“ILM-FAN VA TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR”
MAVZUSIDAGI 23-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
“UzACADEMIA” scientific-methodical journal
123
www.academiascience.uz
ILM-FAN RIVOJIDA NOSIRIDDIN TUSIYNING ILMIY MEROSLARI
Hamidova Sarvinoz, Ibragimova Nigora
Fizika va astronomiya ta‟lim yo‟nalishi talabalari
Ilmiy rahbar: dots. D.I.Kamalova
Annotatsiya.
Ushbu maqolada ilm-fan rivojida Nosiriddin Tusiyning ilmiy
meroslarining tutgan o‘rni va ahamiyati bayon etilgan.
Kalit so‟zlar.
Nosiriddin Tusiy, ilm-fan, astronomiya, matematika, milliy
qadriyatlar, Bog‘dod.
Hozirgi kunda Mustaqil O‘zbekistonimizning jahon hamjamiyatining teng
huquqli suveren davlati sifatidagi yutuqlari qit‘alar
osha dunyoning turli
mintaqalariga yetib bormoqda. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonning tarixi,
madaniyati, dini, urf-odatlari, milliy qadriyatlari, ma‘naviy
va ilmiy merosini
yangidan tiklash borasidagi yurtboshimizning sa‘y-harakatlari ta‘lim-tarbiya,
ma‘naviyat sohasidagi ishlarning asosini tashkil etadi. Mustaqillik tufayli o‘zlikni
anglash jarayoni keng quloch yoydi. Xalqimiz o‘zining ilmiy-ma‘naviy merosidan
bahramand bo‘ldi, bu borada sharq allomalarining qoldirgan boy ilmiy meroslari
katta ahamiyatga ega.
Ana shunday buyuk fuzalolardan biri Nosiriddin at-Tusiydir (uning to‘la ism-
sharifi Nosiriddin Abu Jafar Muhammad ibn Muhammad at-Tusiy bo‘lib, u
Xurosonning Tus shahrida 1201-yilda tug‘ildi). Tusiy yoshligida Bog‘dodda ta‘lim
olgan mashhur Kamoliddin Muso ibn Yunusga shogirdlikka tushadi.
Matematika va
astronomiyadan erishgan bilimlari me‘yoriga yetgach, dastlab, Qo‘histonning Sertaxt
shahrining hokimi Nasriddin Abdurahimning saroyida, so‘ngra Ismoiliylar sulolasi
mamlakatining tog‘li tomonlarida joylashgan qal‘a Alamutda munajjimlik lavozimida
ishlaydi. 1256-yili mazkur mamlakat mo‘g‘ul xoni
Chingizxonning nevarasi
Xuloguxon tomonidan bosib olindi. Asir tushganlar orasida Nosiriddin ham bor edi.
Bu davrda u 55 yoshda bo‘lib, uning astronomiya, matematika va falsafa fanlari
bo‘yicha erishgan shavkati butun Sharqqa tarqalgan edi.
Shu tufayli Xulogunxon
tezda uni asirlikdan ozod qilib, saroyga taklif etdi va unga maslahatcha va
munajjimlik lavozimlarini in‘om etdi.
Tusiy Xuloguxonning Bog‘dodga
yurishida hamrohlik qiladi, 1258-yili bu
yurishning oqibatida Bog‘dod xalifaligi tor-mor keltirilib, salkam 500 yil xalifalik
qilgan Abbosiylar sulolasi inqirozga uchraydi. 1259-yili
Nosiriddinning iltimosiga
“ILM-FAN VA TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR”
MAVZUSIDAGI 23-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
Do'stlaringiz bilan baham: