8371082 / 36 = 232 530
Oylik hisobda ko’rganimizda shablon bir oyda 232 yarim ming dollar daromad keltirganini ko’ramiz. Bir oyda 232
000 dan oshiq daromad qanchalik darajada yaxshi bo’lishi mumkin?
Keling, real o’ylab ko’ramiz va bu shablonni bir kishi tayyorlamagan, bir studiya, bir guruh odamlar tayyorlagan,
deb hisoblaymiz. Bu shablonni 10 kishidan iborat studiya tayyorlagan bo’lsin va umumiy daromadni studiyaning
har bir a’zosiga bo’laylik:
232 530 / 10 = 23 253
Studiya a’zosining har biri (agar ular 10 ta bo’lsa) 2012-yildan buyon har oyda 23 253 dollardan daromad olgan
ekan. Bunday oylik bilan kun kechirsa bo’ladimi?
Yanada aniqroq xisob uchun bu summadan 10 ming dollarini soliqlar, pulni olishga ketgan xarajatlar va
boshqalar uchun HAR BIR KISHIDAN ajratib olamiz. Natijada studiya a’zolarining har biri bir oyda 13 253
dollardan foyda ko’rgan bo’ladi. Maqola boshida mo’ljalimiz 8 ming dollar edimi? Ha, Avada shablonida bir oz
ko’proq bo’layapti. Men shablonimizni Avada singari mashxur bo’lmay qolishi mumkinligini ham hisobga olgan
edim.
Odatda bunday maqoladan keyin yaxshigina daromad olish usuli haqida o’rgangan har qanday odamda bir
nechta qarshi savollar paydo bo’ladi. Menimcha hozir Sizda “Bu pullarni qaysi yo’l bilan olaman?”,
“O’zbekistonda turib ThemeForestda ishlab topilgan pullarni olish mumkinmi?” degan savollar paydo bo’ldi.
Menda ham huddi shu savollar paydo bo’lganda Envatoga mendan ancha oldin qiziqqan, O’zbekistonda
istiqomat qiluvchi, GraphicRiver bozorida o’z maxsulotlarini Naqqosh niki ostida sotuvchi do’stimizdan so’ragan
edim. U Envatodagi pullarini avval Skrillga o’tkazishini, Skrilldan esa Webmoneyga jo’natishini, shundan so’ng
Webmoneyni naqd qilib olishini hamda bank orqali olishga nisbatan ko’proq foiz yo’qotishini aytgandi. Men
uchun bu usul bir oz chalkash tuyuldi. Fikrimcha, Envatodagi pulni O’zbekistondagi tashqi iqtisodiy faoliyat
banklarida xisob raqam ochtirib, unga bank o’tkazmasi (WIRE) sifatida o’tkazib olish qulayroq. O’zbekistonda
bank orqali dollar hisobida pul olinayotganda qancha miqdorda ushlanmalar bo’ladi yoki necha foiz soliq
to’lanishi haqida hozircha so’rab bilganim yo’q. Ammo bu haqida Sizga istalgan tashqi iqtisodiy faoliyat banki
ma’lumot berishi mumkin. Har qanday holatda Envatoda ishlab topilgan pulni O’zbekistonda turib yechib olish
mumkin.
Xullas, men mana shu usuldagi qonuniy, arzirli va eng muhimi o’zimga juda yoqadigan ish bilan daromad ko’rish
niyatida harakat qilayapman. Albatta, qachondir mening shablonim ham ThemeForest bozorida sotiladi. Men bu
ishni bir o’zim qila olmasligim aniq. Shuning uchun o’zimga kelajakda hamkor bo’la oladigan, WordPress
shablonlari tayyorlash studiyasining haqli a’zosi darajasiga yeta oladigan shogirdlar izlayapman. Balki bu yo’lda
o’zimdan ancha tajribaliroq ustalar bilan ham tanisharman. Ularni tezroq topish, WordPress haqida o’z
bilganlarimni boshqalarga ham o’rgatish, men kabi WordPress shablonlari (yoki boshqa narsalari) tayyorlash
bilan daromad ko’rish niyatida bo’lgan yoshlarga imkoniyat yaratib berish maqsadida WordPresschi.uz saytini
tashkil etdim. Kelajakda bu saytda WordPressning o’zbek tilidagi to’liq qo’llanmasi, darslari va albatta shablonlar
tayyorlash haqidagi maqolalar tayyorlanishi rejalashtirilgan. Agar Sizda ham ThemeForestda shablonlar sotish
orqali daromad ko’rish niyati paydo bo’lgan bo’lsa, bugundan harakatingizni boshlang va WordPress, sayt
tayyorlash hamda dizayn bo’yicha tajribangizni oshirishga harakat qiling.
Ishni nimadan boshlash kerak? Nimlarni o’rganish kerak?
WordPress shablonlarini tayyorlash uchun jamoa bo’lib ishlash kerak bo’ladi. Bunday jamoa kamida 4 vazifadagi
kishidan iborat bo’lishi kerak: dizayner, verstka qiluvchi, web dasturchi va boshqaruvchi. Bu vazifadagi har bir
kishida quyidagi bilim va ko’nikmalar bo’lishi shart:
12.08.2020
Bir oyda 232 000 dollargacha daromad olish sari yo’l - AZAMAT.UZ
https://azamat.uz/bir-oyda-232-000-dollargacha-daromad-olish-sari-yol/
6/9
ingliz tilini yaxshi darajada bilish (asosan o’qib tushunish va yozish);
saytlar dizayni haqida bilish;
ranglar psixologiyasi, umumiy dizayn haqida tushunchaga ega bo’lish;
kamida HTML/CSS ko’nikmalariga to’liq ega bo’lish;
kompyuter va internetda a’lo darajada ishlay olish;
qat’iy qoidalar asosida, belgilangan vaqtda ishlash;
jamoa bilan bir tan-u jon bo’lib harakat qila olish;
jamoaning har bir boshqa a’zosidagi kamchiliklarni yopish.
Jamoadagi har bir kishining o’z ishi bo’ladi. WordPress shablonlarini tayyorlash jarayonida quyidagi vazifada
bo’lgan kishilar mana bu ishlarni bajarishadi:
Dizayner – saytning dizaynini chizadi. Buning uchun u hozirgi zamonaviy saytlar dizayni, tipografiya (shriftlar
mosligi), ranglar va dizayn psixologiyasini yaxshi o’rganib, yetarli tajribaga ega bo’lishi shart. Shablonning
ko’rinishi haridorlarni jalb qilishning birinchi omili hisoblanadi. Shunday ekan, asosiy, birinchi navbatdagi
mas’uliyat dizayner zimmasiga tushadi. Dizayner shablonni Photoshop dasturida chizganligi sababli ushbu
dasturda a’lo darajada ishlay olishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |