12.08.2020
Bir oyda 232 000 dollargacha daromad olish sari yo’l - AZAMAT.UZ
https://azamat.uz/bir-oyda-232-000-dollargacha-daromad-olish-sari-yol/
1/9
Bir oyda 232 000 dollargacha daromad olish sari yo’l
15.07.2015
Sayt
tayyorlash
20,651
Bir qancha vaqtdan buyon shu mavzuga bag’ishlangan ushbu maqolani yozish haqida o’ylab yurgan edim.
Chunki so’nggi bir necha oy davomida o’zimning shaxsiy rejalarim, niyatlarim va harakatlarim ham aynan mana
shu mavzu atrofida aylanib yuribdi. Shaxsan o’zim bir oyda 232 ming dollargacha foyda ko’rishni xohlayman va
bugungi kunda ma’lum talablarni qanoatlantirgan holda bu miqdordagi pulni ishlab topish ertak emas, 100%
haqiqatga to’g’ri keladigan reja ekanligidan juda xursandman.
Men
ThemeForest
saytida WordPress shablonlarini sotish orqali pul ishlab topish to’g’risida yozmoqchiman.
Envato
bozorining hozirgi eng yaxshi sotilayotgan shablonlari ko’rsatkichiga qaraganda ushbu platformada bir
oyda 232 000 AQSh dollari miqdorigacha bo’lgan pulni ishlab topish mumkin ekan. Mening bu bozorda
sotiladigan maxsulotlarim bu qadar muvaffaqiyatga erisha olmay, o’rta darajadagi maxsulot sifatida sotilib, bir
oyda 8 000 dollargacha foyda keltirsa ham, bu usulda pul ishlab topish men uchun hozirga qadar eng yaxshi
faoliyat bo’lib hisoblangan bo’lardi. Agar Sizning hozirgi daromadingiz bir oyda 8 ming dollardan ko’proq bo’lsa,
ushbu maqolaning davomini o’qib vaqtingizni bekorga sarflamang. Chunki bu maqolada aytiladigan usul bilan
Sizga o’rta xisobda faqat shu miqdorgacha kafolatlangan daromad olish yo’lini o’rgata olaman. Men kabi bu
usulda yaxshi daromad olishni niyat qilganlar bilan esa keyingi masalalar haqida fikrlashamiz.
Bilaman, maqolalarimning birida (to’g’rirog’i bir maqolaning ma’lum bir qismida) bu to’g’risida qisqacha
yozgandim. Ammo hozirgi yozayotganlarim avvalgi maqolada boshlab qo’yilgan fikrning to’liqroq ifodasi
bo’ladi. Envato bozori va ThemeForest shablonlar bozori ko’pchiligimiz uchun notanish bo’lishi mumkin. Shuni
hisobga olgan holda barchasini eng sodda tushunchalardan boshlab yozaman.
Envato bozori bugungi kunda elektron maxsulotlarni sotishning internetdagi eng katta maydoni hisoblanib,
dunyo bo’ylab minglab iqtidorli kishilar o’zlari tayyorlagan elektron maxsulotlarni shu yerda sotishadi va
millionlab haridorlar eng sifatli, eng sara, eng chiroyli maxsulotlarni tanlab harid qilishadi. Hozirgi vaqtda Envato
bir necha maxsus yo’nalishga ixtisoslashgan savdo maydonlarini birlashtirib turuvchi katta bozor hisoblanadi.
Internetda pul ishlash Sayt tayyorlash Ingliz tili grammatikasi Ingliz tili Laravel Qanday qilib IELTS Barchasini ko'rish
12.08.2020
Bir oyda 232 000 dollargacha daromad olish sari yo’l - AZAMAT.UZ
https://azamat.uz/bir-oyda-232-000-dollargacha-daromad-olish-sari-yol/
2/9
Envato bozorining o’zi bir necha yo’nalishli bozorchalarga bo’linadi. Envato tarkibiga kiruvchi bozorchalarning
to’liq ro’yxatini Envato Market sahifasida ko’rishingiz mumkin. Envato tarkibiga kiruvchi ba’zi bozorlar bilan
tanishtiraman:
ThemeForest
– ingliz tilida “Shablon o’rmoni” degan ma’noni anglatuvchi bu nomga ega bo’lgan bozorda turli
tizimlar uchun shablonlar sotiladi. Unda WordPress, Joomla, Drupal va hokazolar uchun shablonlarni sotishingiz
yoki harid qilishingiz mumkin. Bundan tashqari bu bozorda shablonga oid boshqa narsalar: sayt shablonlari
chizilgan Photoshop fayllari, turli HTML ko’rinishlar, ko’pchilik mashxur skriptlar uchun stillar va hokazolar
sotiladi.
Mening qiziqishim va rejalarim WordPress shablonlari bilan bog’liq bo’lganligi sababli ThemeForestga ko’proq
qiziqaman. Bu yerda men va Siz kabi oddiy odamlar hayratlanarli miqdordagi pulni bir necha kun yoki haftada
ishlab topishayapti.
CodeCanyon
– turli skriptlar, plaginlar, modullar va CMSlar uchun qo’chimcha imkoniyat taqdim etuvchi
dasturlar sotish bozori. Bu bozor faqat kod sotishga ixtisoslashgan. Agar yaxshi dasturchi bo’lsangiz, o’zingizning
yozgan kodlaringizni ushbu bozorda sotishingiz mumkin.
VideoHive
– bu bozorda video va videoga bog’liq maxsulotlar sotiladi. Video montajga qiziqasizmi? Video
kamerada sifatli video roliklar tushira olasizmi? Video ustasimisiz? Unda bu bozor aynan Siz uchun. O’zim video
montajga juda yaxshi tushunmayman, ammo VideoHiveda yaxshi roliklar, video proyektlar sotilishini
ko’rganman.
AudioJungle
– ingliz tilidan “Audio Changalzori” deb tarjima qilinishidan ham bilsa bo’ladiki, bu bozorda audio
maxsulotlar sotiladi. Bu yerda turli ovozlar, musiqalar, skitlar, parchalar va boshqa audio va audio montajga oid
fayllar sotiladi. Bu turdagi fayllar nima uchun ishlatilishini ovoz yozish studiyasida ishlaydiganlar yoki ovoz
montajiga qiziquvchilar mendan yaxshiroq tushunishadi. AudioJungleda ham savdolar juda yaxshi. Saytga
o’zingiz kirib, guvoh bo’lishingiz mumkin.
GraphicRiver
– “Gravika Daryosi”. Bu bozorda kompyuterda tayyorlangan grafika sotiladi. Eng sara logo
dizaynlar, vizitka kartochkalari dizaynlari, flayerlar, afishalar dizaynlari va hatto telefon interfeyslari dizaynlari ham
shu yerda sotiladi. Agar Siz Photoshop va Illustrator dasturlarida juda yaxshi ishlay olsangiz, bu bozor Sizning
maxsulotlaringiz uchun eng yaxshi joy!
PhotoDune
– yuqori sifatli fotosuratlar bozori. Bu yerda turli manzaralar, narsa-buyumlar, odamlar va
hayvonlarning fotosuratlarini topishingiz mumkin. Professional fotosuratchilar bu yerda juda yaxshi pul ishlab
topishsa bo’ladi.
3dOcean
– 3D va unga aloqador turli fayllar savdosi. Menimcha 3D proyektlar bir necha dasturlarda tayyorlanadi
ammo tahminimcha eng ko’pi ishlatiladigani 3D Max dasturi. 3D okeanida ham shu turdagi dasturlar proyektlari,
turli grafikalar va tayyor 3D loyihalar sotiladi.
Activeden
– Flash va Unity 3D fayllari sotiladigan bozor. Bu yerda turli yo’nalishdagi Flash va Unity fayllarini
sotishingiz yoki harid qilishingiz mumkin.
Envato tarkibiga kiruvchi yuqorida aytib o’tilganidek bozorlarda o’z yo’nalishiga mos fayllar har kuni millionlab
dollar aylanma bilan sotiladi. Envato o’z maxsulotlari va platformasini internetda juda yaxshi reklama qila olgan
va shuning uchun ham ushbu bozorning mijozlari juda ko’p. Bu yetarlicha iqtidorga ega bo’lgan, o’z yo’nalishiga
mos bozorda o’zining sifatli maxsulotlarini sotayotgan mualliflar uchun ayni muddao! Shunchaki o’zingizga mos
bozorni tanlang, eng sara fayllaringizni yuklang va kunlik savdolardan olgan daromadingizni sanang!
Yuqorida aytib o’tganimdek, mening qiziqishim – WordPress shablonlari. ThemeForest bozori boshqa tizimlar
shablonlari bilan bir qatorda asosan WordPress shablonlari savdosi bilan shug’ullanishini hisobga olgan holda
bundan keyingi yozadiganlarim ThemeForestda WordPress shablonlarini sotish bilan pul ishlash haqida bo’ladi.
12.08.2020
Bir oyda 232 000 dollargacha daromad olish sari yo’l - AZAMAT.UZ
https://azamat.uz/bir-oyda-232-000-dollargacha-daromad-olish-sari-yol/
3/9
Boshlanishiga bizdan ancha oldin ThemeForest bozoriga kirgan, o’z maxsulotlarini muvaffaqiyatli sotayotgan va
yaxshigina foyda ko’rayotgan akalarimizning tajribalarini o’rganamiz Avval ThemeForest interfeysi bilan bir oz
tanishaylik:
ThemeForest.net
saytiga kirganimizda asosiy menyuda WordPress, HTML, CMS va hokazolar kabi bir necha
bo’limlar ko’rsatiladi. Biz WordPress bo’limini tanlaymiz va asosiy qismda hozirgi vaqtda sotuvda bo’lgan
WordPress shablonlari, ularning narxlari, shu vaqtga qadar nechta sotilganligi va hokazo ma’lumotlarni ko’ramiz.
Yuqoridagi rasmda ro’yxat uchun men maxsulotlarni “Eng ko’p sotilganlik bo’yicha” ko’rsatganman. Siz birinchi
marta saytga kirganingizda maxsulotlar yangiligiga ko’ra tartibda ko’rsatilgan bo’ladi. Ehtimol, eng yangilari
birorta ham sotilmagan bo’lishi mumkin.
Siz yuqorida ko’rib turgan shablonlar ro’yxatining eng birinchi o’rnida turgan, hozirga qadar ThemeForestda eng
ko’p nusxada sotilgan
Avada
shabloniga e’tiboringizni qarating. Shablon narxi 58 dollar va hozirga qadar 144325
dona sotilgan. Uning to’liq ma’lumotlarini ko’rish uchun tema yorlig’i yoki nomi ustiga bosamiz. Natijada
quyidagi ko’rinish ochiladi:
12.08.2020
Bir oyda 232 000 dollargacha daromad olish sari yo’l - AZAMAT.UZ
https://azamat.uz/bir-oyda-232-000-dollargacha-daromad-olish-sari-yol/
4/9
Ko’rinishdagi qizil bilan belgilangan ma’lumotlardan quyidagilarni bilib olamiz: Avada shabloni ThemeForestda
bir dona nusxasi 58 dollardan sotilayapti va yuqoridagi rasm tushirilganga qadar uning 144329 dona nusxasi
sotilgan (ehtimol Siz ushbu maqolani o’qiguningizcha bundan ham ko’proq nusxalar sotilar). Avada shabloni
birinchi marta ThemeForest bozoriga 2012-yilning 16-avgust kuni yuklangan (sotila boshlangan). Endi
shablonning umumiy daromadini hisoblaymiz:
Hozirga qadar 144329 dona sotilgan 58 dollar qiymatga ega shablon: