I.2. МТМlarda kompyuterli mashg`ulotlar o`tkazishda dialog metodidan
foydalanish.
Matematika fanini o‟qitish jarayonida yangi ta‟lim texnologiyalarini tadbiq
etish bu fan mazmunini yangilash, fan asoslari borasida bolalarga chuqur nazariy
bilimlarni berish,nazariy bilimlar asosida amaliy faoliyat ko‟nikma va malakalarini
shakllantirish, takomillashtirish imkonini beradi. Matematika fanini o‟qitish
jarayonida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish shaxs kamolotini
ta‟minlashga xizmat qiluvchi mustaqil fikr yuritish, o‟z ustida ishlash, faoliyatga
nisbatan ijodiy yondashish kabi xislatlarning ham shakllanishiga zamin yaratadi.
Matematika fanini o‟qitish jarayonida kompyuter xizmatidan foydalanish
an‟anaviy mashg`ulot uslublarini yangi pedagogik texnologiyalar uslubi bilan
qo‟shib olib borish imkoniyatini beradi.
Kompyuterdan foydalanish asosida fan doirasida bolalarning bilim
saviyasini oshirish,ko‟nikma hamda malakalarini hosil qilish ancha yengil kechadi.
Bundan
tashqari
bolalarga
saboq
berishda
ularning
individual
imkoniyatlari,shuningdek,ular tomonidan bilimlarni o‟zlashtirish tezligini hisobga
olish mumkin.
21
Kompyuterga joylashtirilgan ma‟lumot hamda matematikaga oid formula va
qoidalar bolaga mustaqil bilim olish malakasini hosil qilishda yordam berishi bilan
birga
ularning matematika faniga bo‟lgan qiziqishi oshishi,matematik
tushunchalarni tez o‟zlashtirish imkoniyatlarini beradi.
Kompyuterning texnik imkoniyatlarini hisobga olib ta‟lim berishning ushbu
bosqichlarini quyidagicha dasturlash maqsadga muvofiq.
Kompyuter vositasida o‟quv jarayonini loyihalash
1) O‟quv materialini bayon qilish.
2) Turli ma‟lumotlarni olish, ularni tahlil qilish asosida bolaning bilim,
ko‟nikma va malakasini nazorat qilish.
3) Topshiriqlar, matematik qonuniyatlar, hodisa va holatlar mazmunini
modellashtirish.
4)Mashg`ulot materialini o‟rganishni tashkil etish.
5)Mustaqil ravishda ta‟lim olish uchun zarur pedagogik shart-sharoitlarni
yaratish.
6)Yordam dastur asosida ishlash.
Kompyuter imkoniyatlarini e‟tiborga olgan holda dasturlashtirishni quyidagi
ikki turga ajratish mumkin:
1)Kompyuterdagi yordamchi dastur asosida foydalanish(bunda bola
tomonidan o‟rganilgan mavzular bo‟yicha o‟zlashtirilgan bilim,hosil qilingan
ko‟nikma va malakalarning darajasi aniqlanadi).
Mazkur jarayonda bolalarning shaxsiy rivojlantirishlarini inobatga olish
asosida ular tomonidan fanlar asoslarini o‟zlashtirish darajasini ma‟lum guruhlarga
bo‟lish, ya‟ni ularga individual tarzda ta‟lim berishni tashkil etish mumkin.
2)Bolaning diqqati, xotirasini mustahkamlab, uning shaxsiy yutuqlarini
o‟ziga kiritishga rag‟batlantirish.
XXI asr komp'yuter asri bo`lgani uchun Respublikamizda ham, xorijiy
mamlakatlardagi kabi [1] MTM lar komp'yuterlashtirilib boriladi va asta- sekinlik
bilan komp'yuter ta`limiga o`tilishi muqarrardir. Shuning uchun bu borada
22
hozirdanoq ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish va uning metodikasini ishlab
chiqish dolzarb masala bo`lib, davr talabi hisoblanadi.
MTMlarda komp'yuterli ta`limning eng qulay va samarali varianti -
mul'timedia texnologiyasiga asoslangan komp'yuterli ta`limdir. Bu esa
MTMlarning ta`lim jarayoniga yangicha yondashuvdan iborаt.
Ta`lim sohasidagi mul'timedia texnologiyasi asosida o`rganiladigan material
bolalarga bir vaqtning o`zida matn, audio, video, grafika, musiqa, tasvir va
animatsiya ko`rinishida jozibali taqdim etiladi.
Bola miyasiga bunday "mul'timediali hujum" natijasida ta`lim samaradorligi
ortadi, jumladan, S.S. G`ulomov va boshqalarning [2] ta`kidlashicha, "Bolalar
berilayotgan materiallarni ko`rish(video) asosida qabul qilsa, axborotni xotirada
saqlab qolinishi 25-30%ga oshadi. Bunga qo`shimcha sifatida o`quv materiallari
audio, video va grafika ko`rinishida mujassamlashgan holda berilsa, materiallarni
xotirada saqlab qolish 75%ga ortadi".
MTMlarda mul'timedia texnologiyasiga asoslangan mashg`ulotlar ikki xil
metod asosida olib boriladi:
1) Yangi materiallarni o`rgatishga qaratilgan komp'yuter ishtirokidagi
bevosita dialog metodi.
2) Bolalar tomonidan mustqil o`rganilgan (yoki takrorlangan)da, mashqlar
mustaqil bajarilganda, mul'timediali komp'yuter o`yinlari amalga oshirilganda
komp'yuter ishtirokidagi bilvosita (virtual axborot muhitida komp'yuter bilan)
dialog metodidan foydalaniladi.
Yangi materialni o`rgatishga qaratilgan komp'yuter ishtirokidagi dialog
metodi - maxsus dasturlar asosida tayyorlanib, komp'yuter xotirasiga kirgizilgan
materiallar va didaktik vositalar orqali amalga oshiriladi.
23
MTMlarning maktabga tayyorlov guruhlarida dialog metodiga asoslangan va
yangi materialni o`rgatishga qaratilgan mashg`ulotlarning davomiyligi har biri 15
daqiqali ikki etapga bo`lingan bo`lib (jami 30 daqiqa), etaplar oralig`ida esa 15-20
daqiqali relaksatsiya (umumiy toliqishlarni, jumladan, ko`z toliqishini bartaraf
etish) etapiga e`tibor berilishi kerak.
Relaksatsiya etapining 15-20 daqiqa bo`lishi, bolalarning mashg`ulot
davomida monitor ekraniga uzlukli (vaqti-vaqti bilan) qarashlari va ularni monitor
ekranidan uzoqroq("sichqoncha" va klaviatura kabellarining to`la uzunligi
masofasida) o`tkazilishi natijasidadir.
Bolalar komp'yuterda 15 daqiqa mustaqil ishlagan hollarda esa relaksatsiya vaqti
5-6 soatdan kam bo`lmasligi kerak.
Yangi materialni o`rgatish uchun komp'yuter ishtirokidagi bevosita dialog
metodi quyidagicha: tarbiyachи bolalarni komp'yuter oldiga o`tqazadi,
material(ma`lumot)ni monitor ekraniga chiqaradi, bolalarning diqqatlarini
ekrandagi materialga qaratadi va sharhlaydi. Bolalar materialni ko`rib, tanishib
olganlaridan keyin tarbiyachi ular bilan dialogga o`tadi [3]. Dialog texnologik
xaritaga kiritilgan reja asosida olib boriladi.
Quyida 5 sonigacha qo`shish va ayirish amallarini o`rgatishga doir dialog
asosida o`tkaziladigan mashg`ulotdan bitta lavha keltiramiz(birinchi etap). Ushbu
mavzuga tegishli mul'timedia vositasi 1-rasmda keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |