2-mavzu. Hujayrani o’rganish usullari



Download 327,79 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/8
Sana11.07.2022
Hajmi327,79 Kb.
#777285
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2.Maruza

Mikrokinos’yomka metodi 
Tirik ob’ektlar tadqiq qilinayotganda tuzilmalarni mikrokinos’yomka, ya’ni 
mikroskop ostida suratga olish alohida o‘rin tutadi. Bu usul hujayrada ketayotgan 
jarayonlarni normal, sekinlashgan, tezlashgan holda kinoga olishga imkon beradi. 
Buning uchun Seytraffer qurilmasidan foydalaniladi. U xoxlagan intervallarda 
suratga olish (kadrlar qilish) uchun xizmat qiladi, masalan, hujayralarning bo‘linishi 
juda tez sodir bo‘lishi mumkin, bu holda odatdagiga nisbatan tezroq olinsa (kadrlar 
ko‘proq qilinsa), ekranda bu jarayon sekinroq o‘tadi, natijada normal sharoitda 
payqamay qolinadigan holatlarni yaxshiroq kuzatish mumkin bo‘ladi. Aksincha, uzoq 
davom etadigan jarayonlar(masalan, gulning ochilishi kabi) ni ekranda qisqa 
muddatda kuzatish uchun kinoga olinayotganda kamroq kadrlar qilinadi. Masalan, 1 
minutda 1ta kadr va hokazo. Natijada odatiy holda 10 soat ketadigan jarayon ekranda 
5-6 minutda kuzatilishi mumkin Bu metod hujayra va organizmda bo‘layotgan 
jarayonlarni faqat kuzatish usuligina emas, balki ularni hujjatlashtirish metodi hamdir 
Mikroxirurgiya metodi Sitologlar birinchi mikrooperatsiyani hayvonlar
organizmi ustida o‘tkazdilar, bunda ular lupa va preparoval ignadan foydalandilar 
holos.Mikrooperatsiyalar 
alohida hujayralarda yoki to‘qimalarda maxsus 


mikromanipulyator deb ataluvchi asbob ishlab chiqilgach o‘tkazila boshlandi. 1901 
yilda Sxouten Gollandiyada, 1904 yilda Barber AQSh da bir-biridan bexabar 
dastlabki mikromanipulyatorni yaratishdi. 1912 yilda Chaxotin, 1918 yilda 
Chemberson, 
1920 
yilda 
Peterfi, 
Teylor 
va 
1949 
yilda 
Fonbryunlar 
mikromanipulyatorlarni yangi, qulay modellarini yaratdilar (8 rasm). Oxirgi vaqtlarda 
televizion, ossiloskopli, elektron moslamali, kompyuterli mikromanipulyatorlar 
ishlab chiqarilib, qilinayotgan mikrooperatsiyalar tele-yoki kompyuter ekranlarida 
ko‘rinib turadi. Mikroxirurgik operatsiya o‘tkaziladigan ob’ektni maxsus ishlab 
chiqilgan qandaydir muhit-fiziologik eritma, vazelin yog‘i, qon plazmasi yoki 
zardobi quyilgan oynali kameraga joylashtiriladi. Oddiy osma tomchidagi xo‘jayra 
yopqich oynaga yopishishi uchun mikroso‘rg‘ich orqali ortiqcha suv so‘rib olinadi. 
Ba’zan tomchi tomiziladigan joyga jelatina yoki agar –agarni 1-2 % li eritmasi 
surtiladi, unga hujayra ancha mustahkam o‘rnashadi va mikrooperatsiyani 
o‘tkazishga qulaylik paydo bo‘ladi. Bu metod to‘qima yoki mikroorganizmlar 
hujayralarini ajratish va yangi muhitga o‘tkazishda keng qo‘llaniladi. Bunday 
operatsiyalar shisha naychadan qilingan mikroso‘rg‘ich yoki mikroilmoqchalar 
yordamida amalga oshiriladi. Bu metod dastlab Teylor va Farber (1924)lar tomonidan 
Euplotes kiprikli infuzoriya mikronukleusini ajratib olish va uni boshqa individga 
joylashda ishlatilgan edi. Bir amyobadan yadrosini olib boshqasiga ko‘chirish 
(transplantatsiya) dastlab (1914) Barber tomonidan, keyinchalik ko‘pchilik 
tabiatshunoslar tomonidan amalga oshirildi. Komandon va Fonbryun (1939) taklif 
qilgan metodga asosan yadrolar ko‘chirib o‘tqaziladigan ikkita hujayra ilmoqcha 
yordamida bir joyda ushlab turiladi, egilgan mikroso‘rg‘ich orqali yadro bir 
hujayradan ikkinchisiga itarib kirgiziladi(9 rasm). Shu usul bilan Danielli (1960) o‘z 
shogirdlari bilan yadro va sitoplazmaning irsiyatdagi rolini aniqlash maqsadida 
amyobalarda geterotransplantatsiya (har xil yadrolarni ko‘chirib o‘tqazish) ni 
amalga oshirdi. Buni amfibiylarda ham amalga oshirildi Ko‘chirib o‘tqazilgan 
qismlarning irsiyatdagi rolini va keyingi taqdirini kuzatish uchun to‘qimalar kulturasi 
eng qulay usul hisoblanadi. Bu operatsiyalar yadro va sitoplazmani hujayra 


hayotidagi rolini o‘rganishga, ularning irsiy belgilarni tashishdagi rolini bilishga 
yordam beradi.

Download 327,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish