To‘rtinchi bobda matematik statistikaning obyekti, predmeti,
vazifalari, asosiy masalalari, bosh to„plam, tanlanma to„plam va uni
hosil qilish usullari, variatsion qator, gistogramma va poligon, empirik
taqsimot funksiyasi, tanlanmaning o„rta qiymatlari, o„rta arifmetik va
o„rta kvadratik qiymatlar, matematik kutilma va dispersiya kabi ba‟zi
ma‟lumotlar bayon etiladi.
O„quv qo„llanmani tayyorlashda xorijiy va davlatimiz olimlari,
pedagoglarining darslik, o„quv qo„llanma va ilmiy tadqiqotlari, ilmiy
maqolalaridan hamda muallifning ilmiy tadqiqot natijalaridan keng
foydalanildi.
O„quv qo„llanma bilan to„liq tanishib, uni takomillashtirishga
foydali maslahatlarini bergan taqrizchilarga o„z minnatdorchiligimizni
bildiramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |