Sh. Yuldasheva, D. Kabulova, M. Sobirova


Topshiriq. So‘zlashuv uslubiga xos xususiyatlarni aniqlang. S u h b a t



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/104
Sana12.07.2022
Hajmi0,8 Mb.
#779768
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   104
Bog'liq
G0HfxTcZZynmKH7MNjp7ifSRjHyxK10N6VqQSwDl

Topshiriq.
So‘zlashuv uslubiga xos xususiyatlarni aniqlang.
S u h b a t
— Men erta bilan soat yettida turaman. Sen-chi?
— Men yettidan o‘ttiz daqiqa o‘tganida turaman. O‘n besh daqiqasi
kam sakkizda badantarbiya qilaman.
— Men soat sakkizda nonushta qilaman. Sen-chi?
— Men ham soat sakkizda nonushta qilaman. Sen soat nechada
institutga ketasan?
— Men soat sakkiz yarimda institutga ketaman.
— Institutda soat nechagacha bo‘lasan?
— Institutda soat to‘qqizdan bir yarimgacha bo‘laman. Sen-chi?
— Men ham soat bir yarimgacha institutda bo‘laman. Soat ikkida
uyga kelaman.
— Men ham.
— Men soat o‘n to‘rtda tushlik qilaman, keyin soat o‘n yettigacha
dam olaman.
Topshiriq.
1. Matnni ifodali o‘qib chiqing va rejasini tuzing.
2. Reja asosida matnni so‘zlab bering.
3. Qiyin so‘zlarning o‘zbekcha-qoraqalpoqcha lug‘atini tuzing.
Topshiriq._Mulozamat_iboralarini_o‘rganing._S_u_h_b_a_t'>Topshiriq. 
Mulozamat iboralarini o‘rganing.
S u h b a t
— Kechirasiz, mana bu stol bo‘shmi?
— Ha, bo‘sh. Marhamat, o‘tiringlar. Mana menyu.
— Rahmat. Bizga uch portsiya lag‘mon va sabzavot salati bersangiz.
Yana kabob keltiring. Uni uzoq kutish kerakmi?
— Yigirma minutcha.
— Kotletingizning garniri nima?
— No‘xat, qovurilgan karam, kartoshka.
— Unday bo‘lsa menga bir porsiya palov bera qoling.
— O‘rtoqlarimga kabob, iloji bo‘lsa choy ham keltirsangiz.
— Marhamat.
Topshiriq.
Savdo-sotiq tizimi faoliyati haqida ma’lumot to‘plang, sotuvchi
bilan bo‘ladigan suhbat matnini yarating.
OG‘ZAKI VA ADABIY SO‘ZLASHUV USLUBI
So‘zlashuv uslubi deganda oddiy so‘zlashuv uslubi ko‘zda tutiladi. Xalq
og‘zaki ijodi asarlari, sahna asarlari, prozaik asarlardagi personajlar nutqi
kabilar ham so‘zlashuv uslubini tashkil qiladi. So‘zlashuv uslubi erkin holda
shakllanishi bilan farqlanadi, unda emotsionallik kuchli bo‘ladi. So‘zlashuv
nutqida adabiy so‘zlashuv nutqiga xos elementlarning biror jihatdan adabiy
til normalariga mos kelmaydigan konstruksiyalarning qo‘llanishi mumkinligi
ham uning xarakterli belgilaridan hisoblanadi. Oddiy so‘zlashuvning asosiy
sintaktik belgilari quyidagilar:
1. So‘zlashuv uslubi sintaksisining o‘ziga xos asosiy belgisi sintaktik
qurilishda namoyon bo‘ladi. Bunda, ilmiy uslubga qarama-qarshi o‘laroq,
fikr ko‘proq to‘liqiz gap shaklida ifodalanadi. Bu uslubiyat, turli imo-
ishoralar, oldingi gaplar, so‘roqlarga javob bo‘lish, suhbatdoshlarning bayon
qilinayotgan fikrga bo‘lgan munosabati, xabar qilinayotgan voqea bilan
qanchalik tanish bo‘lishi, suhbatdoshlar bir-birini qanchalik tushu-
nayotganligi kabi omillar bilan belgilanadi. Ixcham va sodda shakldagi gaplar


43
42
Ta’rifin aytganda yaxshi jononning,
Yaxshining qadrini bilgil har oning,
Tayindir kelganga osh bilan noning,
Chin kayvoni sachog‘idan bilinar.
Yaxshi xotin kular erin yuziga,
Ming jon qurbon har bir aytgan so‘ziga,
Orom berar dargohiga, o‘ziga,
Qozonidan, tovog‘idan bilinar.
Maxtumquli, qo‘ling chekkil haromdan,
Imoningga nuqson yetar yomondan,
Yaxshilikni umid etma yomondan,
Bo‘lar o‘g‘lon yosh chog‘idan bilinar.
Maxtumquli
O‘ttizinchi yillarda men Toshkentning O‘qchi mahallasida turar edim.
Qo‘shnilarimiz orasida o‘larday ishyoqmas, takasaltang bitta odam bor edi.
U qovoq-tumshug‘i soliq, devday bir yigit edi. O‘sha mahallada shuncha
turib birovga tom shuvashganini yoki g‘isht quyib berganini bir-ikki marta
eshitganman, xolos. Bu odam umrida biron ish qilgan emas, birdan-bir
ishi xotinini tergash edi. Kechqurun xotini ishdan qaytgan paytda u ham
choyxonadan oshxo‘rlik qilib qaytib kelar edi-da, xotiniga bir og‘iz issiq
gap yo‘q, g‘idi-bidi boshlar edi.
Uning xotini yosh, istarasi issiq, nozikkina bir ayol edi. Erining har
xil ta’na-dashnomlari va siqiqlaridan o‘zi ishlaydigan bolalar bog‘chasiga
paranji yopinib borib kelar, har kuni yig‘lar edi.
Abdulla Qahhor.

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish