"iqtisodiyot va menejment "



Download 3,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/270
Sana12.07.2022
Hajmi3,21 Mb.
#781859
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   270
Bog'liq
IQTISODIYOT VA MENEJMENT DARSLIK

mikrofirmalar
qatoriga kiritiladi. Yengil va oziq-ovqat 
sanoatida 100 kishi, og’ir sanoat, mashinasozlik, metallurgiya, qurilish, qishloq 
xo’jaligi va boshqa ishlab chiqarish tarmoqlarida 50 kishi, ilmiy xizmat ko’rsatish, 
chakana savdo, umuniy ovqatlanish, transport, aloqa va noishlab chiqarish sohalarida 


45 
25 kishigacha ishlaydigan korxonalar 
kichik korxona 
hisoblanadi. 
O`rta 
korxonalar
qatoriga xodimlarning o`rtacha yillik soni kichik korxonalar uchun 
belgilan miqdordan oshgan, biroq sanoat sohasida 100 kishi, qurilishda 50 kishi, 
qishloq xo`jaligi va boshqa ishlab chiqarish sohalari hamda ulgurji savdoda 30 kishi, 
chakana savdo, xizmat ko`rsatish va boshqa noishlab chiqarish sohalarida esa 20 
kishidan oshmaydigan korxonalar kiradi.
Yirik korxonalar
tarkibiga ishlovchilar soni 500 va undan ortiq kishini tashkil 
qiluvchi korxonalarni kiritish mumkin. 
Ixtisoslashuv darajasiga ko`ra korxonalar 3 ga bo’linadi: ixtisoslashgan; 
universal; aralash. 
Ixtisoslashgan korxonalar
qatoriga nomenklaturasi cheklangan 
mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalar, 
universal
korxonalar qatoriga turli xil 
mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar, 
aralash korxonalar
tarkibiga esa 
ixtisoslashgan va universal korxonalar o`rtasidagi oraliq guruhni tashkil qiluvchi 
korxonalar kiritiladi. 
Ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish usullariga ko`ra korxonalar ishlab 
chiqarishning oqim, partiyali va donalab ishlab chiqarish usullari ustuvor turuvchi 
korxonalarga bo`linishi mumkin. Ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish va 
avtomatlashtirish darajasiga ko`ra, korxonalar to`liq va qisman avtomatlashtirilgan 
yoki mexanizatsiyalash-tirilgan, qo`l-mashina va faqat qo`l mehnatiga asoslangan 
korxonalarga bo`linadi. Xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish
jarayonlarini kengaytirish va chuqurlashtirish mamlakatimizda yangi tashkiliy-
huquqiy turdagi - qo`shma, ijara, hissadorlik jamiyati, xususiy, oilaviy, kooperativ va 
boshqa korxonalarning paydo bo`lishiga olib keldi. 
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida xususiy mulk mulkchilik shaklining 
boshqa ko`rinishlaри bilan bir qatorda daxlsizligi va davlat tomonidan muhofaza 
qilinishi belgilab qo`yilgan. Yangi qonunchilik hujjatlarida yangi iqtisodiy tushuncha 
- korxonaning tashkiliy-huquqiy shakli tushunchasi kiritilgan. 
Korxonalarning qonun hujjatlari va boshqa xo`jalik huquqi normalarida ko`zda 
tutilgan mulkchilik shakli, ishlab chiqarilayotgan mahsulot turi va hajmi, kapitalning 
shakllanishi, turli xil firmalararo uyushmalarga a`zo bo`lish usullari va olib boruvchi 


46 
raqobatchilik kurashlari bilan farq qiluvchi faoliyat tavsifi va mazmuniga bog’liq 
bo`lgan strukturaviy tuzilishining usul va ko`rinishlari xo`jalik yuritishning tashkiliy-
huquqiy shaklini ifodalaydi. 
Bugungi kunda davlat, munitsipal, jamoa, individual (oilaviy, xususiy) turdagi 
korxonalar mavjud bo`lib, ular o`zlariga biriktirib qo`yilgan mulk tavsifi yoki tezkor 
boshqaruv huquqiga ko`ra ham tasniflanadi.
O`zbekiston Respublikasida ochiq va yopiq turdagi hissadorlik jamiyatlari 
mustaqillikka erishilgandaн keyin keng faoliyat ko`rsatmoqda. Nizom jamg’armasi 
hissadorlar o’rtasida taqsimlangan jamiyat hissadorlik jamiyati hisoblanadi. 
Hissadorlik jamiyati a`zolari jamiyatning majburiyatlari bo`yicha javobgar 
bo`lmaydilar, biroq o`zlariga tegishli bo`lgan aktsiyalar qiymati doirasida zarar 
ko`rishlari mumkin. 
Kooperatsiya jarayonida kontsern, konsortsium, xo`jalik asotsiatsiyasi kabi 
tashkiliy shakllar vaqtnchalik yoki doimiy ravishda tuzilishi mumkin.

Download 3,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish