1-ilova
Miletlik Fales (625-547 yillar e.a.). Miletlik Fales o’z zamonasidagi etti
donishmandning biri bo’lgan. U shu etti donishmandning ichida etakchilik qilgan.
Fales birinchilardan bo’lib tabiyot haqida fikr yuritgan. Quyosh tutilishi oy bilan
to’silishi tufayli yuz berishini birinchi bo’lib Fales anglagan. Aylana diametri uni teng
ikkiga bo’lishini isbotlab bergan. Fales Misr ehromlarining balandligini ularning
soyasiga qarab o’lchagan. Uning quyidagi asarlari ma’lum: «Quyoshning harakati
haqida», «Teng kuplik haqida». Uning zamondashlari «Falsafa Falesdan boshlanadi, u
birinchilardan edi» der edilar.
Falesning geometriya sohasidagi ishlari ham juda ko’p. SHulardan biri Fales
teoremasi bo’lib u hozirgi kunda ham maktab o’quvchilariga o’qitiladi va bu teorema
asosida planometriyaning ko’pgina qoidalari isbotlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |