Мавзу: Кириш



Download 0,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/42
Sana11.07.2022
Hajmi0,87 Mb.
#777824
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Bog'liq
fayl 1845 20210917

 Nazorat savollari: 
1.1. Qadimgi turkiy adabiyot atamasi qaysi davrlarni o‘z ichiga oladi? 
1.2. Islomgacha bo‘lgan davr adabiyotini o‘rganishdan maqsad nimalardan 
iborat? 
1.3. Qadimgi turkiy adabiyotning manbalari haqida nimalarni bilasiz? 



2-asosiy masala bo‘yicha darsning maqsadi: 
Talabalarga adabiy 
davrlashtirish haqida ma’lumot berish orqali adabiy hodisalarga tarixiy nuqtai 
nazardan baho berishga o‘rgatadi.
Identiv o‘quv maqsadlari: 
2.1. Talabalar adabiy davrlashtirish haqida ma’lumot oladi. 
2.2. Davrlashtirishning adabiyot ilmidagi zarurat ekanligini biladi.
2.3. Davrlashtirishning tarix bilan aloqadorligiga amin bo‘ladi.
2-asosiy savolning bayoni: 
Turkiy adabiyot tarixini tadrijiy tarixiy jarayon tarzida tasavvur etish uchun 
davrlashtirish taqozo etiladi. Buning uchun turkiy adabiyot tarixini turkiylarning 
ijtimoiy-siyosiy tarixi, ijtimoiy, madaniy taraqqiyoti bosqichlari asosida 
davrlashtirish maqbuldir. Darhaqiqat, adabiyot tarixi xalq tarixining ajralmas bir 
qismidir. Badiiy adabiyotning taraqqiyoti jamiyatning umumiy taraqqiyoti bilan 
uzviy ravishda bog‘liqdir.
Sho‘ro davrida milliy adabiyotni davrlashtirish muammosiga ham sog‘lom 
tafakkur nuqtai nazardan yondoshilmay, adabiyotning san’at va estetik hodisa 
ekanligi hisobga olinmadi. Shuning uchun ham adabiyotning taraqqiyoti to‘lig‘icha 
jamiyat tarixidagi davrlarga mos keladigan bosqichlardan iborat deb qaraldi. 
Adabiy shaxslarga munosabat, badiiy matnlar tahlili va talqini bobida ham sinfiy-
partiyaviy yondoshuv ustuvor bo‘ldi. Bu nosog‘lom va g‘ayriilmiy yondoshuvlarni 
bartaraf etish, bo‘lajak filologlarning adabiyotshunoslikdagi eng so‘nggi va 
sog‘lom ilmiy qarashlardan xabardorligini ta’minlash uchun ham adabiyot tarixiga 
yangicha yondoshish ehtiyoji paydo bo‘ldi. 
O‘zbek adabiyoti tarixini davrlashtirish uchun mezon sifatida ma’lum bir 
adabiy-tarixiy jarayonni asos qilib olish maqsadga muvofiq. Masalan, islomgacha 
bo‘lgan davrdagi adabiy jarayon islom davridagi adabiyotdan ham mazmunan, 
ham paydo bo‘lish jihatidan farq qiladi. Islomgacha bo‘lgan davrdagi adabiyot 
shomonlik, buddaviylik, moniylik diniy oqimlarisiz rivojlanishi mumkin emas edi. 
Qolaversa, islomdan oldingi adabiy yodgorliklarga tom ma’nodagi yozma adabiyot 
sifatida qaralmadi. Bu davrdagi adabiy yodgorliklarning o‘ziga xos mezonlari 



borligi va ana shu mezonlar davrlashtirishning asosi bo‘lishi kerakligi bugungi 
kunda ma’lum. 
Badiiy tafakkur tushunchasi diniy oqimlar, xudolar, mifologik qahramonlar, 
tarixiy shaxslar to‘g‘risidagi mif va afsonalarni qamrab olib, mazkur omillar 
qadimgi turkiy adabiyotning yuzaga kelishiga zamin bo‘ldi. Qadimgi turkiy 
adabiyot borasida so‘z ketganda, odatda aksariyat hollarda O‘rxun-Enasoy 
yozuvidagi yodgorliklar tilga olinadi. Lekin qadimgi turkiy adabiyot faqat shu 
yodgorliklar bilan cheklangan emas. O‘rxun-Enasoy yodgorliklari qadimgi turkiy 
adabiyotning bir qatlami xolos. O‘rta Osiyoda faol harakatda bo‘lgan shomonlik, 
moniylik, budda kabi diniy oqimlar ham alohida-alohida oqimdagi turkiy 
adabiyotni shakllantirdi. Shu boisdan endilikda qadimgi turkiy adabiyotga kengroq 
qarash maqsadga muvofiqdir. Demak, qadimgi turkiy adabiyot shakllanishida 
turkiy qavmlar e’tiqod qilgan diniy oqimlar ham katta rol o‘ynagani shubhasiz. 
Shunday ekan, yuqoridagilardan kelib chiqib, qadimgi turkiy adabiyotni 
quyidagicha tasnif qilib o‘rganish mumkin:
1.
Moniylik oqimidagi qadimgi turkiy adabiyot. 
2.
Shomonlik oqimidagi qadimgi turkiy adabiyot. 
3.
Buddaviylik oqimidagi qadimgi turkiy adabiyot. 
Moniylik, shomonlik, buddaviylik diniy oqimlarining Markaziy Osiyoda
paydo bo‘lish tarixi turlichadir. Xususan, shomonlik Markaziy Osiyoda azaldan 
mavjud bo‘lgan bo‘lsa, buddaviylik diniy oqim sifatida milodning boshlarida kirib 
kela boshladi. Moniylik oqimining kirib kelishida ham o‘ziga xos omillar mavjud. 
Shu tariqa bu oqimlardagi adabiyotning har birini qadimgi turkiy adabiyotning 
alohida-alohida ko‘rinishlari sifatida baholash lozim. 
Xullas, turkiylarga aloqador yozma adabiyotning shakllanishi uzoq 
o‘tmishga borib taqaladi. Hozircha bizga ma’lum bo‘lgan turkiy yozma adabiyot 
namunalari turkiylar e’tiqod qilgan diniy oqimlar ta’sirida vujudga kelgan va ular 
VI-VIII asrlarga mansub deb qaraladi.

Download 0,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish