G ‘AFUR G‘ULOM
(1903-1966)
Nodir iste’dod va tug‘ma iqtidor sohibi G ‘afur G ‘ulom —
yirik faylasuf shoir, mohir nosir sifatida mashhur. U o ‘zbek
adabiyoti xazinasiga ulkan hissa q o ‘shgan. G ‘afur G ‘ulom
o ‘zbek adabiyotining faxri, xalqimizning iftixoridir.
S h oir h a y o t h a q iq a tin i falsafiy te ra n lik , p u b litsistik
ko‘tarinkilik va jo ‘shqinlik bilan kuyladi.
Ana shuning uchun
ham m a sh h u r ad ib A. F adeev: « G ‘a fu r G ‘ulom o ‘zbek
she’riyatining eng о ‘ziga xos va mislsiz hodisalaridan biridir...
Eng latif lirikadan oratoriyagacha — uning diapozoni ana
shunday. G ‘afur G ‘ulom she’rlari hamisha zo‘r fikr va teran
tuyg‘ular bilan sug‘orilgan. U tom m a’nosi bilan chinakam va
katta shoirdir»46, — deb yozgan edi.
G ‘afur G ‘ulom she’riyati lirik tuyg‘ularga,
chuqur hissiyot
tasv irig a, yangi va k o ‘la m d o r fik rla rg a , falsafiy -b ad iiy
umumlashmalarga boy. G ‘afur G ‘ulom o ‘z uslubiga, o ‘z ovozi
va o ‘z soziga ega bo ig an , she’riyatda
ajoyib maktab yaratgan
ulkan san’atkordir. G ‘afurona she’r yozish zamonni mag‘rur
kuylash, ona Vatanni va xalqimizni faxrlanib ulug‘lash, d o ‘stlik
va tinchlik ishiga sadoqatni falsafiy misralarda tarannum etish
demakdir.
S hoir M aqsud Shayxzoda o ‘z ham kasb d o ‘sti G ‘afu r
G 'ulom uslubi haqida fikr yuritib quyidagilarni qayd etgan
edi: «Ham id Olimjon uslubida notiqlik priyom lari, Oybek
uslubida og‘ir (teran)
falsafiy tafakkur, G ‘ayratiy uslubida
46
Фадеев А. За тридцат лет. — Москва: «Советский писатель», 1957,
стр. 320.
176
shioriy publitsistik motivlar yetakchilik qiladi. Bu xususiyatlar
G ‘afur G ‘ulom ijodida ham m avjud. Lekin to b o ra o'sish
jarayonida uning o ‘z yorqin uslubi shakllanib boradiki, bu holat
uning she’rlarini, h atto uning imzosini k o ‘rm asangiz ham
darhol tanib olishga im koniyat tug‘diradi. Uning lirikasida
chinakam hayajon bilan m u tafak k iro n a m ulohazalarning,
j o ‘shqinlik bilan
mayin ruhiy kechinm alarning, g ‘azab va
shafqatning, yumor va alamning, notiqlik bilan rassomlikning
sintezini payqash qiyin emas».
G ‘a fu r G ‘ulom ijo d in in g b u n d ay o ‘ziga xos n o d ir
xususiyatlari shoir
yaratg an obrazlar olam ida, g ‘afurona
m avzularda va poetik mazm unda, rang-barang shakllarda,
badiiy til va uslubda yorqin namoyon bo‘ladi. Zotan, G 'afur
G ‘ulom poetik uslubini belgilovchi asosiy xususiyatlar —
falsafiylik va novatorlik,
tezkorlik va hozirjavoblik, tarixiy
aniqlik, milliylik bilan baynalmilallikning uyg‘unligi, xalqchillik
va b ad iiy m u k a m m allik d a n ib o ra td ir. G ‘a fu r G ‘ulom
she’riyatida davr ruhi, zamon g‘oyasi boshdan-oyoq doimo
b o ‘rtib turadi.
* * *
G ‘afur G ‘ulom 1903-yil 10-mayda Toshkentda dehqon oilasida
tug‘ildi. Bo‘lajak shoir to‘qqiz yoshga kirar-kirmas og‘ir kulfatga
duchor bo‘ldi: 1912-yilda otasi G ‘ulom Oripov vafot etdi.
Natijada,
oilaning moddiy muhtojligi kuchayadi. G ‘afur G ‘ulom keyinchalik
ana shu yetimlik va muhtojlik kunlarini eslab yozgan edi:
Do'stlaringiz bilan baham: