U. X. Xonqulov matematikaning stoxastika


VSEVOLOD   IVANOVICH   ROMANOVSKIY



Download 1,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/110
Sana29.12.2021
Hajmi1,93 Mb.
#76966
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   110
Bog'liq
kombinatika, ehtimol

 
VSEVOLOD   IVANOVICH   ROMANOVSKIY 
 
(1879-1954)  Qozog„istonning  Verniy  (hozirgi  Olma-
ota)  shahrida  tug„ilgan.  Yoshlik  yillarida  uning  oilasi 
Toshkentga  ko„chib  keladi  va  u  o„rta  ma‟lumotni 
Toshkent  real  bilim  yurtida  oladi.    1906-yilda  Peter-
burg  universitetini  a‟lo  baholar  bilan  tamomlagandan 
so„ng,  magistraturaga  qabul  qilinadi.  Magistraturada 
o„qish  davrida  unga  mashhur  rus  matematigi               
A.A.  Markov  ilmiy  rahbarlik  qiladi  va  magistrlik 
imtihonlarini  topshirgach,  1908-yilda  Toshkentga  qaytdi  hamda  o„zi 
bitirgan  o„quv  yurtida  fizika  va  matematika  o„qituvchisi  bo„lib  ishladi. 
1912-yilda  “Xususiy  hosilali  differensial  tenglamalar”  mavzusida 
dissertatsiya  yoqlab,  magistr  ilmiy  darajasini  oldi.  1911‒1917-yillarda 
Polshaning    Varshava  va  Rostovning  Don  universitetlarida  dastlab 
dotsent,  so„ngra  professor  lavozimlarida  ishladi.  1916-yilda  doktorlik 
dissertatsiyasini  tayyorladi,  lekin  o„sha  paytdagi  urush  sharoitida  uni 
yoqlash  imkoniyati  bo„lmadi.  Lekin  V.I.Romanovskiyga  1935-yilda 
dissertatsiya  yoqlamasdan  fizika-matematika  fanlari  doktori  ilmiy 
darajasi  berildi.  V.I.Romanovskiy  faoliyati  mobaynida  O„rta  Osiy 
Davlat  universiteti  (hozirgi  O„zMU)  bilan  ilmiy  va  pedagogik  aloqani 
uzmadi.  34  yil  davomida,  dastlab  matematika  kafedrasiga,  so„ngra 
ehtimollar nazariyasi va matematik statistika kafedrasiga rahbarlik qildi. 


 
16 
Bir  necha  yillar  fizika-matematika  fakulteti  dekani  lavozimida  xizmat 
qildi.  O„zbekiston  Fanlar  Akademiyasi  tashkil  topgan  davr  1943-yildan 
boshlab, V.I.Romanovskiy uning haqiqiy a‟zosi, akademiya Prezidiumi 
a‟zosi,  fizika-matematika  bo„limi  raisi,  matematika  va  mexanika  ilmiy 
tadqiqot  instituti  rahbari  lavozimlarida  faoliyat  olib  bordi.  Taniqli 
matematik  olimlar  T.N.Qori-Niyoziy,  N.N.Nazarov,  T.A.Sarimsoqov, 
S.H.Sirojiddinov,  M.K.Kamolov,  M.I.Eydelnant,  N.A.Akbarxo„jayev, 
umuman,  60  dan ortiq  kishilarning birinchi  ustozi  V.I.Romanovskiydir. 
U  matematikaning  turli  xil  sohalariga  doir  170  dan  ortiq  ilmiy  ishlarni 
e‟lon qilgan. V.I.Romanovskiy ustozi A.A.Markov tomonidan kiritilgan 
“tasodifiy miqdorlarning zanjir arqoni bog„liq bo„lishligi” tushunchasini 
umumlashtirdi.  Manfiy  bo„lmagan  matritsalar  nazariyasini  kengaytirib, 
uni  Markov  zanjiriga  tatbiq  etdi.  Zamonaviy  ehtimollar  nazariyasi  va 
matematik statistika fanida Romanovskiyning “Matritsa metodlari” juda 
ahamiyatlidir.  V.I.Romanovskiy  matematik  statistikani  mustaqil 
matematik  fan  sifatida  shakllanishiga  salmoqli  hissa  qo„shgan 
olimlardan  biridir.  Uning  “Математическая  статистика”  (M.,  1938, 
803  bet)  nomli  fundamental  kitobi  xorijiy  universitetlarda  ham  asosiy 
darslik  sifatida  uzoq  yillardan  biri  foydalanib  kelingan.  Shuningdek, 
V.I.Romanovskiy  Markov  zanjiri  bo„yicha  yozilgan  birinchi  adabiyot 
“Дискретые  цепи  Маркова”  M.,  1949,  507  bet),  matematik  statistika 
metodlarini    xalq  xo„jaligining  turli  sohalari  (texnika,  qishloq  xo„jaligi, 
sanoat,  iqtisod)ning  tatbiqiga    bag„ishlangan  “Применение  математи-
ческой  статистики  в  опытном  деле”  nomli  klassik  adabiyotlar 
muallifi.  Shuningdek,  O„zbekistonda  matematikaning  asosiy  yo„na-
lishlaridan  biri  bo„lgan  ehtimollar  nazariyasi    va  matematik  statistika 
sohasida dunyo  miqyosida tan olingan  mutaxassisdir.  V.I.Romanovskiy 
ehtimollar  nazariyasi  va  matematik  statistika  sohasidagi  yirik  ilmiy 
ishlari  bilan  O„zbekiston  matematikasini  butun  dunyoga  tanitdi.  U 
Toshkent  matematika  jamiyatining  1918-yildan  boshlab  doimiy  raisi, 
“Bilim” jamiyatining aktiv a‟zosi,  O„zbekiston Fanlar akademiyasining 
akademigi, “O„zbekistonda xizmat ko„rsatgan fan arbobi” va  bir necha 
medallar, bir qancha davlat mukofotlariga sazovor bo„lgan.   
 

Download 1,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish