HAJVIY XARAKTeR VA BADIIY MAHORAT
Atoqli adib Abdulla Qodiriy hajvietda ijtimoiy kulgining turlari haqida gapirar
ekan, uning yana bir uslubi-xarakter kulgusi ham mavjudligini ta`kidlagan edi.
«Sizni nafratlantirgan masala yoki yaxshi o`z hayotidan, o`z xususiyatidan olib
kulgi holiga qo`yishingiz kerak. Ya`ni, siz bu kulgulikni yasagan bo`lib ko`ringan
bo`lib ko`rinmang, balki o`zi yasalgan bo`lsin. O`z holini o`zi arz qilsin»-deb
yozadi adib.
1
Uning bu so`zlari hajvietda obraz yaratish bilan bog`liqdir. Chunki
hajviet ijtimoiy hayotni aks ettirar ekan, undagi illatlar, salbiy voqea yoki faktlarni
oldiy qayd etmaydi, balki uning mohiyatini ochib berishi shart. Bu esa hajvietda
umumlashtirish, tipiklashtirish orqali obrazlar, tiplar, hajviy xarakterlar yaratish
orqali amalga oshiriladi.
Hajviy asarlarda yuqoridagi kabi aniq-umumlashma va umumlashma-to`qima
obrazlar bilan birlikda badiiy ijodning mukammal unsuri bo`lgan hajviy tiplar ham
mumkin. Hajviy tip yuqoridagi obraz turlaridan shu bilan farq qiladiki, unda
ma`lum bir sinf, ijtimoiy tabaqa yoki guruh kishilariga tegishli bo`lgan belgilar
bilan bir qatorda bu obrazning o`ziga tegishli bo`lgan shaxsiy xususiyatlar ham
keng ifoda etiladi.O`quvichning ko`z oldida ham butun bir ijtimoiy tabaqaga
mansub xususiyatlarni tashuvchi, ham jonli odamga xos bo`lgan fe`l-atvorli odam
obrazi gavdalanadi. Bundi ikki tomon-shaxsiy va umumiy sifatlar uyg`unlashgan
bo`ladi, ya`ni umumiylik-yakkalik orqali ochiladi. Hajviy xarakter yaratish xiyla
murakkab adabiy-ijodiy muammo bo`lib, yozuvchidan hayotni chuqur bilishni,
katta mahoratni talab qiladi. U biror ijtimoiy tabaqa yoki guruhga mansub bo`lgan
ko`p kishilarning fe`l-atvorlarini, odat va turmush kechirish tarzlarini o`rganib,
to`plab, ularning xarakterli tomonlarini yig`ib, shuningdek bir obrazgagina xos
bo`lgan jonli, individual xususiyatlarini ham topib, uni «tiriltirishi» lozim. Yozma
adabiyotda bunday yig`ma hajviy tiplarga misollar ko`p.
Yuqorida keltirilgan hajviy tiplar asosan hajviy adabiyotning yirik janrlari
bo`lmish roman va povestlarda yaratilganligi ma`lum. O`ziga xos qonuniyat va
1
Қодирий.А Ёзишғувчиларимизга Кичик асарлар. Т.Ғ.Ғулом номидаги бадиий адабиёт нашриёти.
1969.-187.
7
imkoniyatlarga ega bo`lgan hajviy publiitsstika asarlarida ham hajviy xarakterlar
yaratish masalasi bir tomondan yozuvchining mahoratiga bog`liq bo`lsa, ikkinchi
tomondan publiitsstika xususiyatlariga borib taqaladi. Chunonchi, bir fel`etonning
o`zida to`la ma`nodagi, ya`ni ham individual, ham umumiy xususiyatlarga ega
bo`lgan hajviy xarakter yaratish ancha mushkul ish. Shuning uchun bir fel`etonda
hajviy tip emas, yuqorida ko`rib o`kanimizdek yo konkret-umumiy yoki
umumlashgan tiplar yaratish mumkin. Ammo hajviy publitsistika janr jahatidan
fel`eton va pamflet bilan cheklanib qolmaydi. Hajviy publitsistikada fel`etonlar
yoki pamfletlar turkumi ham mavjuddirki, u o`z hajmi va imkoniyatlari bilan
badiiy adabiyotning qissa /povest`/ janriga yaqindir. Bir fel`eton yoki pamfletda
iloji bo`lmagan ijodiy muammo-hajviy xarakter yaratish-ulardan kengroq bo`lgan
bu fel`etonlarni o`z ichiga olib, ular o`zaro umumiy mavzu yoki «qahramoni»ning
umumiyligi
bilan
bir-birlariga
bog`lanadi.
Masalan,
A.Qodiriyning
«Eshonlarimiz», «Toshkent boylari» nomli fel`etonlar turkumlari mavzu jihatidan
bog`langan bo`lsa, «Maskov xatlari» esa sayohat xotiralar shakli bilan birikib
turadi. Hajviy publitsistikada juda noyob uchraydigan asar-tipik obraz bilan
bog`langan fel`etonlar turkumidir.
Yigirmanchi yillar o`zbek hajvietida fel`eton va boshqa hajviy janrlar
shakllanibgina qolmasdan, balki hajviy ijodning juda murakkab muammosi hal
etildi.Ma`lum tip bilan bog`langan fel`etonlar turkumlari vujudga keldi va ularda
to`la ma`nodagi hajviy xarakterlar yaratildi. Bu vazifa zo`r iste`dodli adib Abdulla
Qodiriy tomonidan «Kalvak maxzumning xotira daftaridan» va «Toshpo`lat tajang
nima deydir?» kabi fel`etonlar turkumlarida muvaffaqiyat bilan amalga oshirildi.
Yigirmanchi yillarda o`zbek hajvietida faol ijod qilgan adiblardan biri mohir
hajvi Abdulla Qodiriy edi. Ilg`or taraqqiyparvarlik g`oyalari ta`sirida ijtimoiy-
ijodiy kamolga etgan adib jadid matbuoti sahifalarida o`zining ilk fel`etonlari,
she`rlari bilan qatnashib, o`z asarlarida oldiy xalq ommasining fikr-tuyg`ulari,
orzu-umidlarini ifodaladi va ijtimoiy illatlarni qoraladi. 1917 yil oktyabr`
o`zgarishi Turkiston xalqi ham haqiqiy ozodlik va rushnolik olib kelishiga
ishongan soddadil yozuvchi faol ijtimoiy-ijodiy faoliyatga kirishdi. Ozuqa
8
komitetida, yangi tuzumning gazeta va jurnallari redaktsiyalarida ishladi, o`tkir
fel`etonlar va boshqa hajviy asarlar yozdi. Hajviy publitsistika sohasida katta
tajribaga ega bo`lgan adibga markaziy jurnali- «Mushtum»ni tashkil etishday ish
ishonib topshirilganligi bejiz emas edi. Uning publitsist-hajvchi sifatidagi faoliyati
ayniqsa «Mushtum» jurnalida yorqin namoyon bo`ldi. «Mushtum» sahifalarida
A.Qodiriyning yuzga yaqin fel`etonlari va bir necha fel`eton turkumlari bosilib
chiqqan edi. Adib hajviy publitsistika mazkur janrining ajoyib ustasi bo`lib
tanilganidan o`sha davrda «fel`etonlar qiroli», «yig`latib kuldiruvchi va kuldirib
yig`latuvchi» deb nom olgan edi.
2
Abdulla Qodiriy o`z hajviy asarlarini Ovsar, Boyqush, Do`lta maxzum,
Dumbul o`g`li, Dumbuldevona, Dumbuliniso, Julqunboy, Jirtakchi, Jarqin,Jiyan,
Indamas eshon, Yo`lovchi, Karnaychi, Kalvak, maxzumning jiyani, Kampir,
Lakalang maxzum, mulla, Nishonboy, Mushtum, Sovrinboy, Telba, Chichora,
Chin do`st, Chirmanda botir, Shoshiy, Shilg`oy, Shapaloq maxzum, Yapaloq qush
va boshqa taxallus va yashirin imzolar bilan yozardi. Bular orasida Julqunboy
taxallusi juda ommalashgan bo`lib, ko`pchilik o`quvchilar uni shu bilan atashardi.
Xuddi tomchida quyosh aks etgani singari A.Qodiriyning hajviy asarlarida
barcha g`oyaviy-badiiy xususiyatlar to`la aksini topgan adi. Zero, o`zbek
hajvietining ijtimoiy-ijodiy talablari, g`oyaviy-badiiy printsiplari va boshqa nazariy
asoslarini A.Qodiriyning o`zi ishlab chiqqan edi. Adib o`z ijodiy faoliyatida ana
shu qonuniyatlarga suyandi va ularni bevosita hayotga tadbiq etish uchun kurashdi.
Masalan, adibning «Moskovdan xatlar» deb nomlangan fel`etonlar turkumida
yozuvchi kulgining turli xillaridan/adibning o`z ta`biri bilan aytganda «piching,
kesatish, kinoya, tag`ofil va boshqa xil kulgi yo`llari»/dan ustalik bilan
foydalanadi. Bu asar adibning Moskvaga qilgan sayohati davomida olgan
taasurotlari asosida yozilgan bo`lib, u o`z boshidan kechirgan ayrim hodisalar,
chunonchi Moskvadagi O`zbekiston vakolatxonasiga qarashli yotoqxonadagi
noqulayliklar ustidan engil kulgi bilan kuladi:
2
«Муштум», 1924, 25-сон.
9
«bu kun ham tuni bilan bel va boldirlarim sirqirashib og`rib chiqdi. Sim
karovatning cho`kirtaklari poxol to`shakdan turtib chiqib, haligi sirqirashlar bilan
menga hujum qilganda faqir mahbubasi to`g`risida o`ylab ko`ziga uyqu kelmagan
oshiqlardek bilonglab to`lg`onar edim. Bilong`lay-bilong`lay bir oz uyquga
borgach o`ngimdan ba`zi bir turkistonlik akamlarning nutqiga o`xshash tutirig`i
yo`q tushlar yasov tortib o`ta boshladi. Bu orada etib alla qaysi erimni o`yib
olg`on edilar. Ko`zim moshdek ochilib ketib, qorovul chaqirg`onimni o`zim
sezmay qolibman ».
3
Hayotdagi ijtimoiy illatlarni tasvirlashda esa hajviy bo`yoqni ayamaydi. U
Moskvaga oldi-sotdi uchun kelgan «sudralma chopon, yopma salla», «mahsining
qo`njig`a havsala bilan qilingan keng qavl ishton» kiygan, «belboqqa qistirilgan kir
yovliq»li hamyurtlarini ko`rganda «egani og`zida, yutgani bo`g`zida» qolishini
aytib, bunday shaxslarga o`ta zaharxandali kulgini ro`para qiladi:
«Boshni chulg`ab olgan salla bilan er supirib yurgan to`n ostida bilasizmi
qanaqa lash-lush bor? Eshakka teskari mingan dangaldor taassub!»
4
yozuvchi «Maslagu maqsaddan sha`mai izhor» sarlavhali fel`etonida o`tkir
kinoya kulgusini qo`llaydi. Bu fel`etonda ham davrning muhim ijtimoiy mavzusi-
har qanday g`oya va maslakni sotib pul-mol to`plash, qo`sh-qo`sh imoratlar solish
hollari qalamga olinadi. Fel`eton muallifning shikoyati shaklidagi piching asosiga
qurilgan. Muallif «ba`zi birovlar Buxoro va Xo`tan degan joylardan ipak gilamlar
keltirganlaridan va Maskov, Leningrad degan shaharlardan royal degan mablag`lar,
oynai jahonnomalar.. orttirg`onlarida tokay men otam marhumdan qolg`on eski
po`stakda umr kechiray… do`stlarim
oq uy, ola bargaklar solib, ayshu ishrat qurg`onlarida tokay men soat sajdaga moyil
turg`on chorcho`pning orasida lohavlo o`qib kun kechiray?...»,-deb shikoyat
qilg`ondek bo`ladi. Fel`etonda kinoyatdan shu qadar ustalik bilan foydalanilganki,
guyo adib rostdan ham –ana shu mol Dune, boyliklar jozibasiga berilib ketgandek
3
«Муштум», 1924, 12-сон.
4
«Муштум», 1924, 7-сон.
10
tuyuiladi. Ammo, fel`eton so`ngidagi parchada boylikka mukkasiga ketgan
shaxslarga muallifning munosabati nozik va o`tkir piching orqali ifoda etiladi:
«Do`stlarimdan bittasi ikki ming chervonesga tushirib, shohona imorat qilg`on
ekan, o`tgan kuni fotihaga borib keldim. Nafsilambrga qaraganda Toshkentda
o`zining oliy binolar solishi bilan mashhur bo`lgan To`xtajonboy va Orifxo`ja
eshonlarni bir cho`qishda qochiraturg`on bino bo`libdir. Xordiq chqorgandan so`ng
«ko`cha tarafga isiriq bog`lab qo`y, mehmonxonangdan oshna- og`ayningni uzma,
dastirxoningni kal-ko`rdan ayama»,-dedim. Oshnamning yaxshi niyat bilan
qurg`on imoratini ba`zi maorifsiragan muttahamlar «Maktab uchun muvofiq bino
bo`libdir, ot aylanib qozig`ini topar!»-deb shivir-shivir qilar ekanlar. Ko`chaga
chiqqan edim, imoratni tomosha qiluvchilardan bo`lg`on bir tiyiqsiz shoir:
Vaqtoki aftoda hol eding, elkangda obkoshing,
Sut o`rniga suv sotish kasb erdi senga yakkoshing,
Ajabo, bu ko`rdigim-taraqqo-turuq nadur,
Ajabo, bu shohona qasru ravoq nadur?
deb ta`na toshini otmoqchi bo`ladir. Bu shoirni yaxshilab koyidim va
«Tovshingni o`chir, haromi», -dedim»
5
.
Adibning o`tkir piching, kinoya va qochirimlariga boy kulgusini uning «Olti
yillik bazm» deb nomlangan fel`eton obzorida ham yaqqol ko`rish mumkin.
Fel`etonda ekan, bu borada faoliyat ko`rsatgan jurnalist va adiblarga kulgi
xillaridan foydalaniladi. Adiblarni baholashda muallif garchi biroz Cho`lponni
«bugun qizil gulu, erta noparmon gul», deydi. O`sha davrda mashhur bo`lgan
adabiyotshunos Vadud Mahmud to`g`risida: «Bir birodarimizning tasviricha
«ko`klam»dir, ko`klamning yozi bilan ko`zi qanday kelishini aytib qo`ymoq-
noma`qil
buzoqning
go`shtini
emakdir»,-deydi.
Adib
Turkiyadan
tushunmaganidek, matbuotnikiga Eson afandi ham tushunmaydi. Bu uni bir pulga
olmasa, u ham buni uch pulga olmaydi,-deb qochirim qilsa, Vali Allomov degan
tarjimonning «o`zi haqiqatda ellik og`iz o`zbekcha so`z bilsa-da, ajoyib bir
tarjimon sanalishi»dan kuladi.
6
5
«Муштум», 1925, 2-сон.
6
«Муштум», 1924, 4-сон.
11
Abdulla Qodiriyning hajviy publitsistikaga oid qator asarlari fel`eton-xronika
janriga oiddir. Bu xildagi felbetonlarda kulgining o`ziga xos maqomi-jiddiy kulgi
asosiy o`rin egallaydi. Ma`lumki, fel`etonchi fikr yuritadi. Bunda muallifning
asosiy maksadi o`quvchilarni kuldirish emas, balki o`zi hikoya qilayotgan fakt,
voqea va muammolar haqida bir yuritish, asosli, publitsistik xulosalar chiqarishdan
iborat bo`ladi. Bu vazifa esa fel`etonchidan badiiy to`qima va kulgidan juda
me`yorida foydalanishi talab etadi. Bu o`rinda fel`etonchi uchun publitsistik tahlil
asosiy vosita bo`ladi. «Men ishlaydigan usul shundan iboratki,-deb yozgan edi
taniqli rus fel`etonchisi M.Kol`tsov bu usul haqida,-faktlarga qanday bo`lmasin
to`qima-hoh badiiy bo`lsin-aralashtirilmaydi, publitsistik faktlarni esa shunday
berish kerakki, ko`zga «mana-man»deb tashlanib tursin».
Fel`eton Toshkentli mashhur Abulqosim eshonning ta`rifi Bilan boshlanadi.
Ko`p muridlar orttirib, hisobsiz mol-dunyo to`plagan bu eshon o`z manfaati
yo`lida hech narsadan qaytmaydi.
U boylik orttirish uchun hatto Rossiya podshosi Nikolay I bilan ham maxfiy
ittifoq tuzadi. Yozuvchi buni faktlar orqali birma-bir ochib beradi. Eshonning bu
sotqinligi evaziga Nikolay I tomonidan mukofotlanishi, Toshkent general-
gubernatori Fon Kaufman o`lganda «uning ta`ziyasiga chiqqan bizning
Abulqosimxon eshonimiz butun Toshkent musulmonlarini hayratda qo`yib,
Kaufman ruhiga «Taborak»…ni tilovot qilib bag`ishlanganligi» singari tarixiy,
haqiqatda bo`libo`tgan voqealarni keltiradi. Adib eshonning turmush tarzidagi
ayrim illatlarni ham keltirib o`tadi:
«Marhum eshonning ba`zi bir xislatlari: ul zot Askar avqotlarini yosh,
ma`sum o`g`lonlarning suhbatida kechirar edilar. Haq taolo didorining aksini shu
o`g`lonlarning yuzida mushohada qilar va bir o`g`lonning qo`lidan ichilgan bir
piyola choyni kavsar suvidan behroq hisoblar edilar. O`zlaridan so`ng o`n parlab
yosh xotun va cho`rilar sochlarini yoyib qoldilar»
7
.
Eshonning o`g`li Saidboqixon ham xalqni talashda otasidan qolishmay, u ham
«oq podshoning himoyasiga sig`inib, beshog`och qozisi bo`lib olib, «bir tomondan
7
«Муштум», 1924, 25-сон.
12
qozilik, ikkinchi tomondan eshonlik kasbi Bilan otalaridan qolgan bog`, sholikor,
hovli, ajuvoz, tegirmon va boshqa amloklar yonig`a yana o`n qayta boylik izofa
qildi…» Uning o`g`li Mahdixon eshonning ham «mansab va Dune sevishda
bobolaridan
qolisha
turg`on
o`rni
yo`qdir».
«Qornini
yorg`onda
alif
chiqmayturg`on» eshon «bir tomondan boylarning ko`magi, ikkinchi tomondan
pristav va ellikboshilarga konvert orqali ulashilgan «badal»lar yordami bilan tupa-
tuzuk «qozii islom» bo`lib olib zo`r berb boylik orttiradi.
Yozuvchi eshonlar sulolasining tarjimai holini yana davom ettiradi: «Said
Maxdixon pochchamiz 1911 yillar orasida shariat kursisiga o`ltiron bo`lsa, to 1917
yillargacha Mochalip-pochaliplarning ko`liga suv quyib «otam-onam» bilan
qiltillab kela oldi. Ammo charxi kajraftor davrasini teskaridan olib, shartta inqilob
degan kasofat yuz ko`rsatgan edi, shiliq etib bizning Mahdixonimiz ham shariat
kursisidan qulab tushdi»
8
.
Adib ushbu fel`etonida eshonlar tabaqasining kirdikorlarini fosh qilar ekan,
umuminsoniy nuqtai nazarda turganligini ko`ramiz. Illo, haqiyqiy islomiy-
umuminsoniy ta`limotda ham dindorlarning halol-pokliklari, birovning moliga
ko`z olaytirmasliklari, pul-mol ketidan quvmasliklari talab etilgan, bu tabarruk
qoidalarni buzganlar la`natlangan.
Abdulla Qodiriyning o`zbek hajviy publiitsstikasi xazinasi va rivojiga
qo`shgan buyuk hissalaridan biri shundaki u mazkur ijtimoiy-ijodiy sohaning eng
mukammal janri-ma`lum tip bilan bog`langan fel`etonlar turkumini va ularda to`la
ma`nodagi hajviy tiplarni yaratdi. Bu yuqorida bir necha bor tilga olib o`tganmiz-
«Kalvak maxzumning xotira daftaridan» va «Toshpo`lat tajang nima deydir?»
asarlaridir. Har ikki asar ham o`zbek hajviy publitsistikasi va hajviy adabiyotdagi
mislsiz yangilik bo`ldi.»
«Kalvak maxzumning xotira daftaridan» fel`etonlar turkumi yigirmaga yaqin
fel`etondan iborat bo`lib, «Kalvak mazxumning xotira daftaridan», «Kalvak
maxzumdan», «Kalkak maxzumning idoramizga ochiq xati», «Odamzodning aqli
8
«Муштум», 1924, 26-сон.
13
etmaydir», «Qishloqqa yuzingni o`gir, bachima`ni?», «Dardisar», «Bachtur
zamona duchor shudem», «Hoy, xudoy urg`onlar!..» kabi va boshqa sarlavhalar
bilan «Mushtum» jurnalining
1923-26 yillardagi yigirmadan ortiq-sonida bosilgan. Turkum undagi asosiy
personaj-Kalvak maxzum (to`la nomi-Domla mabujur mulaqab ba Kalvak maxzum
ibn Mulla Salimsoq oxun mudarrisi marhum Shishiy Naqshbandiy)ning tarjimai
holi, uning sarguzashtlari hamda maxzumning o`shu davrning turli ijtimoiy
masalalariga doir «Maslahat-xat»laridan topgan.
Boshida ikki choraklik sala, qo`lida yuz bittalik tasbih, ko`chama-ko`cha,
guzarma-guzar kezib, «oxirzamon ishlari»ni kuzatib, hayolan ayyuhannos solib
yurgan shaxs-Kalvak maxzumdir. U har qalamda duch kelgan voqeaga aralashadi,
o`zicha «sharh»laydi: «mishiq-tupig`i oqg`on bolalarning yarim beldan loy kechi
bit urishtirish bilan mashg`ul»liklarini ko`rib «ziyoda zavqi keladi», hammahalla
yigitni militsiya kiyimida ko`rib, uni «cho`qing`on»ga chiqaradi, maktabga
ketayotgan o`n ikki yoshlar chamasidagi qizni «buzuq» deb o`ylaydi va hokazo…
Vujudi nodonlik va jaholat Bilan qoplangan bu kaltabin va kaltafahm shaxs
hayotdagi har bir yangilikni ko`rib, aqli etmaydi. Shu sababli dahshatga tushadi,
«zamona oxir bo`ldi», deb ayyuhannos soladi. Yozuvchi bu obrazni rivojlantirib
boradi, uning Yangi-yangi qirralarini ochadi, masalan, maxzum Yangi ochilgan bir
kutubxonaga kirib qoladi, ammo bu erda ilmiy, tarixiy kitoblar saqlanishini eshitib,
jazabasi tutib ketadi:
«Shul vaqt bahad qahru g`azabim kelib ketdi, har bir tukim bir xanjari obdor
bo`ldi, bir na`rai ra`divor tortib, musulmonarni yo`ldan ozdirmoqda bo`lg`on shul
jadid kitoblarni ag`darish-to`ntarish qilub ko`chaga chiqorub tashlagum keldi»
9
.
Ma`lumki, har qanday obraz o`z tarixiy va mantiqiy rivojlanish yo`liga ega
bo`lgandagina o`quvchini ishontirish mumkin. Shu boisdan yozuvchi fel`etonlar
turkumining o`rtalarida Kalvakning tarjimai holini bayon qilishga kirishadi. Unda
maxzumni etishtirgan ijtimoiy muhit, tekinxo`r, ma`naviy tuban, johil yuir
oilaning hayoti, buzuq tarbiyasi o`quvchining ko`z oldida namoyon bo`ladi.
9
«Муштум», 1923. 18-сон.
14
Kalvak Maxzum o`zining tug`ilishini «volidaning rohimlarida qaror toib,
to`qqiz oy, to`qqiz kun va to`qqiz soat o`tib, ro`zi dushanbada yarim kecha vaqti
oyning o`n to`rtinchi kuni, mohitobonning Ayni to`lishgan zamonida yorug`
dunyoga barq urib qadam ranjida qildim», -deb maqtanib, tum-taraqaylik bilan
tasvirlaydi. O`z muhitining mahsuli bo`lgan Kalvak yoshligidan jismoniy bo`lib,
ma`naviy majruh bo`lib o`sadi. U shunday hikoya qiladi: «Bad`azan farqining
tarbiyatiga ko`shish aylab etti kechamni eson-omon o`tkazib, sakkizinchi kuni
beshikka solibdurlar. Ammo o`n birinchi kechada biroz chalig`lab o`tibdirkim,
alhol bu ma`nining asorati kaminada boqiydir. Ya`ni takallum qilg`onimda «qix-
qix» qilub va yana «mosh» deyish o`rniga «bosh» deb mimni oyta olmaydurman.
Bamisli hazrati Muso allayhissalomning «sin» o`rniga «shin» aytganlaridek…
Abdulla Qodiriyning «Kalvak maxzumning xotira taftaridan» fel`etonlar
turkumi o`sha davr hajvietidagina emas, balki umuman o`zbek hajvchiligida katta
ijodiy yutuq edi. Adib o`zining bu asarida johil, mutaassib dindorlarning tipik
obrazini yaratdi hamda bu obraz orqali mazkur tabaqaga xos bo`lgan barcha
xususiyatlar, jaholat, ta`magirchilik va boshqa illatlarni masxara qildi.
Shuni ta`kidlash ham joizki, Kalvak maxzum obrazini faqat salbiy obraz deb
bo`lmaydi. Mukammal yaratilgan har qanday hajviy tiplar (Don-Kixot, Shveyk va
b.) singari bu xarakterda ham ikki tomonlamalik, hayotiy qarama-qarshilik
mavjuddir, Kalvak maxzum ham goh o`ta soddalik, goh mug`ombirlik bila hayot
haqiqatlarini gapirib va ba`zi bir illatlarni ochib qo`yadi. Masaln, u o`z so`zlaridan
birida «bu kofir, musulmonlarining boshiga nimalar solmadi», deb «oh» tortadi.
Bu –oddiy bir qariyaning rus mustamlakachilariga bo`lgan munosobati edi.
Fel`etonning «Qavodiul umaro» qismida esa Yangi, sovet tuzumi idoralarida avj
olgan to`rachilik- byurokratlik illati xajv etiladi. Turkumga kiruvchi boshqa
fel`etonlarda ham uchrab turuvchi bunday hollar Kalvak obrazining ishonchli va
hayotiy bo`lishida xizmat qilgan.
Hayotni chuqur bilgan mohir hajviy Abdulla Qodiriy ikkinchi bir tipik obraz-
Toshpo`lat tajang obrazini ham yaratdi. Bu umumiy hajviy tip bilan bog`lanuvchi
va «Toshpo`lat tajang nima deydir?» («Chapanilar maydonidan») deb nomlangan
15
hamda o`ndan ortiq iborat bo`lgan fel`etonlar turkumi «Mushtum»ning 1924-26
yillardagi bir necha sonlarida shuhrat topgan hajviy asar edi. Adib mazkur asarida
o`sha davrdagi yana bir ijtimoiy tabaqa –jaholat va qoloqlik muhiti yaratgan
chapanilar, bezorilar toifasining hayotini qalamga oladi va bu guruhga xos bo`lgan
ichki qarama-qarshiliklarni hayotiy tasvirlash orqali ular ustidan xalq nazari bilan
kuladi.
Xuddi Kalvak maxzum singari Toshpo`lat tajang obrazida ham serqirralik
mavjuddir. Toshpo`lat tajang oddiy xalq vakili, uning bir bo`lagi sifatida fikr
yuritar ekan, goh-goh xaqqoniy gaplarni ham gapiradi, hayotda uchraydigan
amalparastlik, nohaklik va boshqa illatlarni ochib tashlaydi. Abdulla Qodiriy
Toshpo`lat tajangni chanapi sifatida to`ppadan to`g`ri qoralamaydi, aksincha uni
alohida bir mehr, iliq yumor bilan tasvirlaydi, hayotdagi nuqsonlarni fosh etishdan
uning obrazidan astalik bilan foydalanadi. Shu boisdan ham mazkur obraz Abdulla
Qodiriy yaratgan umuminsoniy, hayotiy obrazlardan biri bo`lib qoldi. Mazkur
asarning o`quvchilar tomonidan o`z davrida ham, hozirda him sevib o`qilishining
siri ham shunda.
Yuqoridagi ikki o`lmas hajviy tip - Kalvak maxzum va Toshpo`lat tajang
obrazlarini yaratishda Abdulla Qodiriy ularning tilini publitsistik asarlarida hajviy
tilning boy imkoniyatlaridan, turli uslublardan ustalik bilan foydalanganligini
ko`rgan Edik. Yuqoridagi fel`etonlar turkumlarida esa hajviy tilning parodiya
/masxara/ usulidan san`atkorona foydalanadi. Bu uslubni qo`llagan ijodkor
mazkur ijtimoiy illatga ega bo`lgan tabaqa yoki guruhni ularning «o`z tillari» bilan
masxaralashi, boshqacha qilib aytganda «o`z childirmasini chalgan holda
o`ynatishi» lozim. Bu esa yozuvchidan katta mahorat talab qiladi. Chunki u o`sha
tabaqaning tilini yaxshi bilibgina qolmasdan, balki undan o`z tabaqasini fosh
qiluvchi tomonlarini tanlab olishi va moxirlik bilan ishlata olishi kerak. Kalvak va
Toshpo`lat tajang xuddi anna shunday tilda gaplashadi, ular o`z tillari bilan
o`zlarini masxara qilishadi. Yozuvchining ustaligi shundaki, u mazkur tabaqalarga
xos bo`lgan umumiy til xususiyatlarini bir obrazga shundayicha taqib qo`ymasdan,
balki til sohasida ham umumiylik va birlikning o`zaro dialektik aloqada bo`lishini
16
ta`minlaydi, ya`ni umumiy til xususiyatlaridan faqat individual obraz uchun zarur
tomonlarini oladi. Mazkur individual obrazda esa butun tabaqaning barcha asosiy
xususiyatlarini dushanba», «quvvai muhofaza» kabi eski, forscha-arabcha
so`zlarni bo`lar-bo`lmasga ishlatadi, Yangi chiqqan so`zlarni esa «buloxtir»
(buxgalter), «anjirnoy» (injener). «sakratar» (sekretar) tarzida buzib talaffuz qiladi.
Shu bilan birlikda bu xususiyat uning tabaqasiga ham xosdir. Biz bunday til
munosibligini, ya`ni shaxs bilan tabaqa tilining birlashib ketganligini Toshpo`lat
tajang obrazida ham ko`ramiz. Chapani Toshpo`lat shunday gapiradi:
«Bu nima o`zi? Xudoy haqi tushunsam… buvnisasimi? (“Militsiyami?”-
demoqchi.) Murtimni ko`tarib turay, o`tib ketsin!. Eski Juvasidan yag`rin tashlab
o`tar edim; izboshkasiga teskari o`ltirib, telpakchasini chekkasiga qo`ymacha qilib
bir hezalak o`tib qoldiku. O`z ko`nglida olifta shekillik… Voy dedim, voy sani
o`sha olifta qilib tuqqanni dedim. Ishingdan qolma-e, o`sha olib bergan
shaharingni popkachangga solib beray!»
Ko`rinib turibdiki, bu xildagi gapirish ham Toshpo`latga, ham umuman
olganda barcha chapaniga xosdir. Shuning uchun ham shu yolg`iz bir obraz orqali
butun bir toifaning xarakteri ochib berilmoqda. Yozuvchi mazkur obrazlarni
tasvirlashda birdan-bir vosita-personajlarni o`z tilida gapirtirish yo`lidan
foydalanganligi uchun goh-goh turli «hayot ikr-chikrlari»ga xos so`zlar, ba`zan esa
xaqoratomuz o`xshatishlar ham qo`llaniladi, bunga o`zbek demokrat hajvchilari
asarladidan ham ko`plab misollar topish mumkin. Adib bu borada o`zbek
demokratik hajvi an`analaridan unumli foydalanganligini ko`rish mumkin.
Xulosa qilib aytganda Abdulla Qodiriyning yigirmanchi yillarning boshida
yaratgan hajviy asarlari o`zbek hajvietining takomiliga katta hissa qo`shdi, uni
yangi shakliy janrlar, ijtimoiy kulgi turlaridan foydalanish va hajviy obrazlar, tiplar
yaratish bilan boyitdi. Abdulla Qodiriy o`zbek hajvso`zida chinakam yangi
omilkor sifatida ish ko`rdi, turli ijodiy kashfiyotlari bilan uni boyitdi. G`oyaviy
zo`rovonlik va keyinchalik amalga oshirilgan siyosiy jallodlik yuz bermaganida
adib qalamidan yana ko`plab ajoyib hajviy asarlar, ichak uzdi kulgilar, obrazlar,
tiplar kutish mumkin edi. Ammo adib baribir o`zbek matbuoti, hajvso`zi tarixida
17
tengsiz siymo, «fel`etonlar qiroli» bo`lib adabiy qoldi. O`zbek hajvietidagi adib
an`analari hamon barhayot yashab, hajvchilari uchun doimiy ijodiy maktab,
bemisl, namuna bo`lib xizmat qilib kelmoqda.
18
Do'stlaringiz bilan baham: |