50
Salohiddinov A.T., Ashirova O.A.
holati, sifati va miqdori jihatidan suv ekotizimlari yomonlashib
borayotganini ko‘rish mumkin. Bu esa suv resurslaridan foydala
-
nishda foydadan ko‘ra ko‘proq suv bilan bog‘liq tavakkalchilik va
xavflarga yo‘l qo‘yilayotganini ko‘rsatadi.
Bugungi kunda aholi sonining o‘sishi, demografik o‘zgarish
-
lar, iqtisodiy taraqqiyot va iqlimning o‘zgarishi kabi omillar suv
resurslariga kritik ta’sir etmoqda.
Shuningdek, suv resurslari
ishlab chiqarish va iqtisodiy taraqqiyotga, aholi salomatligi va
hayot darajasiga hamda milliy xavfsizlikka sezilarli ta’sir ko‘rsa
-
tadi. Suvga bo‘lgan ta’sirlar ortgani sari biz yangilanib turuvchi
suv resurslaridan yanada samaraliroq foydalanishimiz zarur.
Biroq suv resurslarini boshqarish
murakkablashib bormoq
-
da. Ko‘pgina mintaqalarda iqlim sharoitlari o‘zgarishlaridagi
noaniqliklar va tabiiy sharoitlar tufayli suv resurslarini bosh-
qarish asosiy muammoga aylanib ulgurdi. Iqlim o‘zgarishi tu
-
fayli bu murakkabliklar ortib bormoqda. Ayrim mintaqalarda
bu yog‘ingarchilik va daryo oqimlari kamayishiga olib kel
-
sa,
boshqa mintaqalarda, aksincha, ko‘proq suv bosishi ho
-
latlarini keltirib chiqarmoqda. Bunday o‘zgarishlar aholi va
iqtisodiyotning o‘sishi, urbanizatsiya
va oziq-ovqatga talab
-
ning ortishi (demak, suvga talabning ortishi, suv tanqis bo‘lgan
hududlardagi manbalar va yer osti suvlarining degradatsiyasi
ortishi) tufayli yanada kuchayishi kutiladi.
Bugungi kunga kelib havzalar boshqaruvchilari suv re
-
surslarining sog‘lom boshqaruvi va iqtisodiy taraqqiyot
mutanosibligini ta’minlashda
juda katta bosim, tavakkalchi
-
lik va muammolarga uchramoqdalar. Hukumatlar va havza
boshqaruvchilari oldida turgan murakkab vazifa taraqqiyot
va barqarorlik o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlashdir.
Bu har
bir havzada suv resurslarini rivojlantirish va boshqarishning
yanada aniqroq yo‘llarini hamda oqibatlarga qarshi mutanosib
uslublarni topish zaruriyatini ko‘rsatadi.
51
SUV RESURSLARINI HAVZAVIY REJALASHTIRISH VA BOSHQARISH
Suv resurslari boshqaruvchilari oldida turgan murakkab
-
liklarning ko‘pi yangi paydo bo‘lgan emas.
Ammo muammo
-
lar o‘zining miqyosi va xarakteri bo‘yicha bir havzadan bosh
-
qa havzaga o‘zgarib turadi va ularning yechimi ham turlicha
bo‘ladi. Mazkur muammolarning yechimi odatda ikki muhim
tomonni: ya’ni ma’lumotlarni to‘plash, infratuzilma va ularning
ekspluatatsiyasi kabi strukturaviy muammolarni (strukturaviy
intervensiya) hamda institutsional (ko‘pincha “yumshoq” inter
-
vensiya deb nomlanuvchi), qarorlar va narxlar yoki bilimlar va
ma’lumotlar kabi omillarni qamrovchi tadbirlar masalasini o‘z
ichiga olishi lozim.
Strukturaviy intervensiya odatda xizmatlarni ta’minlovchi
va ko‘zga ko‘rinuvchi bo‘lgani uchun siyosiy jihatdan ma’qul
-
roq va qimmatroq hisoblanadi. Ular ko‘proq e’tibor tortadilar.
Institutsional intervensiya esa arzon bo‘lib,
ayrim hollarda si
-
yosiy va ijtimoiy jihatdan kamroq e’tibor tortadi.
Do'stlaringiz bilan baham: