285
Quloq solishni istamaydiganlar asosli qarorlar
qabul qilish uchun yyetarli
axborotni olishga muvaffaq bo`lmaydilar.
Siz qanchalik ko’p boshqalarni tinglasangiz, shunchalik tez dono kishiga
aylanasiz. Hamsuhbat sifatida odamlar sizni yaxshi ko’rishadi. Eshitishni biladigan
odam atrofiga gapirishni biladigan ko’proq odam to’plashi mumkin.
Chunki yaxshi eshituvchi suhbatdosh uchun eng yoqimli bo’lgan o’z-o’zini
tinglash imkonini beradi.
Hayotda ajoyib eshituvchi bo’lishdan ko’ra boshqa narsa sizga ko’proq foyda
keltirmaydi. Yaxshi eshituvchi bo’lish oson vazifa emas.
Boshqaruvchi doimo tashkilotdagi axborot almashinuvi yo`lida kelib
chiqadigan to`siqlar hamda bunday almashinuvni takomillashtirish usullari
to`g’risida tasavvurga ega bo`lishi kerak.
Tashkiliy kommunikatsiya to`siqlari quyidagilar:
1.
Axborotning buzib yetkazilishi.
Axborot yuqoridan pastga bir qancha
sabablarga ko`ra buzib yetkazilishi mumkin. Biron
bir boshqaruvchi olingan
axborot bilan rozi bo`lmasa, o`zi anglagan holda uni buzishi mumkin va o`zi
xoxlagan ma`noda o`zlashtirishi mumkin. Axborot buzilishi yuqoridan pastga
harakat qilish davomida fil’tratsiya natijasida ham sodir bo`lishi mumkin, ya`ni bir
bosqich boshqasiga faqat unga tegishli axborotni berishi mumkin. Bunday tanlov
natijasida kerakli axborot etib bormaydi. Bundan tashqari bosqichlar statusi to`g’ri
kelmaslagi sababli va yuqori bosqich yuqori statusga ega ekanligi sababli, ularni
faqat ijobiy axborot bilan ta`minlash tendentsiyasi mavjud. Buning natijasida
rahbar muhim muammo to`g’risidagi axborotga ega bo`lmasligi mumkin.
2.
Informatsion yuklanish.
Kommunikatsiya kanallari to`lib
ketishi ham
axborot almashuvi tusig’i hisoblanadi. Rahbar axborotning ko`pligidan eng
asosiylarini ajratib, qolganlarini e`tiborga olmasligi mumkin.
3.
Qoniqarsiz tashkilot strukturasi
. Ko`p pog’onali tashkilot strukturasida
axborot buzilishi ehtimolligi oshadi, chunki har bir bosqich tuzatish kiritadi.
Kommunikatsiyada muammolarni keltirib chiqaradigan boshqa jihatlarga
qo`mitalar, ishchi guruhlari, umuman kadrlarning qoniqarsiz
tarkibi va ulardan
286
qoniqarsiz foydalanish, hamda qoniqarsiz hokimiyatni tashkil etish va vazifalarni
taqsimlashni ham kiritish mumkin. Bundan tashqari, to`siqlar turli guruhlar
o`rtasidagi nizo ham chiqaradi.
Tashkilotlarda kommunikatsiyani takomillashtirish:
1.
Informatsion oqimlarni tartibga solish. Rahbar o`z informatsion ehtiyojlarining
sifat, miqdor tomonlarini baholashni o`rganishi kerak.
2.
Ma`muriy harakatlar. Rahbar vaqti-vaqti bilan o`z xodimlari bilan bevosita
aloqada bo`lishi kerak, masalan, yangi rejalar,
strategiyalar variantlari,
maqsadlarni hamda mo`ljallarni aniqlab olish va muhokama qilish uchun
alohida suhbatdan tashqari umumiy majlis o`tkazish.
3.
Teskari aloqa tizimi. Teskari aloqa tizimlaridan biri – bu aniq masalalarni
muhokama qilish maqsadida odamlarni tashkilotning bir qismidan boshqa
qismiga o`tkazish.
4.
Takliflarni to`plash tizimi. Ko`pincha bu tizim takliflar uchun mo`ljallangan
yashiklar variantida amalga oshiriladi, unda firma ishlovchilari o`z takliflarini
anonim tarzda berishadi. Bundan tashqari telefon tarmog’ini ham o`tkazish
mumkinki, u orqali ishlovchilar
anonim tarzda telefon qilib, lavozimni
tayinlash to`g’risidagi savollarni berish imkoniyatini oladilar. Liniyada esa
berilgan savollarga tezda javob bera oladigan menejerlar ishlashlari mumkin.
5.
Informatsion byulletenlar (nashriyotlar, videotasmalar).
6.
Zamonaviy axborot texnologiyalari. Axborot texnologiyalari sohasidagi oxirgi
yutuqlar ham tashkilotlarda axborot almashinuvini takomillashtirishga yordam
berishi mumkin, ya`ni kop’yuterlar, elektron pochta, telefon orqali bir vaqtning
o`zida bir necha kishiga axborot uzatish, videokonferentsiyalar va hokazo.
Axborot, ya`ni mavjud barcha bilimlar mamlakat
buyukligining asosiy
ko`rsatkichi bo`lib qoladi. 90-yil boshlarida AQSh hukumati har yili 1 mlrd. xat
yozish uchun 1 mlrd. dollarga yaqin xarajat qilgan; 2,6 mln. betli hujjatlar
chiqargan; boshqaruv idora xodimlariga 1500 mlrd. dollar sarflangan edi. 2 mingta
xodim ishlaydigan firma orqali 1991 yil mobaynida 45 tonna kirish va 48 tonna
chiqish hujjatlari o`tgan, bu esa har bir ishchi hisobiga 25 kg qog’oz to`g’ri keladi
287
deyishdir. Axborotni bu xildagi boshi berk ko`chadan olib chiquvchi yo`l
zamonaviy hisoblash texnikasi bilan bog’liqdir. Bu vosita orqali yil sayin
axborotni jadal qayta ishlash tezligi oshib bormoqda. Agar oxirgi yuz yil
mobaynida axborot harakat tezligi 10 marta oshgan bo`lsa, aloqa tezligi 107 marta,
axborotni qayta ishlash tizimi 106 marta oshib ketdi.
Axborot texnologiyalari
sohasidagi oxirgi yutuqlar tashkilotda axborot almashinuvini takomillashtirish
imkonini beradi. Zamonaviy komp’yuterlarni rahbarlar, yordamchi xodimlar va
ishchilar yuboradigan va qabul qilib oladigan axborotlarga bo`lgan ta`siri juda katta.
Elektron pochta tashkilotdagi har qanday xodimga yozma ma`lumot yuborish
imkonini beradi. Elektron pochta – boshqa bo`limlarda, boshqa shaharda va hatto
boshqa shtat yoki mamlakatda bo`lgan odamlar o`rtasidagi
samarali aloqa vositasi
hisoblanadi. Telefon aloqalari tizimidagi oxirgi yangiliklar bir vaqtning o`zida bir kishi
tomonidan ko`pchilikka ma`lumot yuborish, shuningdek, qo`ng’iroq qilish va
yuborgan ma`lumotlariga javob olish imkonini beradi. Videokonferentsiya orqali turli
joylarda yoki turli mamlakatlarda bo`lgan odamlar har qanday muammolarni bemalol
bir-birlariga qarab muhokama qilishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: