda butun dunyodagi sheriklar 10 yillik uchun milliy yoki shahar 
rejalarini ishlab chiqmoqdalar, mazkur siyosat bo‘yicha munozaralarda ishtirok 
etmoqdalar va yo‘l harakati qurbonlariga o‘zlarining taqdirlari haqidagi 
mulohazalarni keng jamoatchilik bilan bo‘lishish imkoniyatini berishmoqda. 
Endi biz ushbu aksiyani sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishimiz va 
yo‘ldagi harakatlar xavfsizligi yangi yo‘nalishi kursini belgilashimiz kerak. 
Birgalikda biz millionlab odamlarning hayotini saqlab qolishimiz mumkin”. 
Bugungi kunda dunyo iqtisodiyoti uchun yo‘l-transport hodisalari katta 
iqtisodiy zarar keltirmoqda. Butun dunyo iqtisodiyoti uchun bu zarar bir yilga 
taxminan 600 milliard yevroni tashkil etmoqda. Shuni ta’kidlash lozimki, 
jahonda iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarda so‘nggi 30 yil ichida yo‘l 
harakati xavfsizligi bilan bog‘liq vaziyat birmuncha barqarorlashgan, ammo 
rivojlanayotgan mamlakatlarda vaziyat esa, yomonlashishi kuzatilmoqda. Bu 
vaziyat rivojlanayotgan davlatlarda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashda 
mablag‘larning yetishmasligi, yo‘l-transport infratuzilmasi sohasida shart-
sharoitlarning yaxshi emasligi, tizimda inson omili, ehtiyoj va manfaatlari to‘liq 
ta’minlanmayotganligi bilan bog‘liqdir. 
Umuman olganda, yuqoridagilarni inobatga olgan holda yo‘l harakati 
xavfsizligini ta’minlashda shaxs xavfsizligi omili muhim ahamiyat kasb etadi. 
Uni quyidagicha ta’riflash mumkin: yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash 
jarayonida shaxs xavfsizligi-bu shaxsning hayotiga va hayotiy muhim 
manfaatlari yaxlitligiga taxdid tug‘diruvchi yo‘l-transport hodisalari va u bilan 
bog‘liq turli salbiy ko‘rinishlar va ta’sirlarni oldini olishga, minimallashtirishga 
yoki bartaraf etishga yo‘naltirilgan mexanizmlar tizimidir. 
Yo‘l harakati xavfsizligi tizimida inson xavfsizligini tadqiq etishning 
mohiyati, bu sohada yuzaga keluvchi real va potensial xavf va taxdidlarning 
manbalari va vositalari, ulardan shaxslarni himoyalashni ta’minlashning 
mexanizmlari, yo‘nalishlari, darajalari va chora-tadbirlar tizimini tahlil etishning 
dolzarbligini vujudga keltiradi. Davlat siyosati tizimidagi yo‘l harakati 
xavfsizligi muammosining ijtimoiy mohiyati asosan aholi hayoti va sog‘lig‘ini 
saqlash zarurati bilan bog‘lik. Ushbu masalaning yechimida quyidagi omillar 
muhim ahamiyat kasb etadi: 
-
axoli huquqiy ongi, huquqiy madaniyati va huquqiy faolligining yuqori 
bo‘lishi; 

aholining yo‘l harakati xavfsizligi bilan bog‘liq me’yoriy-huquqiy hujjatlar 
mohiyatini to‘liq bilishi va amal qilishi; 

huquqni muhofaza qiluvchi organlar, madaniy-ma’rifiy va jamoat 
tashkilotlari tomonidan yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash yuzasidan 
ta’sirchan targ‘ibot ishlari kuchaytirilishi; 

haydovchilarning yo‘l harakati bilan bog‘liq madaniyati va intizomini 
oshirish, yo‘llarda transport qatnovi ishtirokchilarining o‘zaro hurmat 
tamoyillarini samarali ro‘yobga chiqarish; 


50 
-yo‘l-transport infratuzilmasining sifati, yaroqliligi, jahon standartlariga 
javob berishini ta’minlash; 

hududlarning demografik, geografik, iqtisodiy va ekologik jihatlari, 
insonlar ehtiyojlari va manfaatlaridan kelib chiqqan holda yo‘l-transport 
infratuzilmalarini tashkil etish. 
Yo‘l-transport infratuzilmalarining kengayishi, aholi sonining ortib borishi 
munosabati bilan yo‘l-transport hodisalarining miqdoriy ko‘rsatkichlari oshishi 
ehtimolining mavjudligi munosabati bilan, yo‘l harakati xavfsizligi soxasida 
yagona huquqiy tizimni yanada takomillashtirish, yo‘l-transport muammolari, 
baxtsiz hodisalar darajasini pasaytirish uchun chora-tadbirlarni kuchaytirish 
zarur. Mazkur jarayonni ta’minlash uchun mamlakat miqyosida yo‘l harakati 
bilan bog‘lik muammolarni tizimli monitoringini amalga oshirish, bu borada 
jamoatchilik nazorati va ijtimoiy tadqiqotlarni kuchaytirish maqsadga muvofiq. 
Shuningdek, bugungi kunda mamlakatimiz hududlaridagi aholi punktlari va 
boshqa joylardagi yo‘l-transport kommunikatsiyalari va infrastrukturalar 
tizimida bir qancha muammolar mavjud. Mazkur muammolar quyidagi 
vaziyatlarda namoyon bo‘lmoqda: 

yo‘llarning ko‘pgina joylarida yo‘l belgilarining aniq emasligi, yo‘l 
belgilarini chizishda ko‘pincha tez uchib ketadigan mahsulotlarning ishlatilishi; 

yo‘llarni konstruksiyalaridagi kamchiliklar va korrupsion holatlar tufayli 
ularning tez buzilishi va yo‘l-transport jarayonlarida muammolar keltirib 
chiqarayotganligi; 

aholi punktlarida ba’zi chorrahalarda svetoforlarning qo‘yilmaganligi, 
shahar va aholi punktlaridagi chorrahalarda svetofor qo‘yish bo‘yicha 
monitoring o‘tkazilmaganligi; 

ba’zi svetoforlar daraxt shoxlari va ba’zi to‘sinlarni orasida qolib ketib, 
ko‘rinmay qolayotganligi; 

yo‘l belgilarining ko‘pchiligi tungi paytlarda yorishmasdan (fosforli 
moddaning yetishmasligi tufayli) qolayotganligi. 
Mazkur muammolarni joylarda tizimli ravishda hal etish, bu jarayonda 
jamoatchilik nazorati va ijtimoiy sheriklikni shakllantirish lozim. Mazkur 
jarayondagi chora-tadbirlarda mahalliy kengashlar deputatlari, jamoatchilik, 
fuqarolarning 
o‘zini 
o‘zi 
boshqarish 
organlari, 
nodavlat-notijorat 
tashkilotlarining ishtirokini kuchaytirish maqsadga muvofiq. Yo‘l harakati 
xavfsizligini ta’minlash muammolarini yechimi borasida ilmiy asoslangan 
xulosalarni ham ko‘paytirish lozim. Mazkur masala yechimi uchun: 

IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tizimida “Yo‘l harakati xavfsizligi 
ilmiy-tadqiqot (instituti) markazi”, “Ijtimoiy tadqiqotlar markazi”, “Jamoatchilik 
bilan ishlash markazi” kabi tuzilmalar tashkil etish va faoliyatini samarali yo‘lga 
qo‘yish; 

Jamoatchilik asosida ishlaydigan “Ayollar kengashi”, “Ko‘ngilli 
inspektor”, “Yo‘l harakati xavfsizligi yoshlar klubi” kabi ijtimoiy- jamoatchilik 
tuzilmalarini tashkil etish; 

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qoshida yo‘llar holati va 
yo‘l belgilarini aniqlash borasida jamoatchilik komissiyasini tuzish, unga 


51 
faxriylarni jalb etish; 

Joylarda tegishli oliy ta’lim muassasalari olimlarini yo‘l-muxandislik 
inshootlari qurilishi va undan foydalanish borasida ekspertlikka ajratish va 
shartnoma asosida ishlar tashkil etish maqsadga muvofiq bo‘lgan bo‘lar edi. 

Download 4,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish