25
shakllantiradi, komp'yuterda mustaqil ishlashga tayyorlaydi, bolalar faollashadilar,
o`rganiladigan materialga qiziqishlari ortadi, o`rganiladigan materialning hajmi
ortadi va mashg`ulotning samaradorligi oshadi.
Shunday qilib, maktabga tayyorlov guruhlari bolalarining yoshlarini
hisobga olganda(6-7 yosh) mul'timedia texnologiyasiga asoslangan va yangi
materialni o`rgatishga qaratilgan, komp'yuter ishtirokidagi bevosita dialog
metodidan foydalanish mashg`ulotlarning samaradorligini oshirishga имкоn
беради.
Ta‟lim jarayoniga ta‟lim texnologiyasini joriy etish o‟qituvchidan pedagogik
faoliyatiga nisbatan ijodiy yondashishni talab etadi, hamda bolalarda mustaqil
ta‟lim olishga nisbatan ehtiyojni yuzaga keltiradi.
Texnologik yondashuv bolalarda D.T.S.va dastur talablari asosida bilim
berishni nazorat qilishning eng qulay vositalaridan biridir.
Maktabgacha ta`lim matematika mashg`ulotlarida yangi pedagogik
texnologiyalari, axbarot texnologiyalari tadbiq etishning imkoniyatlari keng.
Ayniqsa, mavzular bo‟yicha multimediyalar tayyorlab,yangi matematik tushuncha
ma‟lumot bolaga tez yetib boradi. Bola kompyuter slaydlari orqali matematik
tushunchalarni bilib oladilar. Shuni aytish joizki, psixologlarning ta‟kidlashlariga,
beriladigan ma‟lumot eshitish a‟zolari orqali, ko‟rish a‟zolari orqali hamda ham
eshitish va ham ko‟rish a‟zolari orqali o‟zlashtirilib olinishi mumkin ekan.
Maktabgacha yoshdagi bolalarida ko‟rish sezgi a‟zolari orqali egallagan
bilimga nisbatan 20-25%ga ko‟p xotirada saqlanadi.Ammo ham ko‟rib,ham eshitib
egallagan bilim xotirada 80-85% o‟rnashadi. Shu sababli, multimedialar, slaydlar,
bolaning matematik tushunchalarni puxta egallashlarini kafolatlaydi.
Tarbiyachi matematika mashg`ulotiga tayyorlanar ekan, o‟tiladigan
mavzuni, bolalarga beriladigan ma‟lumotlarni ko‟z oldiga keltirishi, mashg`ulot
o‟tish rejasini tuzib, shu ma‟lumotlarni bolalarga yetkazish loyihasini tuzadi.
Kompyuterdan foydalanish uchun ma‟lumot kompyuter xotirasiga kiritilishi
26
mashg`ulotning zarur vaqtida undan ratsional foydalanishi, bolani ma‟lumotni
chuqur o‟rganish yuzasidan mahorat ishlatishi lozim.
Maktabga tayyorlov guruh bolalarga yetkaziladigan bilimni ko‟rgazmali
vositasiz tasavvur qilib bo‟lmaydi. Har bir yangi matematik tushuncha ko‟rgazmali
qurollar yordamida, kompyuter texnologiyasi asosida tushuntiriladi. Turli xildagi
bola qiziqishini oshiruvchi tasvirlar, ko‟rgazmalar beriladigan ma‟lumotlarni ongli
o‟zlashtirish imkonini beradi. Bolalarga birinchi o‟nlik sonlarini raqamlashni
o‟rgatar ekan, o‟qituvchi multimediali video rolikdan foydalanishi mumkin. 1 ta
predmet rasmi, masalan olma tasviri, 1 ta non tasviri, 1 ta quyoncha rasmi, 1ta
koptok rasmi tasvirlari ekranga chiqadi, shundan so‟ng 1 raqami ular yonida
ekranda harakatli tarzda namoyon bo‟ladi. Xuddi shuningdek 2 ta ayiqcha, 2 ta
bola, 2ta daftar, 2 ta olma rasmlari tasvirlangan ekran namoyishi bolalarga
ko‟rsatilib, yonida 2 raqami paydo bo‟lishi,to‟plam xarakteristkasi bo‟lgan “narsa-
son” juftligi to‟g‟ri tushuncha olish imkonini beradi. Multimediali mashg`ulotlar
bolalarning bilim, malaka va ko‟nikmalar mustahkam egallashlari imkonini berdi.
Mashg`ulotda multimedialardan foydalanish matematika mashg`ulot
samaradorligini oshirishini kafolatlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: