"iqtisodiyot va menejment "



Download 3,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/270
Sana12.07.2022
Hajmi3,21 Mb.
#781859
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   270
Bog'liq
IQTISODIYOT VA MENEJMENT DARSLIK

3
 + T
4

Bunda: T

– materialni yuklash uchun ketadigan vaqt; 
T

– materiallar yo`lda bo`ladigan vaqt; 
T

– materiallarni omborga qabul qilish vaqti; 
T

– materiallarni foydalanishga tayyorlash vaqti. 
Sug’urta zaxirasi omborda joriy zaxira bilan birgalikda saqlanadi hamda undan 
umuman farq qilmasada, alohida hisobga olinadi va faqat korxona rahbariyatining 
ruxsati bilangina sarflanadi. 
Tayyorlov (texnologik) zaxirasidan
xom ashyo va materiallarni ishlab 
chiqarishga kiritish uchun tayyor holga keltirishda foydalaniladi. Bunday zaxiralar 
ishlab chiqarishning o`ziga xos xususiyatlari va texnologiyalariga ega bo`lgan 
korxonalardagina yaratiladi. Bunday korxonalar qatoriga yog’-moy kombinati, 
yog’ochni qayta ishlash korxonasi kabilarni kiritish mumkin. Mazkur hollarda 
tayyorlov zaxirasi miqdori tayyorlov texnologiyasi va operatsiyalariga mos holda 
me`yorga solinadi. 
Mavsumiy zaxiralar
asosan uchta sababga ko`ra yuzaga keladi: birinchidan, 
xomashyo tayyorlashning mavsumiyligi; ikkinchidan, uni iste`mol qilishning 
mavsumiyligi; uchinchidan, materiallarni etkazib berishning mavsumiyligi. 
Mavsumiy zaxiralar hajmi xuddi joriy zaxiralar hajmi kabi, o`rtacha bir sutkada 
iste`mol qilish va mavsumiy zaxiralar yaratilishi lozim bo`lgan vaqtga asosan 
aniqlanadi.
Ishlab chiqarish zaxiralarini me`yorlashtirish, ishlab chiqarishda qo`llaniluvchi 
har bir mehnat predmeti (xomashyo va materiallar, yordamchi materiallar va 
boshqalar) uchun alohida amalga oshiriladi hamda bu o`z navbatida ishlab chiqarish 
zaxiralarini yaratishda aylanma mablag’larga bo`lgan ehtiyojni aniqlashga asos bo`lib 
xizmat qiladi. 
Tugallanmagan ishlab chiqarishni me`yorlashtirish.
Tugallanmagan ishlab 
chiqarish bo`yicha aylanma mablag’lar me`yorini aniqlash korxona faoliyatidagi eng 
murakkab va ko`p mehnat talab qiluvchi jarayon hisoblanadi. Tugallanmagan ishlab 


88 
chiqarish sifatida ishlab chiqarishning turli bosqichlarida - xomashyoni texnik nazorat 
bo`limi (TNB) tomonidan qabul qilishdan to tayyor mahsulot omboriga topshirgunga 
qadar ishlov berilayotgan mahsulotlarni ko`rsatish mumkin. 
Tugallanmagan ishlab chiqarish bo`yicha aylanma mablag’lar me`yoriy miqdori 
quyidagilarga bog’liq bo`ladi: 
1.
Mahsulot ishlab chiqarish hajmi. 
2.
Mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflanuvchi joriy xarajatlar, ya`ni tannarx. 
3.
Xomashyo va materiallarni ishlab chiqarishga kiritish vaqtidan to tayyor 
mahsulot chiqishigacha bo`lgan ishlab chiqarish tsiklining davomiyligi. Ishlab 
chiqarish tsiklining davomiyligini topishda quyidagi formuladan foydalaniladi: 
тан
транс
наз
техн
ц
.
ич
t
t
t
t
Т




 
Bunda: t
texn 
- mahsulot ishlab chiqarishdagi barcha operatsiyalarga sarflanuvchi
vaqti; 
t
tan
- operatsiyalar oralig’idagi vaqt (tanaffuslar); 
t
trans 
– transportda tashish vaqti; 
t
naz 
- mahsulotni yig’ish, qabul qilish va TNBga topshirish vaqti. 
Tugallanmagan ishlab chiqarishga jalb qilingan aylanma mablag’larning o`sishi 
xomashyo va materiallarni ishlab chiqarishga kiritish bilan boshlanadi hamda ishlab 
chiqarish tsikli yakunida (tayyor mahsulot omborga topshirilganda) eng yuqori 
nuqtasiga chiqadi. Tugallanmagan ishlab chiqarish me`yoriyini hisoblashda ishlab 
chiqarish tsikli kunlarda belgilanadi hamda bunda quyidagi formuladan foydalaniladi: 

Download 3,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish