Suv resurslarini havzaviy rejalashtirish va boshqarish


Manfaatdor tomonlar platformalari



Download 2,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/100
Sana12.07.2022
Hajmi2,08 Mb.
#780052
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   100
Bog'liq
bce1e38198591cc537490d6061333c7a

Manfaatdor tomonlar platformalari
Manfaatdor tomonlar platformalari – turli manfaatdor tomon
-
larning xavotirlari ifoda etiladigan va keyinchalik muzokaralar 
olib boradigan joylarga ega bo‘lgan forumlar hisoblanadi. Ular 
manfaatdor tomonlarning tarkibini har bir darajaga mos ravish
-
da almashtirish bilan birgalikda mahalliy boshqaruvdan tortib, 
transchegaraviy suv boshqaruvigacha barcha darajalarda mav
-
jud bo‘lishi kerak. 
Manfaatdor tomonlar va jamoatchilikning ishtiroki 
daryo havzasida turli qatnashchilar va manfaatlarning mu
-
vofiqlashtirilishi uchun muhimdir. Shuningdek, manfaat
-
li tomonlar platformalari davlat boshqaruv tizimini sa
-
marali amalga oshirishga ham yordam beradi. Ular pastdan 
yuqorigacha yondashuvlarning mahalliy miqyosdagi asosiy 
to‘qnashuvlari va muammolarini aniqlashga yordam beradi. 
Ishtirok etuvchi yondashuvlar suv resurslarini tejash usullari 
to‘g‘risida aholining xabardorligini oshirishga yordam beradi 
va suvdan foydalanuvchilarni qaror qabul qilish faoliyatiga jalb 
qilish orqali mahalliy hokimiyat organlarining javobgarligini 
ta’minlashga ham ko‘maklashadi.
Manfaatdor tomonlar o‘rtasida sheriklik aloqalarini 
o‘rnatish mexanizmlari va vositalarini diversifikatsiya qilish 
muhimdir. Mahalliy darajadagi ixtiyoriy sherikchilik kichik daryo 
havzalarida ko‘proq qo‘llaniladi, chunki ular funksional bo‘lib, 
mahalliy hokimiyat organlari o‘rtasida muvofiqlikni yaxshilaydi.


195
SUV RESURSLARINI HAVZAVIY REJALASHTIRISH VA BOSHQARISH
Suv diplomatiyasi
Suvga nisbatan xalqaro diplomatiya suvni boshqarish uchun 
global tarmoqni yaratishni o‘z ichiga oladi. Keyinchalik bu tar
-
moq ko‘p tomonlama va ikki tomonlama suv shartnomalari va 
bitimlarini yanada rivojlantirishda qo‘llanilishi mumkin. Xalqaro 
tarmoqlar muayyan suv havzalari sharoitida suvdan foydalanish 
huquqlari, suv resurslari taqsimoti, suv bilan bog‘liq boshqa mo
-
jarolarni hal qilishga yordam berishi mumkin. 
Transchegaraviy va mintaqaviy miqyosda kengroq vakolat 
va mas’uliyatga ega bo‘lgan hukumatlar va muassasalar suv 
resurslari bilan bog‘liq rahbarlik prinsiplari, ishtirok etish 
qoidalari va suv resurslariga oid tegishli tartiblarni belgilab 
beruvchi xalqaro va milliy doiralarni ishlab chiqish va qabul qilish 
uchun tashabbusni o‘zlariga olishlari kerak. Agar davlatlar bitim 
va konvensiyalarni birgalikda imzolagan bo‘lsalar, unda ishtirok 
etish va rahbarlik qilish qoidalari yanada aniqroq bo‘ladi va mu
-
zokaralarni osonlashtiradi. Bugungi kunda Birlashgan Millatlar 
Tashkilotining transchegaraviy suv oqimlari va xalqaro ko‘llarni 
muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi Konvensiyasi 
(the Water Convention) hamda Xalqaro suv oqimlaridan 
nonavigatsiya maqsadlarida foydalanishga oid qonunlar to‘g‘ri
-
sidagi Konvensiyasi (the UN Watercourses Convention) ushbu 
yo‘nalishda muhim asos sifatida xizmat qilmoqda. Diplomatiyani 
ilgari surish maqsadlaridan biri ushbu konvensiyalarning mu
-
himligini va hamkorlikni rivojlantirishda muhimligini ta’kid
-
lashdan iboratdir. Shuningdek, mamlakatlar rahbarlari boshqa 
mamlakatlarga konvensiyalarni ratifikatsiya qilishiga yordam 
beradigan muzokaralarni davom ettirishga da’vat etilishi kerak.



Download 2,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish