50
Ar
e
Ar
(3p
5
)
2e
Ar
(3p
5
)
e
Ar
(3p
4
4p)
e
(2.4)
tenglama bilan ifodalanadi.
Elektronlarning yuqori, (3p
4
4p) lazer sathida yashash vaqti
10
-8
s bo’lib,
bu vaqt quyi (3p
4
4s) lazer sathida elektronlarning yashash(
10
-9
) vaqtidan 10
marta katta. Shu sababga ko’ra invers bandlik va majburiy o’tishlar orqali
kogerent nurlanish olish imkonini beradi. Ushbu
jarayonlar gaz razryadidagi
elektronlarning katta kontsentratsiyasida ro’y beradi. Buning uchun yoy
razryadidan foydalaniladi razryad nayida elektr tokining zichligi
100 A
sm
2
gacha yotishi mumkin).
Argon lazer qurilmasining konstruktsiyasi 2.5-rasmda keltirilgan. Faol
element keramik kapillyardan tashkil topgan.
2.5-rasm. Ionli argon lazerining tuzilishi.
1-kapillyar razryad nayi, 2-doimiy magnit, 3-anod, 4 va 8-chiqish oynalari,
5 va 7-rezonator ko’zgulari, 6-aylanma nay, 9-katod.
Razryad nayiga anod va katod elektrodlar joylashtirilgan.
Bu elektrodlar
orasiga katta tok hosil qila oladigan doimiy elektr kuchlanishi beriladi. Razryad
nayining chetlari Bryuster burchagi ostida o’rnatilgan kvarts shisha oynalar
bilan berkitilgan. Razryad nayida yoy razryad hosil qilingani uchun unda katta
issiqlik ajralib chiqadi. Shuning uchun razryad nayi suv
bilan sovitilib turilishi
shart. Razryaddagi elektronlar kontsentratsiyasini orttirish, shu orqali lazer
51
nurlanishi quvvatini orttirish uchun razryad nayi o’qi bo’ylab joylashgan magnit
maydonini hosil qilinadi.
Lazerning optik rezanatorini o’zaro parallel va razryad nayi o’qiga
ko’ndalang joylashgan 5 hamda 7 ko’zgular hosil qiladi.
Razryad nayining ichida anod va katod oralig’iga qo’yilgan
doimiy
kuchlanish natijasida katod tomon harakatlanayotgan musbat ionlar oqimi argon
gazini katodli qismiga siljitadi va buning natijasida, gaz bosimining farqini
yo’qotish uchun razryad nayining anodli
qismini katodli qismi bilan
tutashtiruvchi uzunligi razryad nayi uzunligidan bir necha bor katta bo’lgan
ingichka shisha nay ulanadi.
Argon lazerlari uzluksiz va impulsli holatlarda ishlashi mumkin. Impulsli
holatda nurlanish olish uchun anod va katod oralig’iga impulsli kuchlanish
beriladi. Sanoat miqyosida хalq хo’jaligi uchun ishlab chiqilgan argon lazerining
maksimal quvvati uzluksiz ish holatida 20 Vt ni tashkil etadi. Argon lazerlar
mikroelektronika
sohasida,
meditsinada
va
ilmiy
tadqiqot
ishlarida
foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: