Bobolaring qarich yoshda ot mingan,
Tig'lariga jilo bergan chaqindan.
Oq soqolin hilpiratib janglarda
Vatanidan yovni quvgan, so ‘ng tingan.
60 A d ab iyotim iz avtobiografiyasi. — Т.: 1973., 154-bet.
204
O ybekning harbiy lirikasi m azm un va badiiy m ahorat
jihatidan yuqori saviyada, nafis bo‘lib, milliy she’riyatning jiddiy
yutug‘idir. Bu fikr uning «Mahmud Tarobiy» dostoniga ham
taalluqlidir. Urush davrining mahsuli bo‘lgan bu dostonda (opera
librettosida) xalqimizning XIII asrda m o‘g‘ul bosqinchilariga
qarshi olib borgan m ardonavor kurashi iftixor bilan hikoya
qilingan. Asar sujeti markazida qadimiy Buxoro yaqinida bo‘lib
o ‘tgan tarixiy voqea yotadi: M ahmud Tarobiy boshchiligida
m o‘g‘ul istilochilariga qarshi ko‘tarilgan xalq isyoni tasvirlanadi.
A sard a q a to r tarixiy-voqeiy va badiiy t o ‘qim a o b razlar
yaratilgan. Shular orqali Vatanni bosqinchilar asoratidan ozod
qilish uchun hayot-mamot kurashiga otlangan xalq qahramonligi
ulug‘langan. Asarning bosh qahramoni — tarixiy shaxs Mahmud
Tarobiy. U butun borlig‘i bilan el-yurt baxt-saodati uchun
kurashgan xalq qahramoni sifatida gavdalantirilgan.
Asar badiiy jihatdan m e’yorida. U nda ajoyib qo'shiqlar,
ta’sirli ariyalar, pyesa g‘oyasini obrazli tarzda ochishga bevosita
xizmat qiluvchi sermazmun monolog va go‘zal dialoglar bor.
Xalq kuchiga va adolat tantanasiga komil ishonch ruhi bilan
sug‘orilgan «Mahmud Tarobiy» librettosi asosida kompozitor
Oleg C hishko y a ra tg an o p era 1944-yilda T o sh k en td a
sahnalashtirilgan.
Oybek urushdan so'nggi yillarda ham xilma-xil mavzularda
k o ‘p lab
sh e ’rla r
yozdi.
A y niq sa,
epik
sh e ’riy a t
imkoniyatlaridan unumli foydalandi. «Qizlar» (1947), «Hamza»
(1948), « Z afar va Z ah ro» (1950), « H a q g o ‘ylar» (1954),
«Bobom» (1957), «Davrim jarohati» (1965), «Guli va Navoiy»,
«B obur» (1968) nom li liro -ep ik a s a rla r yozib, o ‘zbek
dostonchiligi taraqqiyotiga katta hissa qo'shdi.
Oybekning «Qizlar» dostonida о ‘zbek xotin-qizlarining urush
davridagi hayoti, buyuk g‘alabani ta ’m inlashga qaratilgan
fid o k o ro n a m ehnati tasvirlangan. A sarda h ay o t h aq iq ati
bo‘yalmay, pardozlanmay ro ‘y-rost ko'rsatilgan. Shoir front
orqasidagi kishilarning qahram onona m ehnatini, xususan,
xotin-qizlarning vatanparvarligini k o ‘rsatish uchun kerak
b o ‘lgan voqea va dalillarni besh kolxozchi qiz obrazi orqali
badiiy tarzda bera olgan. D ostonda tasvirlanishicha, Nazmi,
205
D ilb a r, O ltino y, O yjam ol va G u lsh an u ru sh d av rid a
vatanparvarlik namunalarini amalda namoyish qiladilar. Bu
qizlar g‘alabaga ko‘proq hissa qo‘shish uchun o‘z kuchlarini
ayamadilar. Urush davrining o ‘ziga xos katta qiyinchiliklarini
mardona yengib, paxtadan yuqori hosil oladilar.
Oybek «H am za» do sto n id a xalqim izning asl farzandi,
jangovar shoir va faol jamoatchi Hamza Hakimzodaning jonli
obrazini yaratib, shoirning millatni taraqqiy ettirish sohasidagi
jonbozliklarini badiiy tarzda ko‘rsatgan. Asarda Hamza yangi
davrning va yangi tipdagi odamlarning asosiy xususiyatlarini
o ‘zida g av dalantiruvchi hayotiy obraz sifatida nam oyon
b o ‘ladi. Oybek dostonda H am zaning jaholatga, xurofotga
qarshi kurashini haqqoniy ifodalagan.
Oybek ijodida chet el m avzusidagi «Z afar va Zahro»,
«Haqgo‘ylar», «Davrim jarohati» dostonlari ham muhim o ‘rin
tutadi. M a’lumki, Oybek 1949-yilda yozuvchilar delegatsiyasi
tarkibida (N. Tixonov, A. Safronov va M. Tursunzoda bilan
birga) Pokistonga bordi va Pokiston taraqqiyparvar yozuvchilari
uyushmasining kongressida qatnashdi. Oybek chet eldan qaytib
kelgach, «Pokiston poytaxti», «Orzu», «Pokiston ayoliga»,
« M u h o jirlar lageri» kabi sh e ’rla r, « Z afar va Z ahro»,
«Haqgo‘ylar» nomli dostonlar, «Pokiston taassurotlari» degan
katta ocherk va «Nur qidirib» qissasini yaratdi. Chet el safari
taassurotlari asosida yozilgan bu asarlarda Oybek Pokiston
xalqining 40-yillardagi ijtimoiy hayoti, turmush sharoiti, urf-
odatlari, ozodlik va tinchlik yo‘lidagi kurashlarini tasvirladi.
Pokiston istiqboliga ishonch tuyg‘usi Oybekning «Zafar va
Zahro», «Haqgo‘ylar» dostonlari va nasriy asarlarida yanada
keng va aniq aks etgan.
« H aq g o ‘ylar» dosto n ida P okiston m ehnatkashlarining
taraqqiyotdan orqada qolib, og‘ir hayot kechirayotganliklari aks
ettirilgan. Pokiston hukmdorlarining mamlakatda olib borayotgan
adolatsiz siyosati qoralanib, ziyolilarning tinchlik va ozodlik,
demokratiya va adolat yo‘lida amalga oshirayotgan ezgu ishlari
qo‘llab-quwatlangan. Asarning bosh qahramoni — Sakna ismli
ziyoli qiz. Sakna dostonda xalqparvar, vatanparvar, erkin fikrli,
jasur qiz sifatida gavdalanadi. Sakna adolat va haqqoniyat yoiida,
206
o ‘z xalqining baxt-saodati y o ‘lida jon fido qilishga tayyor.
«Haqgo‘ylar» tugallanmagan asar bo‘lsa-da, o ‘quvchilarda yaxshi
taassurot qoldiradi. Unda yorqin misralar, sermazmun baytlar,
tiniq ifodalar va chiroyli iboralar joy-joyida ishlatilgan.
A tom urushining oldini olish m uam m osiga b ag 'ish lab
yozilgan «D avrim ja ro h a ti» dostonida insoniyatga mehr-
m uhabbat tuyg‘usi tinch hayotni ulug‘lash, dahshatli atom
urushini keskin qoralash bilan cham barchas bog‘liq holda
y o rqin ifodalan gan . D o sto n d a 1945-yilda Y aponiyadagi
X iro sim a va N ag asak i s h a h a rla rig a ato m b o m b asin in g
tashlanishi va uning fojiali oqibatlari zo‘r hayajon va iztirob
bilan tasvirlangan. Shoir bu shaharlarga atom bombasining
ta sh la n g a n lig in i va um u m an , ato m b o m b asi b ilan
qurollanishning kuchayganini davrim iz uchun k a tta ayb,
davrimizning sog‘lom tanasidagi og‘ir jarohat deb ataydi.
«Davrim jarohati» dostonida Oybek o ‘z taqdirini insoniyat
taqdiri bilan uzviy bog‘liq ekanini chuqur his etgan holda
qalam tebratib, insoniyatning baxti — mening shaxsiy baxtim,
insoniyatning jarohati — mening yuragimdagi jarohatdir, degan
buyuk g‘oyani ta ’sirli qilib ifodalagan.
«Davrim jarohati» dostonida sokinlik va mantiqan teranlik
xususiyati bilan publitsistik k o ‘tarinkilik xususiyati o ‘zaro
birlashib, chatishib ketgan. Bu hoi asarning ta ’sir kuchini
o sh irib , un ga h a y o tb a x sh o p tim istik ru h b a g ‘ish lagan .
Insoniyatning porloq istiqboliga, tinchliksevar insonlarning
kuch-qudratiga ishonch ruhini kuchaytirgan. «Davrim jarohati»
dostoni til va badiiy m ahorat jihatidan ham puxta ishlanib,
me’yoriga yetkazilgan.
Shunday qilib, Oybek bir umr she’riyat bilan shug‘ullandi
va rang-barang asarlar yozib, she’riyat xazinasiga bebaho hissa
qo‘shdi. Oybek nafaqat mohir shoir, balki nosir sifatida ham
m ashhur dir.
* * *
Oybek o ‘z ijodini shoir sifatida boshlab, bu sohada ajoyib
samaralarga erishgan va boy tajriba hosil qilgan bo‘lsa-da, 30-
207
yillarning ikkinchi yarmiga kelib, nasriy asarlar yaratishga o ‘tadi.
A walo, «Gulnor opa», «Fanorchi ota», «Geografiya muallimi»,
«Tillatopar», «Globus», «Musicha», «Kurashchi yigit» singari
hikoya va ocherklar yozib, nasrda m aiu m bir tajriba va malaka
hosil qiladi. So‘ngra «Qutlug‘ qon» romanini yozishga kirishadi.
Oybek romanning yaratilish tarixi haqida: «1937-yilda «Qutlug4
qon» rom anini yoza boshladim. Bu rom anni yozish uchun
material yig‘ib o ‘tirmadim, bolaligimdan hayotni kuzatishni
sevganligimdanmi, k o ‘nglimdan, xotiram dan «Qutlug4 qon»
rom ani quyilib kelaberdi. R om anni qisqa fu rsatd a yozib
tugatdim»61, — degan edi.
1940-yilda chop etilgan «Q utlug1 qon» romani — badiiy
jih a td a n yetuk asar. U nd a m am lakat o 'tm ish id ag i hayot
haqiqati m ohirona k o ‘rsatilgan. 0 ‘zbek xalqining 1917-yil
to ‘ntarishi arafasidagi og‘ir hayoti, ozodlik y o iid a olib borgan
kurashlari keng va atroflicha tasvirlangan.
R o m a n n in g bosh q ah ram o n i Y o 'lc h i yangi h ay o t
kurashchisi sifatida shakllana boshlagan о ‘zbek mehnatkashi
obrazidir. U dinamik tarzda — tadrijiy o ‘sishda aks ettirilgan.
Oybek romanda Yo'lchining ijtimoiy qiyofasini k o ‘rsatish
bilan birga, uning shaxsiy hayoti va insoniy fazilatlarini ham
ochib bergan. Asarda Y oichining halol va pokligi, sof vijdonli
va samimiyligi, soddaligi, rostgo‘yligi, mardligi, kamtarligi,
insonparvarligi, sevgiga va do‘stga sodiqligi, onasiga va singlisi
Unsinga mehribonligi va boshqa xislatlari yorqin ochib berilgan.
Y o‘lchi sodda, halol, pok qalbli, mard yigit sifatida romanda
k a tta m ah o rat bilan tasvirlangan. Y o ‘lchi milliy x arakter
darajasiga ko‘tarilgan yorqin obraz. Yozuvchi Yo'lchining har
bir harakatini, h ar bir holatini psixologik jihatd an asoslab
bergan.
« Q utlug4 qon» rom anida xotin-qizlarning rang-barang
obrazlari berilgan. U lar orasida, ayniqsa, G u ln or tim soli
o ‘quvchida katta taassurot qoldiradi. Adib Gulnor obrazi orqali
x o tin -q izlarn in g achchiq ta q d irin i, fojiali qism atini
umumlashtirib tasvirlab bergan. Gulnor — sodda va samimiy
Do'stlaringiz bilan baham: |