project.gov.uz
06.06.2022
105
qonunchilik hujjatlariga muvofiq koʻrib chiqiladi.
Tadbirkorlik subyekti tekshiruv yakunlangan kundan oʻn kun mobaynida tekshiruv natijalari
dalolatnomasi boʻyicha oʻzining yozma tushuntirish yoki eʼtirozlarini qoʻshimcha ravishda taqdim
etishga haqli. Tekshiruv materiallari tadbirkorlik subyektining rahbari yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxs
hamda yakka tartibdagi tadbirkor ishtirokida koʻrib chiqiladi. Nazorat qiluvchi organ tekshiruv
materiallarini koʻrib chiqish sanasi, vaqti va joyi toʻgʻrisida tadbirkorlik subyektini belgilangan tartibda
koʻrib chiqishdan kamida ikki ish kuni oldin xabardor qiladi.
Agar tadbirkorlik subyekti tekshiruv materiallarini koʻrib chiqishga uzrli sabablarga koʻra kela
olmasligi toʻgʻrisida nazorat qiluvchi organini xabardor qilgan boʻlsa, nazorat qiluvchi organning rahbari
yoki rahbar oʻrinbosari tekshiruv materiallarini koʻrib chiqishni uch ish kunidan koʻp boʻlmagan
muddatga kechiktirish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi, bu haqda tadbirkorlik subyekti xabardor qilinadi.
Agar tadbirkorlik subyekti takroriy xabarnomaga qaramasdan tekshiruv materiallarini koʻrib chiqishga
kelmasa, mazkur materiallar, shu jumladan tadbirkorlik subyekti tomonidan taqdim etilgan tushuntirishlar
va eʼtirozlar, uning ishtirokisiz koʻrib chiqiladi.
Tekshiruv materiallari koʻrib chiqilayotganda qonunchilik hujjatlari buzilganligi alomatlari
mavjudligi, qoʻllanilayotgan huquqiy taʼsir choralarning miqdori va xususiyati, sodir etilgan
huquqbuzarlik uchun javobgarlikni yengillashtiruvchi yoki ogʻirlashtiruvchi holatlar, maʼmuriy
huquqbuzarlik yoki jinoyat alomatlarining mavjudligi, shuningdek tekshiruv materiallarini koʻrib chiqish
uchun ahamiyatga molik boshqa holatlar aniqlanadi.
Tekshiruv materiallari koʻrib chiqilayotganda bayonnoma yuritilib, unda quyidagilar koʻrsatiladi:
tekshiruv materiallarini koʻrib chiqish sanasi va joyi;
tekshiruv materiallarini koʻrib chiqayotgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi,
shuningdek lavozimi;
tekshiruv materiallarini koʻrib chiqishda ishtirok etuvchi shaxslarning hozir boʻlganligiga oid
maʼlumotlar;
koʻrib chiqilayotgan tekshiruv materiallari;
tekshiruv materiallarini koʻrib chiqishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari,
iltimosnomalari va ularni koʻrib chiqish natijalari;
tekshiruv materiallarini koʻrib chiqishda oʻrganilgan hujjatlar;
tekshiruv materiallarini koʻrib chiqish jarayoni haqidagi boshqa maʼlumotlar.
Tekshiruv materiallarini koʻrib chiqish bayonnomasi tekshiruv materiallarini koʻrib chiqqan
mansabdor shaxs, shuningdek ularni koʻrib chiqishda ishtirok etgan boshqa shaxslar tomonidan
imzolanadi.
Bayonnomaning nusxasi tadbirkorlik subyektining rahbari yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxs
hamda yakka tartibdagi tadbirkorga topshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: