Moddiy zahiralar - ijtimoiy mahsulot ishlab chiqarish jarayonida
foydalanish uchun mo`ljallangan mexnat predmetlari yig`indisidir, masalan, xom-
ashyo, materiallar, yoqilg`i, energiya, yarim tayyor mahsulotlar, detallar va
hokazolar.
Tabiiy zahiralar - kishilarning moddiy va ma‟naviy ehtiyojlarini qondirish
uchun jamiyat tomonidan foydalanadigan tabiat obyektlari, jarayonlari,
sharoitlaridir.
Mexnat zahiralari - jamiyatda ishlash uchun umumiy ma‟lumot va kasbiy
bilimlarga ega kishilardir.
Moliyaviy zahiralar - davlat yoki tijorat tuzilmalari ixtiyorida bo‟lgan pul
mablag‟laridir.
Energetika zahiralari - energiya quvvati mavjud mahsulotlar, masalan,
ko‟mir, neft, mahsulotlari, gaz, gidroenergiya, elektr energiyasi va hokazolar.
Kibernetika, so‟ngra hisoblash texnikasi va axborotlashtirishning paydo
bo‟lishi va rivojlanishi bilan axborot so‟zi o‟zining dastlabki ma‟nosini saqlab
qolgan bo‟lsada, ayni paytda bir qator yangi ma‟nolarga ham ega bo‟ldi. Axborot
16
deganda biz qandaydir bir tizim haqida ma‟lumotlar, dalillar, bilimlar yigindisini
tushunamiz. Tizim haqidagi axborot yoki kuzatish yo‟li bilan yoki ham tabiiy, ham
modelli tajribalar natijasida yoki mavhum gipotetik tizimlarni o‟rganish - mantiqiy
xulosa chiqarish asosida olinishi mumkin.
Hozirgi paytda axborotni qanday tushunish haqida quyidagicha nuqtai
nazarlar yuzaga kelgan:
Axborot - xalq xo`jaligining barcha tarmoqlari iste‟mol etuvchi zahira
bo`lib, energetika yoki foydali qazilmalar zahiralari kabi ahamiyatga ega. Jamiyat
rivojlangani sari iqtisodiyot, fan, texnika, texnologiya, madaniyat, san‟at, tibbiyot
kabilarning turli masalalari haqidagi mavjud ma‟lumotlar, axborot zahiralaridan
foydalanishni tashkil etish intellektual va iqtisodiy hayotga tobora ko`proq ta‟sir
ko`rsatmoqda.
Axborot - fan va texnika rivojlanishi natijalari haqidagi fan-texnika
ma‟lumotlari, bilimlari yig`indisidir. Boshqacha aytganda, axborot, mazkur
talqinga binoan, fan-texnika faoliyati axborot xizmati tizimining ma‟lumot
mahsuli va “xom-ashyo”sidir.
Axborot - axborot xizmati tizimlarida fan-texnika faoliyati va turli
sohalarda kadrlar tayyorlashni shakllantiruvchi mahsulotlar yig`indisidir, ya‟ni
axborot zahiralarini ishlab chiqarish va iste‟mol etish faqat jamiyatning
intellektual hayoti bilan cheklanadi.
Ko`rinib turibdiki, bu talqinlardan birinchisi eng to`liq, axborot jarayonlari
ko`p qirraligini qamrab oluvchi tushunchani bermoqda. Chindan ham, axborot
jamiyat va inson faoliyatining barcha sohalariga kirib bormoqda.
XXI asr – axborotlashtirilgan jamiyat asrida axborot texnologiyalarning roli
va o„rni kundan – kunga o„sib boraveradi, hamda har bir jabhaning ajralmas
qismiga aylanib boradi. Bugungi kunda hayotimizni axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarisiz tassavur etib bo„lmaydi. O„zbekistonda ta'lim jarayonida AKTni
qo„llash bo„yicha keng qamrovli ishlar olib borilmoqda va uning huquqiy va
me'yoriy asoslari yaratilgan.
17
O„zbekistonda axborotlashtirish jarayonida uning ham jamiyat, ham
shaxsning o„rni beqiyosdir. Axborotlashtirish har bir istagan sohasini tubdan
o„zgartirish qobiliyatiga ega. Bunday sharoitda jamiyatdagi har bir shaxsning
barkamollik sari intilishlari ro„yobga chiqadi. Chunki kerakli axborotlarni o„z
vaqtida olish bilan birga ulardan to„g„ri foydalana olish insonni ijtimoiy jihatdan
rivojlanishiga sabab bo„ladi.
Respublikamiz Xalq ta'limi vazirligi tomonidan shahar va tumanlardagi
barcha maktab va maktabgacha ta'lim muassasalari, maxsus maktab-internatlarda
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish keng joriy
etilmoqda. Maktablarda zamonaviy o„quv kompyuter tarmoqlari tashkil etilmoqda.
Shuningdek, maktablar “ZiyoNeT” jamoat ta'lim axborot tarmog„iga ulangan
bo„lib, tarbiyachi va bolalar undan samarali foydalanish uchun sharoitlar
yaratilgan.
Ta'lim jarayoniga axborot texnologiyalarini olib kirish zarurati 70-80
yillardan boshlab (bolalarning mashg„ulotlarga qiziqishi pasayib ketgach)
mashg`ulot metodlarini, shakl va metodlarini o„zgartirish, yangilik kiritishdan
boshlandi. Nostandart (ular 40-50 tadan oshdi) mashg`ulotlarga axborot
texnologiyasini (kompyuter, filmoskop, kodoskop va h.k) va pedagogik
texnologiyalarni qo„llash bilan takomillashtirib borilmoqda.
Globallashuv jarayoni ta'limda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari
(AKT) dan keng foydalanishni talab etadi. O„qitishning zamonaviy usullari va
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo„llamasdan turib, tarbiyachi o„z
kasbiy faoliyatida samarali natijalarga erisha olmaydi. Ammo bunda ta'limning
maqsad va mazmuni, usul va vositalari hamda tashkiliy shakllarini to„g„ri tanlash
muhim ahamiyatga ega. Hozirgi kunda kompyuterlar ta‟lim tizimida asosan to‟rt
yo‟nalishda foydalanilmoqda:
-o‟rganish ob‟ekti sifatida;
- o‟qitishning texnik vositalari sifatida;
- ta‟limni boshqarishda;
- ilmiy-pedagogik izlanishda.
18
Kompyuterli o‟qitishning afzalliklari juda ko‟p: bolalarda ma‟lum malakalarni
shakllantirish vaqti qisqaradi; mashq qilinadigan topshiriqlar soni oshadi;
bolalarning ishlash sur‟ati jadallashadi; kompyuter tomonidan faol boshqarishni
talab qilinishi natijasida bola ta‟lim subyektiga aylanadi; bolalar kuzatishi,
mushohada qilishi qiyin bo‟lgan jarayonlarni modellashtirish va bevosita namoyish
qilish imkoniyati hosil bo‟ladi; kommunikatsiya vositalaridan foydalangan holda
mashg`ulotni uzoqdagi manbalar bilan ta‟minlash imkoniyati hosil bo‟ladi;
kompyuter bilan muloqot didaktik o‟yin xarakterini oladi va bu bilan bolalarda
o‟quv faoliyatiga motivatsiya kuchayadi va hokazo.
Kompyuterli ta‟lim jarayonida ta‟lim bola va kompyuter orasidagi
munosabatlarga ko‟ra tashkil etiladi, boshqariladi, nazorat qilinadi.
Kompyuterli ta‟limni tashkil etish – bola bilan o‟quv materiali o‟rtasidagi
bog`lanishni kompyuter vositasida yo‟lga qo‟yish. Bola bilan o‟quv materiali
o‟rtasidagi bog`lanishni tashkil etish uchun ta‟lim loyihalanadi. Bolalarning o‟quv
ishlarini tashkil etish, ular faoliyatini rag`batlantirish tegishli vositalar asosida
modellashtiriladi.
Ta‟lim jarayonida foydalanishga mo‟ljallangan ko‟plab elektron o‟quv
materiallari yaratilganki, unga elektron mashg`ulotlik, elektron o‟quv qo‟llanma,
o‟rgatuvchi dastur vositalari kabilarni misol qilib ko‟rsatish mumkin. Ular o‟zida
boshqarilish imkoniyati, interfaol uslublar, sun‟iy intellekt elementlari, hissiy
moslashuvchanlik kabi xususiyatlar muvjudligiga ko‟ra ta‟limda ma‟lum
samaradorlikni ta‟minlaydi.
Axborot texnologiyalari qo„llanadigan mashg`ulotlarning qulayligi shundaki,
unda bolaning o„quv materiallarini o„zlashtirib olayotganligini doimiy ketma – ket
kuzatishga, nazorat olib borishga, kerak holarda tuzatishlar kiritib borishga
imkoniyat yaratiladi.
Shuning uchun ham axborot texnologiyalari asosidagi mashg`ulotlarda
qiziqish, o„zini - o„zi boshqarish, yangi bilimlarni o„zlashtirib borishga intilish
mashg`ulot oxirigacha saqlanib qoladi. Bunday mashg`ulotlarda bolaning bilim
olish motivatsiyasi oshib boradi.
19
Axborot texnologiyalarining ta'lim jarayoniga kirib kelishi bilan “Inson va
kompyuter” muammosi markaziy muammolardan biri bo„lib qolmoqda. Ta'lim
jarayoni - axborot, ayniqsa, uning oliy shakli bo„lmish bilimlarni ishlab chiqarish,
saqlash, qayta ishlash va amalga oshirish jarayonidir. Bu jarayonning to„g„ri,
maqsadli tamonga qaratilgan yo„nalish, imkoniyatlarini topishga to„g„ri keladi.
O„quv jarayoni axborotni taqdim qilishdek alohida va muhim funksiyani
bajarishi lozim. Bu jarayonda “Inson – inson” va “Inson – kompyuter” o„rtasidagi
aloqa bog„lovchi vosita “axborot” hisoblanadi. Ta'lim sohasining asosiy resursi –
axborotdir, shuning uchun axborot tushunchasiga kengroq to„xtalib o„tamiz.
Ta'lim tizimi oldida keng bolalar ommasini axborot olish va qayta ishlash
madaniyatini o„stirish va shakllantirishdek vazifalar turibdi. Pedagog bolalarga
axborot uzatish jarayonida ularga ta'limiy va tarbiyaviy ta'sir etib boradi. Bu
jarayonning muvaffaqqiyatli kechishida tarbiyachining o„zi tobora maslahatchiga,
yo„l–yo„riq ko„rsatuvchiga, o„quv jarayonining boshqaruvchisiga aylanib boradi.
Tarbiyachi axborot egasi, tarqatuvchi funksiyalarni axborot texnologiyalari
zimmasiga yuklab boradi. Bunda bosh masala bilimlar olamiga kirish, u bu
olamning resurslaridan qanday foydalana olish va o„zlashtira olishiga bog„liq
bo„lib qoladi. Bola axborot ummonida yangicha qoidalarni o„rganishi, barcha
o„quv fanlari kesimida axborot olishi, uni qayta ishlay olishi zarur bo„ladi.
Ta'limda o„qitishning va bilimlarni o„zlashtirishrishning nutq, so„z, tovush
bilan bog„langan usullari ikkinchi navbatga o„tib, o„qitishning tasavvurlar,
shakllar, rang, tasviriy ko„rsatuvlar bilan bog„liq usullari birinchi o„ringa o„ta
boshlaydi.
Global kompyuter tarmoqlarining vujudga kelishi kishilar muloqotining
kitob, gazeta va televideniedan farq qiluvchi yangi o„ziga xos usul va shakllarini
vujudga keltirmoqda.
Axborotlar ustida ish olib borish, ularni uzatish va foydalanuvchiga
axborotlarni yetkazish axborot – kommunikatsiya texnologiyalari orqali amalga
oshiriladi. Bunda kompyuter va inson o„rtasida o„zro kommunikatsiya o„rnatiladi.
20
Shuni ta'kidlab o„tish lozimki, pedagogik jarayonda kommunikatsiya ushbu
jarayonning eng muhim tashkil etuvchi qismi hisoblanadi.
Ta'lim jarayoni – bu avvalo axborot almashinish jarayonidir. Tarbiyachi
bolaga bilimlarni ma'lum qiladi (tegishli axborot beradi) va o„z navbatida teskari
aloqa tarzida undan bayon qilingan bilimlar qanday o„zlashtirilganligi haqida
tasavvur hosil qiladigan axborot oladi. Bu axborot bolalarning diqqat bilan
o„tirishlarida, tarbiyachiga qarab turishlarida, yuz ifodalarida o„z aksini topadi.
Agar teskari aloqa bo„lmaganda edi, tarbiyachi bergan axborotining bolalar
tomonidan qanday qabul qilinayotganini bilmagan bo„lar edi. Teskari aloqa
tarbiyachiga o„z nutqini davom ettirish yoki to„xtatish, ish turini o„zgartirish,
umuman, faoliyatini korrektura qilish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |