12-mavzu. O‘zbekiston va jahon hamjamiyati Reja


Xavfsizliq millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/13
Sana12.07.2022
Hajmi0,71 Mb.
#782786
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
resources

 
Xavfsizliq millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash 
hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat 
sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar

Barchamizga ma’lumki O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
“O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi 
to‘g‘risida”gi 2017 yil 7 fevralьdagi PF-4947 sonli Farmoni qabul qilindi. 
Farmonda 2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 
beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi bayon etilgan bo‘lib,
 
u
ning maqsadi yurtimizda olib borilayotgan islohotlar samaradorligini tubdan 
oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishini ta’minlash 
uchun shart-sharoitlar yaratishdan, mamlakatni modernizatsiyalash va hayotning 
barcha sohalarini erkinlashtirishdir. Dasturning beshinchi yo‘nalishi xavfsizlik, 
millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro 
manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritishga yo‘naltirilgan davlatimiz 
mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, O‘zbekistonning yon-atrofida 


xavfsizlik, 
barqarorlik 
va 
ahil 
qo‘shnichilik muhitini shakllantirish
mamlakatimizning xalqaro nufuzini mustahkamlashdan iborat. 
Sirdaryo viloyatida ham dastur ijrosini ta’minlash bo‘yicha bir qancha ishlar 
amalga oshirilmoqda. Xususan, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni 
ta’minlash, ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, diniy ekstremizm va 
aqidaparastlik, missionerlik, giyohvandlik, o‘z joniga qasd qilish, erta turmush 
qurish, ajrimlar va turli jinoyatchiliklarni oldini olish, farzand tarbiyasida ota-ona 
va jamoatchilikning mas’uliyatini yanada oshirish kabi dolzarb masalalarga 
alohida ahamiyat berilmoqda. 
Darhaqiqat, mamlakatimiz mustaqillikka erishgan kunlardan boshlab 
xalqimizning orzu-umidlari amalga oshdi, qadriyatlari tiklandi. Masjid, madrasalar 
mo‘min-musulmonlarga qaytarib berildi. Qadriyatlarimizning asosini tashkil etgan 
Islom dini ta’limotlaridan elimiz yana bahramand bo‘la boshladi. Ma’naviyatimiz 
asoslarini, ajdodlarimiz qoldirgan boy ilmiy merosni o‘rganishga, targ‘ib qilishga, 
ziyoratgohlarni obodonlashtirishga, ona tilimiz ravnaqiga keng sharoit yaratilgani 
milliy taraqqiyot uchun qudratli omil bo‘ldi. 
Xalqimizga xos bo‘lgan diniy bag‘rikenglik tufayli yurtimizda turli din 
vakillari yonma-yon, tinch-totuv yashab kelmoqda. Har kim o‘z e’tiqodiga amal 
qilib, bu huquqqa boshqalar ham ega ekanini e’tirof etishi chin ma’nodagi 
bag‘rikenglikdir. Bu fazilat xalqimizning qon-qoniga singib ketgan. Yurtimizda 
qadimdan ko‘p millat va elat vakillari ahil-inoq yashab kelmoqda. 
Mamlakatimizning Birinchi Prezidenti: «Bashariyat murakkab taraqqiyot 
jarayonini boshdan kechirayotgan bir paytda diniy bag‘rikenglik, turli dinlarga 
mansub xalqlar o‘rtasidagi muloqot va amaliy hamkorlikni kuchaytirish nihoyatda 
muhim ahamiyat kasb etmoqda», deb ta’kidlagan edilar. 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31-moddasiga ko‘ra, hamma uchun 
vijdon erkinligi kafolatlanadi. Diniy qarashlarni majburiy singdirishga yo‘l 
qo‘yilmaydi. Diniy muassasalar faoliyatining qonun asosida olib borilishi 
ta’minlanadi. “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonunda 
fuqarolarning vijdon va e’tiqod erkinligi bilan bog‘liq huquq hamda burchlari aniq-
ravshan belgilab qo‘yildi. Ko‘pmillatli davlatimizda millatlararo totuvlik hamda 
diniy bag‘rikenglik ijtimoiy barqarorlik va taraqqiyotni ta’minlashning asosiy 
sharti qilib belgilandi. 
Millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik mamlakatimizda qurilayotgan 
demokratik jamiyatning asosiy tamoyillaridan biri sanaladi. Zotan, bag‘rikenglik 
fuqarolar orasida totuvlikni ta’minlaydi, jamiyatda tabiiy ravishda uchraydigan 
ijtimoiy farqlarning keskinlashuviga, ijtimoiy nizolarning yuzaga kelishiga yo‘l 
qo‘ymaydi. Bugun nafaqat yurtimizda, balki butun Yer yuzida diniy bag‘rikenglik, 


konfessiyalararo o‘zaro hurmat, bir-birini tushunish asosiy hayotiy tamoyilga 
aylanmokda. 
Bugun diniy bag‘rikenglikni, mamlakatimizda tinchlik, barqarorlikni yanada 
mustahkamlashda turli konfessiyalarning tarixi, ta’limoti, ularning jamiyat 
rivojidagi ahamiyatini o‘rganish katta nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Aynan 
bag‘rikenglik, sabr-bardoshli bo‘lish kelib chiqishi mumkin bo‘lgan ko‘pgina 
ixtiloflarni bartaraf etuvchi omillardan sanaladi. 
Ma’lumki, diniy bag‘rikenglik g‘oyasi – turli dinlarga e’tiqod qiluvchi 
kishilarning bir zamin, bir vatanda olijanob g‘oya va niyatlar yo‘lida hamkor va 
hamjihat bo‘lib yashashni anglatadi. Qadim-qadimdan din aksariyat milliy 
qadriyatlarni o‘zida mujassam etib kelgan. Milliy qadriyatlarning asrlar osha 
bezavol yashab kelayotgani ham dinning ana shu tabiati bilan bog‘liq. CHunki 
samoviy dinlarning barchasi ezgulik g‘oyalariga asoslanadi, yaxshilik, tinchlik, 
do‘stlik kabi fazilatlarga tayanadi. Odamlarni halollik, poklik, mehr-oqibat va 
bag‘rikenglikka chorlaydi. 
O‘zbekistonda Islom dinining insonparvarlik falsafasi, buyuk g‘oyalari yosh 
avlod yuragidan joy olishiga barcha sharoit yaratib berilgan. Boshqacha qilib 
aytganda, farzandlarimizni dunyoviy bilimlar bilan bir qatorda Imom Buxoriy 
to‘plagan hadislar, Naqshbandiy ta’limoti, Termiziy o‘gitlari, Yassaviy hikmatlari 
asosida tarbiyalanmoqda. 
Mamlakatimiz singari Sirdaryo viloyati ham ko‘p millatlidir. Viloyatimizda 70 dan 
ortiq millat vakillari totuvlikda, o‘zaro hurmatda hayot kechirishmoqda. 
Sirdaryoning eng katta boyligi shu yerda yashayotgan fidoiy insonlardir. Sirdaryo 
injiq tabiatiga qaramasdan, irodali va eng muhimi mehr–oqibatli insonlar vataniga 
aylandi. Sirdaryoda insonlarning millati, diniy e’tiqodidan qat’iy nazar haqiqiy 
insoniy do‘stlik muhim ahamiyatga ega. Bizda insonga uning millatiga qarab emas, 
avvalambor, uning odamiyligiga qarab baho berishadi va shunga qarab 
munosabatda bo‘lishadi. 
Sirdaryoni o‘zlashtirishda o‘zbek G‘anisher Yunusov, Tursunboy Latipov, Lola 
Erbo‘taeva bilan bir qatorda qirg‘iz Sattor Usmonov, Ahmad Qulbekov, qozoq 
Qinibek Ukuboev, rus Ivan Andreevich Bezdetniy, tojik Niyozxol Qodirov singari 
mehnat qahramonlari yelkama-elka turib mehnat qilganlar. Bir vaqtlar Mirzacho‘l 
bo‘lgan bugungi Guliston, tom ma’noda, nomiga munosib turli millat vakillari 
do‘stligi timsolidir. 
Sirdaryoda bugungi kunda istiqomat qilayotgan millatlar o‘zlarini hech kimdan 
kam emasliklari va bu yerda o‘zlarini to‘la huquqli deb his qilishlari uchun imkon 
darajasida sharoitlar yaratilgan. 


Ko‘p millatli viloyatimiz aholisi ichida musulmonlar, pravoslavlar, katoliklar, 
yaxudiylar, koreys-protestantlar, arman apostol cherkovi vakillari va boshqa 
konfessiyalar a’zolari bo‘lib, ularning diniy e’tiqodiga hech qanday monelik yo‘k, 
aksincha, ularning vijdon erkinligiga doir xuquqlaridan foydalanishlari uchun 
qonun doirasida barcha imkoniyatlar yaratib berilmokda. Jumladan, bugungi 
holatga ko‘ra viloyatda jami 82 ta diniy tashkilot ruyxatga olingan bo‘lib, ularning 
74 tasi O‘zbekiston musulmonlari idorasining Sirdaryo viloyati vakilligi va uning 
tasarrufidagi masjidlar, qolgan 8 tasini noislomiy diniy tashkilotlar, ya’ni Koreys-
protestant, Rus-pravoslav va To‘liq Injil xristianlari cherkovlari tashkil etadi. 
Millatlarlaro munosabatlardagi ibratli ko‘rinishlar yurtimizning yaxshi 
kunlarida, bayramlarda ayniqsa, yaqqol ko‘zga tashlanadi. Navro‘z bayrami va 
Mustaqillik 
bayramida 
viloyatimizning 
barcha 
shahar 
va 
tumanlarida ajoyib tadbirlar tashkil etiladi. Ularda turli millat vakillari faol 
ishtirok etishadi, ayniqsa, milliy-madaniy markazlar bayramga alohida tayyorgarlik 
ko‘rishadi. Rus, Koreys, Azarbajon milliy-madaniy markazlari o‘zlarining milliy 
liboslari, taomlari, ko‘y-qo‘shiqlari va boshqa o‘ziga xos ananalarini namoyish 
etishadi. Qozoq va qirg‘iz milliy-madaniy markazlari qadimiy an’analariga ko‘ra 
o‘tovlar tikib, bezatishadi, barchani milliy taomlar bilan to‘la dasturxonga taklif 
etishadi. Baxshilar do‘mbira chertib, mustaqil yurtimizdagi baxtli va farovon 
turmushni madh etishadi. Yoshlar esa kattalardan do‘stlikni qadrlash, o‘zaro 
hurmatda ahil yashash, shu muqaddas zaminga sadoqatli bo‘lish, unga chin 
yurakdan sidqidildan xizmat qilish kabi fazilatlarni qalblariga singdirib, ularni 
namoyish etadilar. 

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish