SHEVAGA XOS SO‘ZLAR
Sheva bir millatga mansub bo‘lib, lekin turli hududlarda yashovchilar
tomonidan ishlatiladigan milliy til ko‘rinishidir. Sheva adabiy tildan fonetik,
leksik va grammatik jihatdan farq qiladi.
Xalq shevalarining faqat og‘zaki turi mavjud.
Shevalarning bir-biriga yaqin guruhlari lahja deb yuritiladi.
O‘zbek milliy tili tarkibida uchta lahja bor:
1. Qarluq lahjasi (janubiy-sharqiy guruh).
2. Qipchoq lahjasi (janubi-g‘arbiy guruh).
3. O‘g‘uz lahjasi (shimoli-g‘arbiy guruh).
Qarluq lahjasi asosan shahar shevalarini o‘z ichiga oladi (Toshkent,
Andijon, Farg‘ona, Samarqand, Buxoro, Qarshi). Bu shevalarning muhim
fonetik va morfologik belgilari quyidagilar:
1) so‘z oxiridagi
k
tovushi
y
tarzida aytiladi: elak-elay, terak-teray;
2)
o
lashish yuz beradi: aka — oka, katta — kotta;
3) bu lahjada qaratqich kelishigining qo‘shimchasi yo‘q bo‘lib, uning
o‘rniga ham tushum kelishigi qo‘shimchasi
-ni
ishlatiladi: ukamni(ng) daftari.
Qipchoq lahjasiga mansub shevalar vakillari O‘zbekistonning hamma
viloyatlarida istiqomat qiladi. Belgilari:
y
o‘rnida
j
ishlatiladi: yo‘l — jo‘l, yo‘q — jo‘q.
g‘
o‘rnida
v
ishlatiladi: tog‘— tov, sog‘— sov.
k, q
tushiriladi: quri(q), sari(q).
O‘g‘uz lahjasi Janubiy Xorazmdagi (Urganch, Xiva, Xonqa, Hazorasp,
Qo‘shko‘pir, Shovot tumanlari), Qoraqalpog‘istonning janubiy tumanlari-
dagi bir qancha shevalarni o‘z ichiga oladi.
sharafini, mas’uliyatni teran his qiling. Bu ezma pand-nasihat emas.
O‘rganib qolganimiz “Qizil targ‘ibot-tashviqot” ham emas.
O‘quv yurtingizdagi faoliyatingizda uch jihat muhim:
1. O‘quv jarayoni.
2. Yotoqxonada yashash (uzoqdan kelgan talabalar uchun).
3. Jamoat ishlari.
Ular o‘zaro chambarchas bog‘liq tutash ildizlar bo‘lib, bir-birini
to‘ldiradi, boyitadi, taqozo etadi. Aslida uchovi ham ta’lim-tarbiya ataluvchi
yaxlit murakkab jarayonning uch tarkibiy qismi. Shu uch jihatga birdek
e’tibor bergan talabadan kelgusida yetuk mutaxassis, yaxshi inson, faol
jamoatchi chiqishini uzoq yillik tajribalar ko‘rsatib turibdi. Faqat o‘qish
bilan bo‘lib jamoat ishlaridan chetlashib yurgan talaba keyinchalik o‘zini
o‘ylaydigan xudbin mutaxassis bo‘lsa ajab emas. Yotoqxonasini orasta
tutmagan qizdan bilimdon kishi chiqishi mumkindir-u, uy-ro‘zg‘orni yaxshi
eplaydigan, saranjom-sarishtali kelin bo‘lishiga kafolat berish qiyin. O‘ta
faol “ashaddiy” jamoatchi bo‘lib, asosiy vaqtini badiiy havaskorlikka, sport
o‘yinlariga, dastyorlikka, katta-kichik boshliqlar, domlalarning xizmati,
topshirig‘ini bajarishga sarflaydigan, tovonidan o‘t chaqnagan bo‘z bola yigit
bilingki, ishbilarmon, tadbirkor rahbar bo‘ladigan cho‘ti bor. Vaqti kelib u
amaldor bo‘lib yetishar ham, lekin bilimi bo‘shligi har qadamda pand beradi.
Shoshing va shoshmang. Shoshing – umr o‘tib borayotibdi... kun sayin,
daqiqa sayin. Chak – chak – chak. Bugungi ishni ertaga qo‘ymang. Zero,
ertaning o‘z yumushi, vazifasi, kutilgan va kutilmagan tashvish-taraddudlari
bor. Qolgan ishga qor yog‘ar. O‘zbekning bitta yomon so‘zi bor “e...e”
degan! Mana shu birgina “E!” bilan olamshumul ishlar ortga chekilib, ba’-
zan hatto yo‘q bo‘lib ketadi. Noyob tafakkur chechaklari so‘nadi. Ishtiyoq
barham topadi. G‘oya o‘ladi. Bu ishyoqmaslik tanballik, dangasalik,
hafsalasizlik alomati. Dangasalikning boshlanishi, baxtsizlikning debochasidir.
Vaqt sizning taqdiringizda, azizim talaba (student), betakror va benazir
ahamiyat kasb etadi. Sajdagohingiz – minbar, qurolingiz – kitob,
manzilgohingiz – kutubxona, kasbingiz – mutolaa bo‘lmog‘i darkor. Tahlil,
mushohada, bahs... sizning asosiy mashg‘ulotingiz – shu. Vaqt – aqcha,
deydi ruslar. O‘zbekda o‘sha-o‘sha gap: vaqting ketdi – naqding ketdi.
Havoyi, nasya va’dalarga, puch xayollarga aldanib qo‘ldagi naqdinadan ajralib
qolish aqldan emas. O‘zingizning aldanib qolishingizga yo‘l qo‘ymang.
“Tolibnoma”dan
Do'stlaringiz bilan baham: |