Texnologiyalar



Download 191,47 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana11.07.2022
Hajmi191,47 Kb.
#775070
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Маъруза № 3



MA’RUZA № 3 
INFORMATIKA FANLARINI O‘QITISHDA MULTIMEDIYALI 
TEXNOLOGIYALAR.
Reja: 
1.
Informatika 
fanlarini 
o‘qitishni 
rivojlantiruvchi 
texnologiyalar.
2.
Informatika 
fanlarini 
o‘qitishda 
multimediyali 
texnologiyalar.
3.
Informatika darslarida o‘quvchilar bilimini nazorat 
qiluvchi texnologiyalar. 
Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan so‘ng o‘z rivojlanish 
yo‘lini tanlab rivojlanib bormoqda. Bu yo‘l demokratik huquqiy 
davlat, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti va kuchli fuqarolik 
jamiyati qurishga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli islohotlar yo‘lidir. 
Axborot inqilobi va axborotlashgan jamiyatning shakllanishi ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishda bilimlarning rolini tubdan o‘zgartirib yubordi. 
Zamonaviy sharoitlarda asosiy iqtisodiy faoliyat turi bo‘lib, 
axborotlarni ishlab chiqish va iqtisodiyotni samarali amal qilishi 
uchun undan foydalanish hisoblanadi.
Bunda asosiy ishlab chiqarish omili bo‘lib bilimlar hisoblanadi 
va bu bilimlar ta’lim tizimi orqali yetkazib beriladi. Zamonaviy o‘quv-
tarbiyaviy jarayoni asosida ta’lim oluvchi shaxsini barkamol 
rivojlantirish konsepsiyasi yotadi. 
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 
fevralda “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini 
yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5349-sonli 
Farmoni qabul qilindi. Farmonda axborot texnologiyalari va 
kommunikatsiyalari sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash 
va malakasini oshirishning amaldagi tizimi IT-texnologiyalar 
rivojlanishining tezkor sur’atlarini hisobga olmayapti, shuningdek, 
ta’lim berishning ilg‘or uslublarini joriy etish uchun xorijiy 
mamlakatlarning yetakchi ta’lim muassasalari bilan samarali 
muloqotni tashkil qilish imkonini bermayotganligi muammo sifatida 
ta’kidlangan.
Mazkur 
muammolarni 
hal 
qilishda 
yetakchi 
xorijiy 
kompaniyalar va ta’lim muassasalarining eng yaxshi amaliyoti 
asosida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida 
strategik va loyiha boshqaruvi, menejment, marketing bo‘yicha ilmiy 
tadqiqotlar va ishlanmalarni, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash 
hamda malakasini oshirishni tashkil qilish ustuvor yo‘nalishi 
belgilangan [1].
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 
28 apreldagi “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy 


etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4699-sonli Qarori qabul 
qilingan. Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni yanada 
rivojlantirishning asosiy vazifalaridan biri bu, ta’lim tizimining 
barcha bosqichlarida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish va 
zamonaviy iqtisodiyot uchun zarur bo‘lgan raqamli bilimlarning 
darajasini oshirish, ta’lim infratuzilmasini takomillashtirish, 
shuningdek, «Besh tashabbus» loyihasini amalga oshirish doirasida 
2022 yilga qadar respublikaning barcha hududlarida raqamli 
bilimlarga o‘qitish markazlarini ochishdir [2]. 
Multimedia – bu kompyuter yoki boshqa raqamli ma’lumotlar 
bilan ishlovchi boshqa texnik vositalar orqali sizga taqdim etiladigan 
matn, tasvir, ovoz va videodan iborat murakkab ko‘rinishdagi 
ma’lumot xisoblanadi. Siz ma’lumotni yorqin tasvir va animatsiya, 
videotasvir va matn, o‘ziga jalb qiluvchi ovoz ko‘rinishida qa’bul qilish 
natijasida axborotni ong va tasavvurda keng xis qilishingiz mumkin. 
Agar bu jarayonga interaktivlik tadbiq qilinsa, u holda ta’sir doirasi 
yanada ortadi.
Multimedia, yuqorida aytib o‘tilganidek, matn, tasvir, ovoz, 
animatsiya va videoning bir butun ko‘rinishiga aytiladi. Agar 
foydalanuvchi multimedia ilovani tomosha qilish bilan birgalikda uni 
boshqara olsa, u holda bunday ilovalar interaktiv multimedia 
ilovalari deyiladi. Agar ilovada strukturasida navigatsiya mavjud 
bo‘lsa, u holda bunday multimediali ilova Gipermedia deb ataladi. 
Multimedia ta’rifiga kura oddiy tuyulsa xam, u bilan ishlash 
jarayoni murakkab xisoblanadi. Multimediani bilish bilan bir 
katorda multimedianing texnik va dasturiy vositalarini xam bilish 
lozim. Multimediali axborotlardan birgalikda ilovalarini yaratuvchilar 
mutaxassislarni multimedia yaratuvchilar deb ataymiz.
Multimedia ilovalari kompyuter, TV ekranida, PDA(personal 
digital assistant) shaxsiy raqamli yordamchi, yoki mobil telefon orqali 
ko‘rish mumkin. Bundan tashqari multimedia ilovalari tijorat yo‘lida, 
yoki biror manzilga yetkazilishi maqsadida CD yoki DVD 
tashuvchilarda yoki ma’lumotni tortib olish uchun Internet 
tarmog‘iga joylashtirilishi mumkin. 
Multimedia ilovalari interaktiv bo‘lishi shart emas. Bunday 
ilovalar chiziqli bo‘lib, boshlanishidan ohirigacha foydalanuvchi 
ta’sirisiz amalga oshadi. Agar foydalanuvchi navigatsiya boshqaruvi 
orqali multimedia ilovasining borish jarayoniga ta’sirini ko‘rsatishi 
mumkin bo‘lsa, u holda bunday multimediali ilova chiziqli bo‘lmagan 
deb ataladi va bunday interaktiv ko‘rinishdagi multimedia ilova 
ma’lumot olishda keng imkoniyat yaratadi.
Foydalanuvchi multimedia ilovani qay darajada foydalana 
olishi, ilovani boshqara olishi imkoniyatiga qarab ilova strukturasi va 
ssenariysi, ilova dizayni va dasturlashga katta e’tibor qaratiladi va 


ulkan mahorat talab qilinadi. Notug‘ri interfeys yaratilgan 
multimedia ilovaning muvaffaqiyatsiz chiqishiga olib keladi. Bundan 
tashqari kontent notug‘ri yaratilishi natijasida multimedia ilovada 
kerakli ma’lumotlarni topa olmasligingiz mumkin. 
Multimedia vositalari – bu foydalanuvchi ovoz, video, tasvir, 
matn, animatsiya yordamida muloqotda bo‘ladigan apparat va 
dasturiy vositalarning yig‘indisi. Multimedia qurilmalari - bu 
multimediali ma’lumotlarni qayta ishlash, ya’ni matn, ovoz, tasvir va 
videoaxborotlar bilan ishlaydigan apparat vositalari bo‘lib ularga 
quyidagilar kiradi:
( Ma’lumotni yozib olish qurilmalari;
( Ma’lumotni chiqarish qurilmasi;
( Manipulyatorlar;
( Virtual borliq qurilmalari;
( Axborot tashuvchi qurilmalari;
( Tasvirlarni qayta ishlash qurilmalari. 
Multimedia 
elementlari 
dasturiy 
vositalar 
yerdamida 
birlashtiriladi. Bu dasturiy vositalar multimedia elementlarining 
aloxida kurinishi uchun amalga oshiriladi. 
Ta’lim multimedianing eng ko‘p ishlatiladigan sohasi 
xisoblanadi. Qo‘shma Shtatlarining axborot texnologiyalari 
yetarlicha ta’minlanmagan joylari ko‘p. Shunday ekan, bunday 
joylarga barchaga samara keltiruvchi ko‘p yillik muddatga jalb qilish 
lozim. AQSH hukumati har bir auditoriyani, kutubxonani, tibbiy 
muassasalarni, kasalxonalarni, bir axborot supermagistraliga ulash 
maqsadida katta ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Hozirgi kunda 
ko‘pgina maktablar va kutubxonalar bir tarmoqqa (eRate) ulangan. 
Bundan tashqari okruglardagi kam daromadli qishloq va 
shaharlarning maktablari davlat tomonidan qo‘llab quvvatlanadi. 

Download 191,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish