Elektromexanik yozuv.
1925 yil rupor orqali ovoz yozib olish o`rniga elektro akustik uslub -
mikrofon orqali ovoz yozish uslubi qo`llanila boshlandi. Tovush buzilishlarini
kamayishi xisobiga chastota diapazoni 150-4000 Gs. dan 50 – 10000 Gs. gacha
kengaydi.
Plastinka aylanishi uchun xizmat qiladigan prujinali dvigatel o`rniga elektr
dvigatel qo`llandi. Mexanik tovush oluvchi (zvukasnimatel) o`rniga avvaliga
pezoelektrik, keyinchalik sifatiliroq bo`lgan magnitli tovusholuvchilar qo`llandi.
Bu tovusholuvchilar gramplastinka tovush yo`lakchasi bo`ylab xarakatlanayotgan
igna tebranishlarini elektr signallariga o`zgartirar, elektron kuchaytirgich orqali
kuchaytirilib, radiokarnayga tushardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |