www.ziyouz.com
кутубхонаси
23
asarlaridan «Savolu javob», «Ilmning bayonida», «Sufiya istilohidan yuz maqom», «Huroiya
ruboyisining sharhi» kabi risolalari, she’rlar devoni, «Anis ul-ofirin» masnaviysini eslatish mumkin.
Shuni ham uqdirish lozimki, Alisher Navoiy 3–4 yoshida yodlagan mashhur bayt ham ana shu alloma
va shoir qalamiga mansubdir. Amir Qosim Anvor Tabrizda tug’ilgan bo’lsa-da, Arabiston, Eron,
Afg’oniston, Movarounnahrning ko’pgina shaharlarida bo’lgan. Uning Samarqandga birinchi marta
kelishi Amir Temur hali hayot bo’lgan vaqtga to’g’ri keladi. Amir Temurni ko’rganligi haqida «Amir
Temurni ko’rish voqeasining bayoni» masnaviysini ham yozgan. keyinchalik Shohruh Mirzo saltanati
zamonida Hirotda yashaydi va bu shaharning erkin fikrlovchilari orasida katta hurmat va e’tiborga
sazovor bo’ladi. Uning muxlislari ko’payib, she’rlari esa qariyb har bir xonadonga kirib boradi. 1427
yilda Hirot joMe’ masjidida namozga kelgan Shohrux Mirzoga suiqasd tashkil qilinadi. Bu suiqasdning
ijrochisi Ahmad Lur bo’lib, mavlono Sayyid Qosim Anvor turadigan manzilga kelar va uning farzandi
qatori bo’lmish Amir maxdum bilan muloqotda bo’larkan. Buni aniqlagan podshoh suiqasdda Sayyid
Qosim Anvorning ham qo’li bo’lsa kerak, deb uni Hirotdan Samarqandga surgun qiladi. Mirxond
«Ravzat us-safo»da yozishicha, xuddi shu vaqtda Sayyid Qosim Anvor quyidagi g’azalni bitgan ekan:
Ey, oshiqon, ey oshiqon, hangomi on shud k-az jahon,
Murg’i dilam tayron kunad boloi hafto’m osmon.
Maqta’:
Qosim, suxan ko’toh kun, bar xezu azmi roh kun,
Shakar bar tuty fikan, murda ba Peshi kargason.
Mazmuni:
Ey, oshiqlar, ey oshiqlar, ko’ngil qushining yettinchi osmonga parvoz qilish vaqti bo’ldi...
Qosim, so’zni ko’paytirma, turgilu yo’lga otlan, to’ti oldiga shakar qo’ygilu o’laksaxo’rga
o’laksani qoldirgil.
Mavlono Sayyid Qosim Samarqandga Kelgach, Mirzo Ulug’bek uning donishmand, oddiy va olijanob
shaxsligini ko’rib, uning muridi bo’ladi, ustozini nihoyatda ehtirom qiladi, deb yozadi Mirxond. Sayyid
Qosim Samarqanddagi amir Shohmalik madrasasidagi hujralardan birida joylashtiriladi. Xuddi ana shu
vaqtda Xoja Ubaydulloh – Xoja Ahror Sayyid Qosim Anvor bilan tanishadi. Xoja Ahror bu mashhur
alloma va shoir bilan birinchi marta uchrashuvini shunday hikoya qiladi:
Eshitdimki, hazrati Amir Qosim (Anvor) shayx Abulays hammomiga boribdilar. Men mavlono
Qutbiddin madrasasida edim. Hazrat Amir Qosim suhbatlariga musharraf bo’lmoq uchun yo’lga
chiqdim. Hazrat hammomdan chiqib, taxti ravonga o’tirdilar va to’rt kishi uni ko’tarib borardi. Men
taxti ravonning bir poyasini yelkamga olib, ...amir Shohmalik madrasasigacha ko’tarib bordim... Amir
Sayyid Qosim Anvor taxti ravondan tushganlaridan so’ng hazratning odamlari menga murojaat qilib,
aytdilarki, sen bu xizmating bilan odamiylar qatoriga qo’shilding... Amir Qosim Anvor huzuriga kirdim.
Ul hazrat so’radilar: bobu, oting nadir? Dedim: Ubaydulloh... Aytdilar: buyurgil!»
Xoja Ahrorning Sayyid Qosim bilan muloqoti shunday boshlanib, u mashhur shoirda yaxshi
taassurot qoldirdi. Shuning natijasida Sayyid Qosim Anvor Samarqandda ekan, Xoja Ahror uning bilan
ko’p uchrashdi, turli masalalardan bahs qildilar. Sayyid Qosim Xoja Ahrorga o’zi, qarashlari,
sayohatlari haqida nihoyatda muhim voqealardan hikoya qildi.
Muhammad Qozi o’z asarida ulardan juda muhim deb bilganlarini Keltirgan. Jumladan:
(Xoja Ahror) hikoya qilar edilarki, Sayyid Anvor Samarqandga kelganlarida Boboi obRez avlodidan
bo’lmish va shayx Abusaid Shayxonning ona tomonidan, bobosi shayx Burxon ul hazratni (Sayyid
Qosim)ni ko’rish uchun kelibdilar. Uyda ko’pgina odamlar bo’lib, Sayyid (Qosim) yonboshlab o’tirgan
ekanlar. Sayyid Qosimning bunday o’tirishi shayx Burxonga yoqmabdi va Sayyidga qarab shunday
debdi: «Siz shayx bo’laturib bunday o’tirsangiz, muridlaringiz cho’zilib olib, yotib qoladi. Bunday
Buyuk ma’naviy murshid
Do'stlaringiz bilan baham: |