Suv resurslarini havzaviy rejalashtirish va boshqarish


Markaziy Osiyoda suv resurslarini boshqarishni



Download 2,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/100
Sana12.07.2022
Hajmi2,08 Mb.
#780052
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   100
Bog'liq
bce1e38198591cc537490d6061333c7a

1.6 Markaziy Osiyoda suv resurslarini boshqarishni 
takomillashtirish choralari

Mintaqa mamlakatlarining suv resurslariga haqiqiy talab-
larini ta’minlay oladigan yangi, samarali ishlashga qodir bosh
-
qaruv organlari va ularning tashkilotlarini yaratish yo‘li bilan 
havzada suv resurslarini boshqarishning tashkiliy strukturasini 
yaxshilashni davom ettirish;

hozirgi sharoitda mintaqa mamlakatlari o‘rtasida suv 
resurslarini rejalashtirish, boshqarish va ulardan foydalanish, 
shuningdek, Orol dengizi havzasida iqtisodiy barqarorlikni 
ta’minlash masalalari bo‘yicha mavjud bitimlarni yaxshilash va 
takomillashtirish;

suv xo‘jaligini boshqarishning milliy tashkiliy tuzilmasini 
muntazam takomillashtirish;


46
Salohiddinov A.T., Ashirova O.A.

suv resurslarini boshqarishning barcha pog‘onalarida – 
daryo va magistral kanallardan boshlab xo‘jalik ichki kanallari, 
suv iste’molchilari uyushmalari va fermer xo‘jaliklarigacha – suv 
resurslarini boshqarishni takomillashtirish;

suv resurslarini havzaviy boshqarish va rejalashtirish 
usullarini keng qo‘llash. 
Tashqi ta’sirlarga javob tariqasida suv resurslarini barqaror 
boshqarish o‘z ichiga boshqarishga adaptiv yondashuvini ham 
olishi kerak. Boshqa yondashuv – preventiv, iqtisodiyot va op
-
timallashtirish sohasida suv resurslarini boshqarishda foydala
-
niladigan qarorlarni qabul qilishning amaldagi qoidalarini qayta 
ko‘rib chiqishni talab etmaydigan ishonchli loyiha yoki strate
-
giyalarni izlash orqali ehtimoliy variantlarning yanada maqbul
diapazonini shakllantirishni ko‘zda tutadi. Suv resurslarining in
-
tegratsiyalangan boshqaruvi borgan sari adaptatsiyalanayotgan 
bir vaqtda yanada faol ko‘p sektorli hamkorlikka, ya’ni havzaviy 
boshqarish va rejalashtirishga bo‘lgan ehtiyoj orta boradi. 
Avval ta’kidlanganidek, suv resurslarini zamonaviy boshqa
-
rish juda murakkab jarayon. Suv resurslarini boshqarishning eng 
muhim belgilovchilaridan biri suv resurslari va ularning iste’mo
-
lini mohirona moslashtirish hisoblanadi. Dunyodagi istiqbolda
-
gi suv ta’minoti destabillovchi qator omillarni, jumladan aholi 
sonining ortishi, iqtisodiyotning o‘sishi, ifloslanishning ortishi 
kabilarni hisobga olishi bilan birga iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq 
bo‘lgan suv miqdorning kamayishi ehtimoli kabilarni ham e’ti
-
bordan qochirmasligi lozim.
Shunday qilib, suv resurslarini boshqarish jamiyat va tabiat
-
ning suvga bo‘lgan ehtiyojlarini kerakli sifat va miqdorda barcha 
vaqt davrlarida – operativ, ko‘p yillik va istiqboldagi ehtiyojlarni 
qondirishni ta’minlashi zarur.
Suv resurslarini integratsiyalashgan tarzda boshqarish 
(SRIB) suv, yer va ular bilan bog‘liq bo‘lgan resurslarni hayotiy 


47
SUV RESURSLARINI HAVZAVIY REJALASHTIRISH VA BOSHQARISH
ekotizimlar barqarorligiga zarar yetkazmasdan jamiyatning iq
-
tisodiy va ijtimoiy farovonligini maksimallashtirish maqsadi
-
da muvofiqlashtirilgan rivojlantirish va boshqarishga yordam 
beruvchi jarayon sifatida shakllanadi. Aynan barcha suvlarning 
o‘zaro bog‘liqligi ulardan foydalanishni integratsiyalashga 
chorlaydi.
Integratsiya 
o‘zaro 
bog‘lanishning 
ikkita 
bazisli 
kategoriyasini ko‘zda tutadi: suv resurslari ehtimoli va sifati
-
ning kritik belgilovchisi bo‘lgan tabiiy tizimlar hamda suv re
-
surslaridan foydalanish ulushi, suv olish tizimi, resurslarni 
ifloslanishdan himoyalash va ijtimoiy barqarorlikning yomon
-
lashuvini belgilovchi ijtimoiy tizim. SRIB vaqt va makondagi 
o‘zgarishlarni va bu kategoriyalar orasidagi bog‘lanishlarni e’ti
-
borga oladi. Shuningdek, suv xo‘jaligi faoliyatini maxsus yopiq 
tizim sifatida saqlashdan farqli ravishda, suv resurslarini bosh
-
qarish ishini ulardan foydalanuvchilar ishtirokidagi jamoat 
ishiga aylantirish SRIBni an’anaviy fragmentar yondashuvdan 
ajratib turadi. SRIB yondashuvlaridan foydalanish, suv resurs
-
larini boshqaruvchilarga suvga bo‘lgan ehtiyojga jamiyat mu
-
nosabati qanday ta’sir ko‘rsatayotgani va bundan kelib chiqib 
suv resurslari an’anaviy boshqaruvini suv tejovchi boshqaruvga 
o‘zgartirishga yordam beradi. Bunda suv resurslarini havzaviy 
boshqarish va rejalashtirish eng muhim mexanizm sifatida xiz
-
mat qiladi.

Download 2,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish