Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 9-sinf oʻquvchilarini
yakuniy davlat
attestatsiyasi o‘tkazish bo‘yicha metodik tavsiya va materiallarni tijoriy maqsadda
kоʻpaytirib tarqatish ta’qiqlanadi.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari metodbirlashmalari bosqichli nazorat
imtihoni materiallariga 15-20% gacha оʻzgartirishlar kiritishi mumkin.
Tuzuvchi:
D. Xidoyatova - Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti
universitetining pedagogika bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Taqrizchi:
M.Yusupova -Toshkent shahar M.Ulug‘bek tumanidagi PMTIDUM oʻzbek tili
fani oʻqituvchisi.
F.Rahmatova -Toshkent shahar M.Ulug‘bek tumanidagi PMTIDUM oʻzbek tili
fani oʻqituvchisi.
OʻZBEK TILI
9-SINF
Ta’lim boshqa tillarda olib boriladigan maktablarning 9-sinf oʻquvchilari
oʻzbek tilida oʻz fikrini ogʻzaki va yozma tarzda aniq
va tushunarli bayon qila
olishi, oʻzaro muloqotda muomala madaniyatiga amal qilgan holda oʻz
pozitsiyasini himoya qilishi, jamoaviy hamkorlikda ishlay olishi, mavjud axborot
manbalaridan
foydalana olishi; ish qogʻozlari bilan ishlay olishi; badiiy va san‘at
asarlarini tushunib, ulardan ta‘sirlana olishi; milliy va umuminsoniy qadriyatlarga
hurmat bilan munosabatda boʻlishi; oʻrganilgan grammatik bilimlarga tayangan
holda oʻzbek tilidagi mustaqil va yordamchi soʻz turkumlari,
grammatik
vositalarning soʻzlarga qoʻshilishi bilan bogʻliq imlo qoidalarini bilish va amal
qilishi; soʻzlarni oʻzaro bogʻlash vositalari, soʻz birikmasi, gap va gap boʻlaklari
haqida ma’lumotga ega boʻlishi; oʻzbek xalq ogʻzaki ijodi namunalaridan: tez
aytish, topishmoq, maqol, masal, rivoyatlarni, oʻrganilgan mavzu boʻyicha oʻzbek
adabiyoti namunalaridan berilgan parchalarni oʻqib, soʻzlab berishi, she‘rlarni
ifodali oʻqishi
va yoddan aytishi; oʻzbek xalqining tarixiy, madaniy hayotiga oid
lavhalarni, oʻzbek allomalari,
olimlari, madaniyat ravnaqiga hissa qoʻshgan
insonlar haqida ma’lumotga ega boʻlishi; oʻzbek tilidagi muomala odobi, murojaat
shakllarini, shuningdek, oʻzbek tilida xabarlar, xatlar yozish qoidalarini amalda
qoʻllay olishi kerak boʻladi. Shunga koʻra, oʻzbek tili fanidan imtihon materiallari
davlat ta’lim standarti va oʻquv dasturida belgilangan
materiallar asosida
tayyorlandi. Imtihon biletlari 3 ta savoldan iborat boʻlib, 1-savol 9-sinf darsligida
berilgan nutqiy mavzular boʻyicha tuzilgan. Oʻquvchi matnni oʻqib mazmunini
soʻzlab berishi hamda matn yuzasidan berilgan savollarga javob berishi, savol
tuzishi lozim. Oʻqituvchi darslikda adabiy oʻqish
uchun tavsiya etilgan matnlar,
she’rlar, mustaqil tanlangan matnlardan parchalarni oldindan tayyorlab qoʻyadi.
Oʻquvchi matnni oʻzi bilgan qoʻshimcha maֹ’lumotlar bilan toʻldirishi ham
mumkin. 2-savol grammatik topshiriq boʻlib, bunda oʻquvchi oʻrganilgan leksik va
grammatik materiallar asosida berilgan topshiriqni bajaradi. Ya’ni nuqtalar oʻrnini
kerakli qoʻshimchalar, soʻzlar bilan toʻldirishi; soʻzlarni boʻgʻinlarga ajratishi,
berilgan matndagi tushirib qoldirilgan tinish belgilarini oʻrinli qoʻllashi, soʻzlarni
oʻz oʻrnida qoʻllab gaplar hosil qilishi talab etiladi. 3-savol erkin mavzuda suhbat
tarzida boʻlib, savollar oʻquvchilarning kundalik hayotida zarur boʻlgan soʻzlashuv
mavzulari boʻyicha tuzilgan. Oʻquvchi berilgan savollar asosida oʻz fikrini
bogʻlanishli bayon etadi yoki she’rni yoddan ifodali aytib,
mazmunini qisqacha
izohlaydi. Jumladan, Ustozingizga ta’rif bering, qanday kitoblarni oʻqishni yaxshi
koʻrasiz?, Oʻzbekistonning mashhur sportchilaridan kimlarni bilasiz?, tejamkorlik
deganda nimani tushunasiz? kabi mavzular orqali oʻquvchi ustoziga, kitob
oʻqishga, sportga va h.k. boʻlgan munosabati va kelgusi
rejalari haqidagi fikrlari
bilan oʻrtoqlashishi mumkin. Oʻquvchilarga topshiriqlar boʻyicha tayyorlanish
uchun 15-20 daqiqa vaqt beriladi.