271
TEKSTIL ISHLAB CHIQARISH KORXONASINING IP-YIGIRUV VA
ISHLAB CHIQARISH SEXLARIDA YONG‘IN XAVFSIZLIGINI
TA’MINLASHNING SAMARALI USLUBLARINI ISHLAB CHIQISH.
I.R.Talibdjanov (FVV Akademiyasi),
M.Sh.Poyonov (FVV Akademiyasi kursanti)
ugungi kunda mamalakatimizni modernizatsiya va isloh qilish
bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli iqtisodiy, siyosiy,
ijtimoiy va huquqiy islohatlar ko‘p jihatdan yurtimiz aholisining
aksariyat qismi yashaydigan qishloqlarimizni obod va farovon etish,
qishloq
ahlining turmush madaniyatini yuksaltirish bilan uzviy bog‘liq ekani hech kimga
sir emas. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ta’biri bilan aytganda, Vatanimiz
taraqqiyotida tutgan o‘rni va ahamiyati beqiyos bo‘lgan qishloq ahlining hayotini
zamonaviy mezonlarga ko‘tarish va umuman, qishloq xo‘jaligi sohasi rivojiga rivoj
qo‘shish, uning samaradorligini oshirish bugungi kunda eng dolzarb,
hayotning
o‘zi talab qilayotgan muhim bir vazifaga aylanmoqda.
Qishloq xo‘jaligining respublika sharoitida yetishtiriladigan mahsulotlardan
biri bu paxta xom ashyosini yetishtirish hisoblanadi. Bu borada esa O‘zbekiston
dunyoda o‘z mavqeiga ega.
Strategik ahamiyatga ega bo‘lgan ushbu maxsulotni xavfsizligini jumladan
yong‘in xavfsizligini ta’minlash muhim axamiyatga ega xisoblanadi.
Paxta tolasini yong‘indan muxofaza qilish uchun uning yong‘in xavfi
ko‘rsatgichlari muxim o‘rin tutadi. Ma’lumki paxta tolasi - sof xujayralardan
tashkil topgan, yuqori molekulyar bog‘li moddadan iborat bo‘lgan mahsulotdir.
Katta molekulyar massaga ega bo‘lganligi, erituvchilarga
chidamliligi hamda
mexanik xossalarining yuqoriligi unga xos xususiyatlarga kiradi.
Paxta, yonuvchi tolasimon yengil alangalanuvchi material (modda), yondirish
manbaini uzoq vaqt ta’siri natijasida cho‘g‘lanib yonish xususiyatiga ega va bunda
yonish natijasida hosil bo‘lgan gazsimon moddalarni o‘ziga yutadi. Alangalanish
harorati - 2100S; o‘z-o‘zidan yonish harorati – 4070S; o‘z-o‘zidan qizish harorati
– 600S; paxta changining havodagi miqdori 44 - 90 g/m3 bo‘lganda portlovchan
muhit; chang miqdori 395 g/m3 bo‘lganda portlash natijasida hosil bo‘ladigan
maksimal bosim 630 kPa teng bo‘ladi; bosim oshishining tezligi 12,9-17,5 MPa/s;
minimal yondirish energiyasi 25 mDj. Paxta azot va sulfat kislotasi, hamda
oksidlovchilar bilan ta’sir qilganda o‘z-o‘zidan yonishga layoqatlidir. Paxtaga
tekkan o‘simlik yog‘lari yengil oksidlanadi va uning o‘z-o‘zidan
alangalanishiga
olib keladi.
Sodir bo‘layotgan yong‘inlarning taxlili asosida paxta xom ashyosini ochiq
maydonlarda saqlayotgan buntlar va bunt guruhlari orasidagi yong‘inga qarshi
oraliq masofa 1996 yilda ishlab chiqilgan QMQ 2.10.01-96 «Qishloq xo‘jaligi
korxonalariing bosh tarxlari» asosida loyihalashtirilishi lozim. Paxtani qayta
ishlash korxonalari va paxta tayyorlash punktlari hududidagi yopiq omborlardan
qozonxonaning o‘choq bo‘limigacha bo‘lgan oraliq masofa 20
metrdan kam
bo‘lmasligi kerak.
B
272
Bundan tashqari, korxonalardagi bostirmalarda saqlanadigan paxta tolasidan,
ortish platformalardan va ochiq maydondagi paxta tolasi saqlanayotgan
shtabellardan bino va inshootlariga qadar bo‘lgan yong‘inga qarshi masofa QMQ
2.10.01-96 «Qishloq xo‘jaligi korxonalarining bosh tarihlari»ning 3.21 bandi
belgilanadi. Ochiq maydondagi og‘irligi 300 tonnagacha bo‘lgan
paxta xom
ashyosi saqlanadigan shtabellarning o‘lchami uzunasiga 22 metr, kengligi 11 metr
va balandligi 8 metrgacha bo‘lishi lozim.
Paxta tolalari faqat toy holatida saqlanadi, ochilib ketgan toylar (uringan
toylar) alohida shtabellarga joylashtirilishi lozim.
Ochiq maydonda saqlanadigan paxta tolalari shtabellari brezentlar bilan
yopiladi va ular yerga qoqilgan qoziqlarga mahkamlab qo‘yiladi. Ochiq
maydondagi to‘plab yig‘ilgan paxta tolalari ham brezentlar bilan yopiladi va ular
yerga qoqilgan qoziqlarga mahkamlab qo‘yiladi. Paxta tolalarini yong‘indan
saqlash oraliqlarida to‘plash, yig‘ish va saqlash man qilinadi.
Suyuq yonilg‘i bilan ishlaydigan lokomotivlarga
bostirma va paxta tolasi
shtabellaridan 30 metr uzoqlikda, yopiq omborlardan 15 metr uzoqlikda ishlashiga
ruxsat etiladi.
Har qanday holatda ham mashinalar, avtodrezina, avtokran, mototsikl va
poyezd tortadigan mashinalarning (motovoz) paxta tolalari saqlanadigan, bostirma
va paxta tolasi shtabellariga 3 metrdan kam bo‘lgan
masofaga yaqinlashish man
etiladi, traktorlar uchun oraliq masofa 10 metrdan kam bo‘lmasligi kerak.
Paxta tolalari saqlanadigan maydonlarda chekish, ochiq olovdan foydalanish
man etiladi. Chekish alohida ajratilgan xona yoki joylarda ruxsat etiladi. Yopiq
turdagi ombor, shiypon, bostirmalar va shtabellar yaqinida «Chekish man etiladi»
yozuvi bo‘lishi shart. Chekish ruxsat etilgan joylarda esa «Chekish uchun joy»
yozuvi bo‘lishi kerak.
Ochiq maydonlardagi toy paxta saqlanayotgan shtabellardan paxta chigitini
saqlash omborlariga qadar bo‘lgan yong‘inga qarshi masofa QMQ 2.10.01-96
«Qishloq xo‘jaligi korxonalariing bosh tarxlari» 3.22 bandi qabul qilinadi.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng paxta
xomashyosini saqlashga
va qayta ishlashga bo‘lgan talablarning o‘sganligi hamda mavjudlari rekonstrksiya
qilinishi munosabati bilan QMQ 2.10.01-96 «Qishloq xo‘jaligi korxonalariing bosh
tarxlari» meyoriy hujjatining talablariga mos keltirilishi paxta xomashyosini
yong‘indan saqlab qolishga o‘z ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: