Materiallar va metodlar.
Ushbu tadqiqotning maqsadi globallashuv sharoitida
diniy va dunyoviy mafkuralarning o‘zaro rivojlanish xususiyatlari asoslash.
Ushbu tadqiqotda asosiy metodologiyani qiyosiy tahlil, tarixiylik va mantiqiylik,
o‘zaro uyg‘unlik tahlili va rivojlanish xususiyatlari tahlili tashkil qiladi. Nazariy
asos globallashuv sharoitida diniy va dunyoviy mafkuralarning o‘zaro rivojlanish
xususiyatlarini shakllantirish bo‘yicha tadqiqot olib borgan S.M. Arifxanova, P.J.
Abdullaxonov, B.M.Bobojanov, Z. Alimova, T.Karim, V.M. Mejuev, Sh. Evkachev
kabi mualliflarni ilmiy ishlariga murojaat qilingan. Xususan, Maxmud Xotamiy:
“Shubhasiz, ilohiy xushxabar makon va zamon chegarasidan tashqaridadir, lekin biz
makon va zamonda mavjudmiz. Demak, bizning tushunishimiz va tasavvurlarimiz
makon va zamondan tashqariga chiqa olmaydi. Bizning ilohiy qonunlarni
tushunishimiz yaratilish kitobi (книга творения) haqidagi tasavvurlarimiz makon
va zamon bilan chegaralangan. Bilim quyidagicha o‘zgaradi: kishilar, olimlar bir
vaqt mobaynida bir tasavvurga egalar, boshqa vaqtda ularning tasavvurlari o‘zgaradi
va hatto ilgarigi ideallarini inkor qilib, yangilari keladi”
95
deb asoslaydi. Shu nuqtai
nazardan ushbu maqolalarda globallashuv sharoitida dunyoviydik va diniylikning
o‘zaro ta’siri haqida tahlil etilgan.
Muhokama va natijalar.
Din va diniy mafkura fan va dunyoviy mafkuralar
bilan aloqadorlik jarayonida hech qachon bir joyda to‘xtab qolgan emas. Fan
taraqqiyoti inson ma’naviyatida keskin o‘zgarishlarni hisobga olgan holda rivojlanib
kelgan, jamiyat taraqqiyotiga moslashishga urinib kelgan. Ammo, bu o‘zgarishlar
sharoitga ko‘ra fan va din aloadorligi turlicha kechgan chunki din o‘ta murakkab
hodisa, u ijtimoiy hayotning bir qismi bo‘lib, undan ajratish mumkin emas, u ijtimoiy
munosabatlarning hujayrasiga mahkam o‘rnashgan. Dinning jamiyatda bajaradigan
u yoki bu vazifasi saqlanib qolar ekan, uning batamom barham topishi to‘g‘risida
aniq fikr aytish qiyin. Inson dunyoqarashi, ongi, psixologiyasining murakkabligi,
95
Хотомий. М. 2001 с 242
324
dinning mazmunan ham o‘zgarib borishi, hayot va uning kelajagi muammolarining
abadiy mavjudligi din va diniy mafkuralar uchun o‘rin qoldiradi. Din har doim inson
hayotini ma’lum nuqtai nazardan anglatadi, unga mazmun beradi.
Globallashuv jarayonida ko‘p jihatdan an’anaviy ijtimoiy institutlar, qadriyatlar
va an’anaviy dunyoqarash bilan bog‘liq bo‘lgan dinlar hal qiluvchi ahamiyatga ega
omillardan hisoblanadi. Ko‘p asrlar davomida davlat eng ibtidoiy jamiyatdagi
oqsoqollar boshqaruvidan, hozirgi zamon davlat organlarining turli sohalarini
nazorat qilishini ta’minlaydigan institutlarga ega bo‘lgan murakkab shakllarda
boshqarildi. Masalan, Evropada Cherkovning ikki ming yillik tarixining asosiy
qismini davlat bilan, ya’ni Rim imperatorlari, o‘rta asr qirollari va yangi davr
demokratik davlatlarining munosabatlari tashkil etadi. Shunday ekan makon va vaqt
o‘zgarishi dunyoviylik va diniylik o‘rtasida uyg‘unlikka ta’sir etadi.
Falsafiy bilimlar rivojida biz Sharq falsafasini butun bir yo‘nalish sifatida
tasniflashimiz mumkin. Bu yo‘nalish Sharq falsafasidagi hali fan yetib bormagan
sirli, mistik tasavvurlarning mohiyatini, ularni inson psixologiyasi, inson aqlining
cheksiz imkoniyatlaridan darak beruvchi hodisalar bilan bog‘liqligini o‘rganadi, Sharq
falsafasining o‘ziga xosligi, olamni tasavvur qilishning bir shakli ekanligi tahlil qilinadi.
Umuman Sharq dunyoqarashida diniylik va dunyoviylik keskin ajralib, o‘zaro
qarama-qarshi turmaydi. Ularning qarashlarida diniy, falsafiy qarashlar o‘zaro
bog’lanib ketgan. Masalan, buddizm va uning turli ko‘rinishlari, qadimgi Hind falsafiy
maktablariga borib taqaluvchi hozirgi zamon Sharq falsafasida ishlab chiqilayotgan
falsafiy g‘oyalar diniy mohiyatga ega bo‘lsa-da, insonning falsafiy dunyoqarashini
kengaytiradi. Jonning o‘lmasligi, qayta tug‘ilish, o‘limdan keyingi hayot haqidagi
diniy, mistik, falsafiy tasavvurlar hozirgi zamon odamini qiziqtirib qo‘ydi. Bunday
qiziqishning sabablari bizning fan doirasiga hozircha kirmagan qarashlar ekanligi,
insonning xilma-xil, o‘zi uchun yangi nuqtai nazarlarga intilishi, boshqa xalqlar
dunyosini chuqurroq o‘rganishga qiziqish javob izlashdir.
Dinning o‘ta murakkab hodisa ekanligini taniqli dinshunos S.A.Tokarev
shunday ifodalaydi: “Turli xalqlarning va davrlarning oldimizda kechgan din tarixi
manzaralari nimaga o‘rgatdi? Insoniyat o‘tmishida uning o‘rni qanday bo‘lgan,
kishilar hayotidagi uning roli hozir qanday? Birinchi va eng shubhasiz xulosa:
din tarixi – inson aqli yanglishishlarining oddiy tarixi emas. Agar din faqat dunyo
haqida xato tasavvurlarining yig‘indisi bo‘lganida edi, uning insoniyat tarixidagi
roli sezilmasligi mumkin edi. Kishilar taraqqiyot sari o‘z yo‘llarida ko‘pgina yolg‘on
qarashlarni bartaraf qilganlar. Bu yolg‘on qarashlar, albatta olg‘a harakatga xalaqit
bergan, lekin ular insonning dunyoni bilishi bilan bog’langan. Dinning taqdiri esa
boshqacha hayratlanarli darajada mustahkam va tajribaga asoslangan bilimlarga
asoslangandir”
96
.
Taniqli olim N.N.Moiseyev ham uni qo‘llab – quvvatlab quyidagi fikrni
bildirgan: “…Bu ehtiyoj, bu dunyoni sezish mazkur odamda bo‘lish yoki bo‘lmasligi
96
Токарев С.А. 1986: с.537
325
– boshqa masaladir. Lekin diniy hissiyot hech qanday bilim to‘ldira olmaydigan
insonning ma’naviy dunyosidagi ma’lum bo‘shliqni to‘ldiradi” [Моисеев. Н.Н.
1998: с.17]. Bunday fikrlarni yana ko‘plab keltirish mumkin. Biz diniy va dunyoviy
mafkuralarning hozirgi zamon jamiyatidagi o‘rnini, rolini tushunib olish uchun
postindustrial jamiyat va globallashuv jarayonining mohiyati va oqibatlaridan kelib
chiqmog‘imiz kerak.
Industrial jamiyatning davri o‘tib borayotganligi, jamiyat yangi davrga qadam
qo‘yayotgani hammaga ma’lum. Yangi davrni Amerika sotsiologi Daniel Bell
“Postindustrial jamiyat” deb atadi va uning bosh belgilarini xarakterlab berdi. Ular
quyidagilar:
1)
texnologik innovatsiyalarning asosi bo‘ladigan nazariy bilimning markaziy
roli;
2)
iqtisodiy, texnologik va hatto ijtimoiy muammolarga eng samarali
yondoshuvga imkon beradigan yangi integral texnologiyaning yaratilishi;
3)
eng ko‘p sonli ijtimoiy guruh sifatida, bilim tashuvchilar (texnik
mutaxassislar va professionallar) sinfining o‘sishi;
4)
tovar ishlab chiqarishdan xizmat ko‘rsatish sohasiga o‘tish, avvalo gumanitar
sohalarda (sog‘liqni saqlash, ta’lim, ijtimoiy xizmat ko‘rsatish), shuningdek
tadqiqotlar o‘tkazish, kompyuterlar bilan ishlash va shu kabi sohalarda xizmatlar;
5)
mehnat xarakteridagi o‘zgarishlar – mehnat kishilar o‘rtasida o‘zaro ta’sirga
aylanadi, tabiat va sun’iy yaratilgan materiallar mehnat jarayonidan bartaraf etiladi;
6)
ayollar iqtisodiy mustaqillik uchun ishonchli asosga ega bo‘lib, roli o‘zgaradi;
7)
fan o‘zining yetuk holatiga yetadi, fan va texnologiyalarning aloqasi
postindustrial jamiyatning asosiy belgisini tashkil qiladi;
8)
Situslar siyosiy birlik sifatida rivojlanadi. Situs deganda D.Bell vertikal
joylashgan ijtimoiy birliklarni tushunib, unda to‘rt funksional situsni (ilmiy, texnik,
ma’muriy va madaniy) va besh institutsional situsni (iqtisodiy korxona, davlat
tashkilotlari, universitetlar va ilmiy tadqiqot markazlari, ijtimoiy komplekslar,
armiya) farqlaydi;
9)
meritokratiya: o‘z xarakteriga ko‘ra asosan texnologik jamiyat bo‘lgan
postindustrial jamiyatda inson ta’lim va malaka natijasida istiqbolli holatni egallay
oladi;
10)
sharoit cheklanganligining, tovar va resurslar kamchiligining tugashi (yangi
kamchiliklar – axborot va vaqt etishmasligini tug‘dirib);
11)
axborotlarning iqtisodiy nazariyasi: “postindustrial jamiyat mehnatning
qiymat nazariyasi bilan emas, bilimlarga asoslangan qiymat nazariyasi bilan
xarakterlanadi”
97
, - deb yozadi D.Bell. Postindustrial jamiyatning shakllanishi
globallashuv jarayonining tezlashuvi bilan birga kechmoqda. Globallashuv ma’lum
chegaralangan sohada (makonda) paydo bo‘lgan qadriyatlarning “chegarasiz”
dunyoga o‘tishi, ularning butun yer yuzida masofa va vaqt to‘siqlari bilan to‘sib
97
Кузнецов В. 2005: с.316-320
326
bo‘lmasligidir. Globallashuv hozirgi davrning taraqqiyot usuli, jamiyat rivojining
asosiy omiliga, sharoitiga aylanmoqda. U ko‘p darajali jarayon sifatida siyosiy,
iqtisodiy, madaniy, sotsiologik va psixologik oqibatlarga ega.
Globallashuv sivilizatsiyalarning sotsiomadaniy qiyofasiga, fan va din, diniy va
dunyoviy mafkuralariga qanday ta’sir ko‘rsatmoqda? Avvalo global sotsiomadaniy
makon shakllanmoqda, o‘zaro ta’sir, o‘zaro aralashuv, o‘zaro bog‘liqlik kuchaymoqda.
Ammo boshqa tomondan, madaniyatlarning o‘ziga xosligini, dinlarning qarama-
qarshiligini ta’kidlovchi o‘z-o‘zini anglash jarayoni rivojlanmoqda. Sotsiomadaniy
sohaning turli unsurlari uchun bu jarayonlar turlicha tezlikda kechmoqda
98
.
Avvalo fanda sivilizatsiya va sotsiomadaniy tuzum almashadigan davrda
kechadigan og‘ir va uzoq krizis vujudga keldi. Eng ishonchli, barqaror hisoblangan,
dunyoqarashimizning mustahkam asosini tashkil qilgan paradigmalar to‘satdan
yemirila boshladi, fan jamiyat va tabiat dinamikasidagi kutilmagan o‘zgarishlar oldida
ojiz bo‘lib qoldi. Hatto olimlar va mutaxassislar o‘rtasida ham kelajak oldida qo‘rqish
hodisasi paydo bo‘ldi. Fan insonga yangi, eng kuchli ishlab chiqaruvchi mashinalar
va samarali texnologiyalarni berdi, tabiat materiallarini sun’iylari bilan almashtirdi.
Umuman globallashuv sharoitida diniy ongda, mafkurada ham shakl, ham
mazmun jihatidan qator o‘zgarishlar kechdi. Jahon dinlari o‘zlarining jamiyat
tarixida yuzlab yillar davomida mustahkamlangan an’analarni saqlab qoldilar va
globallashuv sharoitida jamiyat muammolarini hal qilish yo‘lida o‘z mafkuralarini
takomillashtirishga urindilar. Ma’lumki, jahon dinlari (xristianlik, islom va buddizm)
rivojlanishning uch modelini taqdim qilib kelganlar. Xristianlik shaxsning ijodiy
layoqatlarini ro‘yobga chiqarish orqali; islom – huquqiy, ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy
munosabatlarni barqarorlashtirish orqali; buddizm – hayotiy makonni tashkil qilish
va tartibga solishning turli tarkibiy modellari orqali kishilik jamiyatining istiqbolini
tasavvur qildilar. Monoteistik dinlarda (xristianlik va islom) tarixiy mantiqiy tafakkur
ustun bo‘lsa, buddizmda ratsional – obrazli (tafakkurning asosiy shakli – meditatsiya
bo‘lgan) tafakkur ustuvor hisoblanadi. Globallashuv sharoitida jahon dinlari
o‘zlarining ana shu o‘ziga xos xususiyatlarini saqlab qoldilar va takomillashtirdilar.
Diniy e’tiqodga ega bo‘lgan inson hayotining asosi bo‘lgan iymon uning ijtimoiy
va shaxsiy hayotining barcha jihatlarini belgilaydi. Natijada e’tiqodli insonlar siyosiy
hayotda qanchalik faol bo‘lsa, ularning diniy g‘oyalari xalqaro munosabatlarga
shunchalik ta’sir ko‘rsatadi. Diniy g‘oyalarning jahon siyosatiga ta’siriga oid
yorqin misollardan biri din niqobidagi ekstremizm va terrorizmdir. Tadqiqotchi
nasroniylik, islom va yahudiylikni radikal ruhda o‘qitilishi antisemitizm va sionizmni
keltirib chiqarayotganligini ta’kidladi.
Fransuz faylasufi, paleontologi katolik teolog Teyyar De Sharden XX asr odami
uchun din dunyoni arxaik tushunishdan ozod bo‘lish, tinimsiz o‘zgarish va yaratilish
jarayonida bo‘lgan hozirgi dunyoni jonli organik butunlik sifatida qarash lozim,
deb ta’kidlaydi. Tayyar De Sharden cherkovning dunyoga yangicha munosabatini
98
Яковец. Ю.В. 2001: с.11-295
327
yaratish zarur, uni mifologiyadan holi qilish va hozirgi zamonning ilmiy va ijtimoiy
masalalari bilan bog‘lash kerak, deb hisoblaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |