Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasi to‘g‘risida
NIZOM
Oldingi
tahrirga qarang.
1. Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi huzuridagi Zulfiya
nomidagi Davlat mukofoti
komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Komissiya deb ataladi) ta’lim, fan, adabiyot, madaniyat, san’at, sport
va boshqa sohalardagi eng nufuzli arboblardan, ijodiy uyushmalar, nodavlat notijorat tashkilotlari,
ta’lim, madaniyat va sport muassasalarining taniqli vakillaridan tashkil topadi va uning tarkibi har
to‘rt yilda uchdan ikki qismi yangilanishi nazarda tutilgan holda Vazirlar Mahkamasi tomonidan
tasdiqlanadi. Mazkur Komissiya a’zolari jamoatchilik asosida ishlaydilar.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-martdagi PF-6188-sonli
Farmoni
tahririda
— Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
2. Komissiya ishiga mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining birinchi o‘rinbosari rahbarlik
qiladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-martdagi PF-6188-sonli
Farmoni
tahririda
— Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
3. Komissiyaga Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini olish bo‘yicha takliflarni
ushbu mukofot
to‘g‘risidagi Nizomga qat’iy muvofiq holda ko‘rib chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
qarori uchun zarur bo‘lgan takliflarni tayyorlashga doir barcha ishlar yuklanadi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 2-martdagi PF-3578-sonli
Farmoni
tahririda
— O‘R QHT, 2013-y., 4-son, 43-modda)
4. Komissiya:
a) Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga tavsiya etilgan talabgorlarning hujjatlarini qabul qiladi;
b) talabgorlar ro‘yxati, ularning ibratli faoliyatlari, asarlari haqidagi ma’lumotlarni tavsiya etgan
tashkilotlarni ko‘rsatgan holda, mukofot berilishidan ikki oy oldin
respublika ommaviy axborot
vositalarida e’lon qiladi;
v) Davlat mukofotiga tavsiya etilgan
talabgorlarning faoliyati,
asarlarining jamoatchilik
tomonidan keng va oshkora muhokama qilinishini tashkil etadi,
ularning jamoatchilik va
mutaxassislar tomonidan xolisona baholanishiga ko‘maklashadi;
Oldingi
tahrirga qarang.
g) Davlat mukofoti yuzasidan tushgan takliflarni o‘rganib chiqib, mukofotlarni berish
to‘g‘risidagi qarorlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taqdim etadi;
(4-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-
sonli
Farmoni
tahririda)
d) Davlat mukofoti
sovrindori yorliqlarini, faxriy nishonlarini rasmiylashtiradi xamda ularni
topshirishni tashkil etadi, shuningdek, mukofotlar pulini to‘lashni amalga oshiradi.
5. Komissiyaga quyidagi huquqlar beriladi:
a) Davlat mukofotiga tavsiya etilgan talabgorlarning faoliyati, asarlarini oldindan ko‘rib
chiqish, ular yuzasidan xulosalar tayyorlash uchun pul to‘lash yo‘li bilan mutaxassis-ekspertlarni
taklif etish;
b) Davlat mukofotini olishga tavsiya etilgan talabgorlarning ibratli faoliyatlari va ijodiy ishlariga
doir materiallarni tegishli tashkilotlarga ekspertlarning ko‘rib chiqishi uchun yuborish;
Oldingi
tahrirga qarang.
v) mukofotga tavsiya etilgan talabgorlarning faoliyati va ijodi bilan
joylarda tanishish uchun
komissiya a’zolarini, ekspertlar yoki ekspert komissiyalarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar
va Toshkent shahriga yuborish.
(5-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-
sonli
Farmoni
tahririda)
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 6-son, 151-modda; , 2000-y., 9-10-son, 275-
modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 4-5-son, 22-modda; 2013-y., 4-son, 43-
modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.03.2018-y., 06/18/5389/0962-son; 14.12.2019-y.,
06/19/5894/4161-son; 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son)