84
"Ch A R X P A L A K" texnologiyasi
"Ch A R X P A L A K"
texnologiyasining javobi
Savollar
Javoblar
1
8, 16, 23
2
7
3
5, 31
4
6
5
20, 21, 27
6
10
7
12
8
3
9
1, 11, 15, 18
10
13
11
32
12
14
13
4
14
9, 19, 30
15
2, 12
16
27
17
22
18
25
19
17, 24, 26, 28
20
29
2-Mavzu “Avesto” kitobi Vatanimiz tarixini o’rganishda muhim manba
“TALABALAR” (O’yin texnologiyasi)
Amaliy mashg`ulotda talabalarning, o’tilgan “O’zbekiston hududida ilk o’rta asrlarda vu-
judga kelgan davlatlar” (
5-
8 asr o’rtalarigacha) mavzusi bo’yicha qanchalik ma’lumotga ega
ekanliklarini bilish uchun
“Talabalar” (O’yin texnologiyasi) dan foydalaniladi.
Bu texnologiya asosida talabalar Eftalitlar davlati, uning ichki tizimi, ijtimoiy munosabatlari va
madaniyatini hamda Turk xoqonligi uning boshqaruvi va ijtimoiy va madaniy hayotini ochib berish
imkoniyatiga ega bo’ladilar.
“Talabalar”(O’yin texnologiyasi)-quyidagicha: Auditoriyadagi barcha talabalar o’tilgan va
o’tilayotgan mavzu yuzasidan o’zlarini qiziqtirgan savollarni yozadilar. Amaliy mashg`ulot
davomida yozilgan savollarni o’qituvchi yig`ib olib, aralashtirib, talabalardan birma-bir shu
savollarni tanlab olishlariga imkon beradi.
Har bir talaba savolga og`zaki aniq va lo’nda javob berishi talab etiladi. Agar talaba savolga
noaniq javob bersa, savolni yozgan talaba aniqlik kiritadi. O’qituvchi talabaning javobiga
qarabuni baholaydi.
Bu o’yin texnologiyasi qo’llanganda talaba izlanadi, fikr almashadi, aqli charxlanadi.
Amaliy mashg`ulotda faol ishtirok etmayotgan talabani faollashtiradi.
255
Turkistonga ko’chirib keltirishi bu maqsadga erishishda katta o’rin tutadi.
CHorizm Turkistonni rus inqilobchilari va sotsial-demokratlarini surgun qiladigan makonga
aylantirdi. Markaziy Rossiya, Kavkazortidan kelgan Rossiya monarxiyasining minglab raqo-
batchilari Turkistonning yirik shaharlariga joylashib oldilar.
Rossiyadan ko’chirib keltirilganlarga katta imtiyozlar berildi, ularning joylashishi, dehqon-
chilik qilishi uchun ko’p miqdorda mablag’lar
ajratildi, o’zini o’nglab olgunga qadar oziq-ovqat
mahsulotlari bilan ta’minlab turildi.
YAngi tashkil topgan rus qishloqlari aholisi mahalliy aholiga nisbatan ancha ko’proq ekin
maydonlariga ega bo’ldi, ma’lum muddatgacha soliqdan ham ozod qilindi. Natijada, ko’chirib
keltirilganlar qisqa vaqtda ishlab chiqarishning texnikaviy zaminini ham yaxshilab oldilar. Bun-
day imtiyozlarni chor ma’murlari, «Rossiyadan ko’chib kelayotganlar bo’sh yerlarni o’zlashti-
rishga, bog’lar yaratishga yordam beradi», deb ko’rsatdi. Aslini olganda qashshoqlashib ketgan
yuz minglab aholining O’rta Osiyoga ko’chirib keltirilishi Rossiyada tobora chuqurlashib bo-
rayotgan ichki ziddiyatlarni hal etishning bir yo’li bo’ldi.
Mustamlaka o’lkada ko’p sonli rus aholisining mavjudligi Rossiya uchun harbiy va siyosiy
tayanch bo’ldi. Ular ayni bir vaqtda mahalliy xalqlarning mustamlakachilik tuzumiga qarshi
bo’lgan harakatlarini bo’g’ib turish uchun tayanch vazifani bajardilar. CHorizmning Turkiston-
dagi madaniy-ma’rifiy ishlari mustamlakachilik siyosatiga to’la bo’ysundirildi. Bu boradagi
siyosat mahalliy aholining ma’naviy hayotiga aralashmaslik deb ko’rsatilgan bo’lsa-da, aslida
aholini ruslashtirish, milliy madaniyatini cheklash, kamsitishdan iborat bo’ldi. SHu maqsadda
dastlabki tadbirlar yevropa turmush tarzini ifoda etuvchi maktablarni ochishdan boshlandi. O’l-
kada joriy etilgan rus-tuzem maktablari haqidagi loyihaga binoan 1884 yili Toshkentda dast-
labki rus-tuzem maktabi ochildi.
Podsho ma’murlari mahalliy maktablardagi ta’lim-tarbiya ishlarini takomillashtirishni ma-
halliy aholini ruslashtirish borasidagi katta to’siq deb qaradilar. SHu sababli eski maktablarda
o’qish-o’qitish ishlarini yaxshilash uchun biror bir tadbir ko’rilmadi.
Maktablarning ahvoli Ros-
siya bosqinidan avval qanday bo’lgan bo’lsa, shundayligicha qolib ketaverdi.
Rossiya Turkistonni istilo qilgach, rus ma’murlari o’z mavqelarini mustahkamlash uchun
mahalliy xalqning ayrim an’analaridan, urf-odatlaridan foydalanishga urindilar va shu
maqsadda diniy aqidalardan, mahalliy xalq o’rtasida obro’-e’tibor qozongan shaxslardan, ru-
honiylardan foydalandilar. Mahalliy xalqlarning tarixiy qadriyatlariga, diniy e’tiqodlariga ta’sir
o’tkazish, ularni ma’naviy qaramlikda ushlash uchun Rossiya ma’muriyati, tajribali mustam-
lakachi davlatlarning o’z mustamlakalarida olib borgan missionerlik siyosatlaridan foydalandi-
lar. Ostroumov va boshqa missionerlarning o’lkadagi faoliyati buning yorqin misolidir.
Mahalliy aholining yashash tarzi, sihat-salomatligini yaxshilash borasida ham biron-bir tad-
bir amalga oshirilmadi. Guberniyalarda, uyezdlarda bir yoki ikki vrach bo’lib, ular ham asosan,
soldatlar va rus aholisiga yordam ko’rsatish bilan band bo’lganlar.
Masalan, 250 ming qoraqalpoq aholisi orasida atigi bitta shifokor bor edi. Vrachlar yetish-
masligini, sog’liqni saqlash ishlarining bunday ahvolini chor ma’murlari «mahalliy aholi kuchli,
sog’lom va kasal bo’lmaydi. Ular yashaydilar va vaqti kelganda o’ladilar. Tarqalgan epidemiya-
larga qanchalik pul ajratilmasin, baribir yetmaydi», - deb chorizmning shovinistik siyosatini
yaqqol namoyish etdilar.
O’lkada mustamlakachilikni kuchaytirishga qaratilgan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy jarayonlar
254
CHor Rossiyasi Turkiston o’lkasini egallagan kunlaridan boshlab o’zining iqtisodiy mustam-
lakachilik niyatlarini amalga oshirishga kirishdi.
Buning uchun, birinchi navbatda, Rossiya gubernyalaridagi sanoat korxonalarini muntazam
ravishda xom-ashyo bilan taa’minlab turuvchi temir yo’llar qurildi. SHu maqsadda 1881-1886
yillarda Mixaylovskiy ko’rfazidan CHorjo’yga Kaspiyorti temir yo’li qurildi, 1888 yilda bu yo’l
uzaytirilib, Samarqandga yetkazildi. 1906 yilda Toshkent - Orenburg temir yo’li ishga tu-
shirildi. 1912 yilda Farg’ona vodiysi ham Rossiya bilan temir yo’l orqali bog’landi.
Mustamlaka Turkistonda temir yo’llarni qurib bitirilishi o’lkani Rossiya sanoatining
g’ildiragiga yanada mahkamroq bog’ladi. O’lkaning xom-ashyo yetkazib
beruvchi manba sifati-
dagi o’rni mustahkamlangach, bu yerga turli firma va birjalar kirib kela boshladi va ular Turk-
istonning iqtisodiy hayotida jadallik bilan o’z ta’sirini kuchaytirib bordi. Ular o’lkadan xom-
ashyo olib ketish, Rossiyadan sanoat va qishloq xo’jalik mahsulotlari olib kelib sotish bilan
cheklanmay sug’oriladigan yerlarni sotib olib paxta ekishni kengaytirdilar. Paxtachilikning
rivojlanishi bunday firma-birjalar, mahalliy sudxo’r va savdogarlar uchun katta imkoniyatlar
yaratib berdi. Ular asosan xom-ashyo yetishtirish yo’liga o’tib olgan dehqonlarga kelasi yil
oladigan hosili hisobidan pul qarz berar edilar. Dehqonlarning moddiy ahvoli og’irlashgan sari
ularning hosildan tushgan daromadi qarzini to’lashga, yerga ishlov berishga,
oilasiga oziq-ovqat
mahsulotlarini sotib olishga ham yetmas, ikkinchi tomondan katta yer maydonlari mahalliy
boylar va sudxo’rlar qo’liga o’tib keta boshladi. Bu holat yersiz dehqonlar, mardikorlar va ar-
zon ishchi kuchini yanada ko’payishiga sabab bo’ldi.
Rossiya sanoatida paxta tolasiga bo’lgan ehtiyojning ortib borishi bu yerlarda yetishtiriladi-
gan paxtaning sifatiga e’tiborni kuchaytirdi. SHu maqsadda o’lka yerlarida paxtaning Amerika
navlarini yetishtirishni yo’lga qo’yish bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib boruvchi stansiyalar
tashkil etildi. Hatto bu navlarni o’rganish uchun Amerikaga maxsus mutaxassislar ham yubori-
ladi. Mustamlaka yillarida bunday navlar o’lka paxtachiligida yetti barobar ko’paydi.
Rossiya uchun Turkistondan ko’proq foyda ko’rish maqsadida o’lkaning o’zida xom-
ashyoga dastlabki ishlov beruvchi korxonalar tashkil etishga kirishildi. Bunday korxonalar o’l-
kada barpo bo’layotgan sanoatning asosiy sohasi edi. 1900 yilgacha Turkis-tonda 170 dan ortiq
sanoat korxonalari ishga tushirildi. Bularning 80% ni paxtaga qayta ishlov beruvchi korxonalar
tashkil etdi. O’lkaning o’zida ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan sanoatning rivojlanishi va
Rossiyadan kirib kelayotgan tayyor sanoat mahsulotlari asrlar davomida hunarmandchilik bilan
shug’ullanib kelayotgan aholini xonavayron etdi.
Raqobat natijasida hunarmandchilikning ko’plab sohalari inqirozga yuz tutdi, xonavayron
bo’lgan hunarmandlar ham yersiz dehqonlar singari ishsizlar safini to’ldirib bordi.
O’lkaning ko’plab unumdor yerlariga paxta ekilishi boshoqli ekinlar ekiladigan maydonlarn-
ing qisqarishiga olib keldi. Ming yillar davomida o’zini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlab
kelgan mahalliy aholi asta-sekin oziq-ovqat masalasida Rossiyaga qaram bo’lib qoldi. G’alla
mahsulotlari o’lkaga Rossiyadan keltirilib, unga chor ma’murlarining o’zi narx-navoni belgi-
ladi. Sanoatda band bo’lgan mahalliy ishchilarning turmush sharoiti yana ham og’ir edi.
CHunki ularning ish haqi yevropalik ishchilardan 2-2,5 barobar kam bo’lsa, olinadigan soliqlar
va jarimalar shuncha ko’p edi.
Mustamlakachilik siyosatining asosiy yo’nalishlaridan biri Turkiston o’lkasini ruslashtirish-
dan iborat bo’ldi. Podsho hukumati ko’p minglab yersiz dehqonlarni, ishsizlarni mustamlaka
85
Do'stlaringiz bilan baham: