Modda va uning xossalari


Aralashmalarni turli fizik usullar bilan tarkibiy qismlarga ajratish



Download 156,31 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana11.07.2022
Hajmi156,31 Kb.
#776281
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Modda va uning xossalari

Aralashmalarni turli fizik usullar bilan tarkibiy qismlarga ajratish. 
Bir jinsli bo’lmagan (geterogen) aralashmalarni tarkibiy qismlarga ajratish. 
1. Tindirish. Bu usul zichligi suyuqlik zichligidan katta bo‘lgan qattiq moddalarni suyuqlikdan
ajratishga imkon beradi. Masalan: loyqa suv (qum va suv). 
2. Filtrlash. Cho'kmaydigan qattiq moddalarni suyuqlikdan ajratishda qo‘llaniladi. Masalan: suvni
tozalashda filtrlanadi. Filtrda qolgan modda qoldiq deyiladi. Filtrdan o‘tgan tiniq eritma filtrat deyiladi. 
3. Dekantatsiya. Aralashmani zichligi asosida tarkibiy qismga ajratish. Masalan: yog‘och qipig'ini
suv yordamida temir qirindisidan ajratish (yog‘och qipig'i va temir qirindisi), tuproqdagi qumni suv 
yordamida gildan ajratish (gil va qum), neftni suvdan ajratish (neft va suv).
4. Magnit yordamida moddalarni ajratish. Bu usul moddalarning magnitga tortilishiga asoslangan. 
Masalan: temir va oltingugurt kukuni aralashmasi (temir va oltingugurt), yog‘och qipig'i va temir
qirindisi aralashmasi (yog‘och qipig'i va temir qirindisi).
5. Flotatsiya. Bu usul aralashmadagi moddalarning suv bilan ho‘llanishi turlicha bo‘lishiga
asoslangan. Masalan: temir va oltingugurt kukuni aralashmasi (Oltingugurt suvdan deyarli ikki marta
og‘ir bo‘lishiga qaramay, u suvda yomon ho'llanadigan bo'lgani uchun suv ustida suzib qoladi). 
Bir jinsli (gomogen) aralashmalarni tarkibiy qismlarga ajratish. 
1. Bug‘latish. Eritmadagi erigan moddani ajratib olish uchun qaynatish yo‘li bilan
erituvchini bug’ holida chiqarib yuborish. Masalan: tuz eritmasi (tuli suv
tuz).
2. Kristallash. Eritmani qisman bug'latish yo‘li bilan uning konsentratsiyasi oshiriladi, so'ngra 
sovitiladi. Bunda erigan modda kristallar holida ajralib chiqadi.
3. Distillash (haydash). Aralashmadagi osonroq qaynaydigan moddani bug‘latib, uning bug‘i
sovitgich orqali o'tkazilsa, bug’ kondensatlanib, qaytadan suyuqlikka aylanadi. Masalan: distillangan
suv shu usul bilan olinadi, tuz eritmasi (tuli suv
suv), neftni haydash (neft
benzin, kerosin). 
4. Xromatografiya. Bu usul eritmadagi yoki gazlar aralashmasidagi moddalaming boshqa modda
sirtiga har xil tezlik bilan yutilish xossasiga asoslangan aniqlash va ajratish usuli. Bu usulda 
aralashmalar tarkibidagi moddalarni ham sifat ham miqdor jihatdan aniqlash mumkin.
5. Membrana yordamida ajratish. Membrana maxsus filtr bo’lib, teshiklari juda kichik,
membranalar hatto gazlar aralashmasini ham tarkibiy qismlarga ajratishga imkon beradi.
Membranali filtrlar «molekulyar elak» deyiladi. 

Download 156,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish