Loyiha matni 49901-(61999)


-modda. Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning shoʻba korxonalari



Download 4,67 Kb.
Pdf ko'rish
bet190/214
Sana11.07.2022
Hajmi4,67 Kb.
#777269
TuriКодекс
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   214
Bog'liq
Loyiha matni - 49901-(61999)

358-modda. Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning shoʻba korxonalari,
filiallari, vakolatxonalari va boshqa alohida boʻlinmalari
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona Oʻzbekiston Respublikasi hududida yuridik shaxs
huquqiga ega boʻlgan shoʻba korxonalar, filiallar, shuningdek yuridik shaxs boʻlmagan vakolatxonalar va
boshqa alohida boʻlinmalar tashkil etishi mumkin.
359-modda. Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning xoʻjalik birlashmalari
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar Oʻzbekiston Respublikasi hududida ixtiyoriy
asosda uyushmalar va boshqa xoʻjalik birlashmalarini tashkil etishi, shuningdek amaldagi xoʻjalik
birlashmalariga teng huquqli aʼzo sifatida kirishi mumkin.


project.gov.uz
06.06.2022
179
360-modda. Chet ellik investorlarning xoʻjalik faoliyati
Chet ellik investorlarning xoʻjalik faoliyati, shu jumladan chet el investitsiyalari ishtirokidagi
korxonalarni, ularning shoʻba korxonalarini, filiallarini hamda boshqa tuzilmalarini, shuningdek xoʻjalik
uyushmalari va birlashmalarini tashkil etishga, sotishga, qayta tashkil etishga yoki tugatishga, chet el
investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning fondlarini shakllantirishga, ijara shartnomalarini va boshqa
shartnomalarni tuzishga doir xoʻjalik faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi va xalqaro
shartnomalari bilan tartibga solinadi.
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar soliqlar va toʻlovlar toʻlaydi.
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning chet el valyutasidagi barcha xarajatlari
ularning oʻz valyuta tushumlari, shuningdek chet el valyutasini olishning qonunchilikda ruxsat etilgan
boshqa manbalari hisobidan taʼminlanishi kerak. Ularning oʻzini-oʻzi valyuta bilan qoplashi tashkil
etiladigan birlashmalar va boshqa tashkiliy tuzilmalar faoliyati doirasida ham taʼminlanishi mumkin.
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar eksport-import operatsiyalarini qonunchilik
talablariga rioya etgan holda mustaqil ravishda amalga oshiradi. Shaxsiy ishlab chiqarish
mahsulotlarining eksporti litsenziyalanmaydi va kvotalanmaydi.
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun mahsulotni
Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq litsenziyasiz import qilishga haqli. Eksport uchun
yetkazib berilayotgan shaxsiy ishlab chiqarish mahsulotini va korxonalar tomonidan oʻz ehtiyojlari uchun
import qilinayotgan mahsulotni aniqlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan
belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasiga chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar tomonidan oʻz ishlab
chiqarish ehtiyojlari uchun olib kirilayotgan mol-mulk ular davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan
eʼtiboran ikki yil mobaynida bojxona bojini undirishdan qonunchilikda belgilangan tartibda ozod etiladi.
Chet ellik investorlarning, chet davlatlar fuqarolarining va Oʻzbekiston Respublikasi hududidan
tashqarida doimiy yashovchi, chet ellik investorlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalariga muvofiq
Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlib turgan fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning shaxsiy ehtiyojlari
uchun olib kiriladigan mol-mulkdan bojxona boji undirilmaydi.
Ixtirolarni va sanoat namunalarini investitsiyalar sifatida kirituvchi chet ellik investorlarga
hamda chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga tegishli boʻlgan ixtirolarni patentlash hamda
sanoat namunalarini joriy etish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar korxona fondlarining roʻyxatini, ularni tuzish va
ulardan foydalanish tartibini mustaqil ravishda belgilaydi.
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yer
uchastkasini yuz yilga qadar, biroq investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun arizada
koʻrsatilganidan kam boʻlmagan uzoq muddatli ijaraga olish huquqiga ega.
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda va
shartlar asosida yer uchastkalarini olishi mumkin.
Qurilishga va inshootlarga boʻlgan mulk huquqi ushbu obyektlar bilan birga boshqa shaxsga
oʻtganda yer uchastkalariga boʻlgan huquqlar ham qonunchilikda belgilanadigan tartibda va shartlar
asosida boshqa shaxsga oʻtadi.



Download 4,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish