Ўзбекистон республикаси ахборот технологиялари ва коммуникацияларини ривожлантириш вазирлиги муҳаммад ал-хоразмий номидаги


TA’LIM JARAYONIDA VIRTUAL QURILMALARDAN FOYDALANISH



Download 7,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/321
Sana10.07.2022
Hajmi7,61 Mb.
#768599
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   321
Bog'liq
591c3149ad5ef

 
TA’LIM JARAYONIDA VIRTUAL QURILMALARDAN FOYDALANISH 
AFZALLIKLARI 
Ya.T.Yusupov (ToshDTU katta o‘qituvchilari), 
S.T.Gulyamova (ToshDTU katta o‘qituvchilari) 
Axborot texnologiyalari rivojlangan hozirgi davrda dars o‘tishda turli ta’lim vositalaridan 
foydalanish muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, texnik vositalarni qo‘llab dars o‘tish o‘quvchi – 
talabalarning fanni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini ortirishga, berilayotgan axborotlarni chuqur 
o‘zlashtirishga katta yordam beradi. Ilmiy tadqiqot, ta’lim sohalarida ham boshqa sohalarda 
bo‘lgani kabi mehnat sifati, unumdorligi va samaradorlik darajasini yuksaltirish, ularda tatbiq 
qilinayotgan 
eng 
zamonaviy 
axborot-kommunikasiya 
texnologiyalari bilan bog‘liq. 


234 
Respublikamiz Prezidenti mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va 
fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida: “Dunyodagi yetakchi mamlakatlar tajribasiga 
tayangan holda, kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash milliy tizimining takomillashtirilishi 
axborot sohasidagi faoliyatning sifati va saviyasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar tizimida 
ko‘p jihatdan hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ldi”, deb ta’kidladi. 
Toshkent davlat texnika universiteti Radiotexnik qurilmalar va tizimlar kafedrasining bir 
qator fanlaridan ma’ruza, amaliyot va laboratoriya mashg‘ulotlarida mavzularni talabalarga 
to‘laligicha yetkazishda kompyuter texnologiyalaridan foydalangan holda tashkil qilib 
kelinmoqda. Mavzularni talabalarga kompyuter texnologiyalaridan foydalangan holda yetkazish 
talabalar mavzularni tezroq o‘zlashtirishi va ularda tasavvurni kengayishiga olib keladi. 
Fan va texnikada axborot va kommunikasiya texnologiyalaridan foydalanish sohasida 
keyingi vaqtlarda yangi "virtual laboratoriya" atamasi paydo bo‘ldi. Bu atamadan hozirgi vaqtda 
ta’lim sohasida ayniqsa keng foydalanilmoqda. 
"Virtual laboratoriya" – virtual asbob yordamida kompyuterda ishlash imkoniyatini 
beradigan, unga qo‘shimcha qilingan apparatli va dasturli vositalar to‘plamidan iborat bo‘lib, real 
mashina yoki texnik kurilmani ishlash jarayonini o‘zida aks ettiribgina qolmasdan, balki, real 
jarayonni tadqiq qilishga ham imkon yaratib beradi. 
Virtual laboratoriyalardan foydalanishning quyidagi afzalliklari mavjud: 
1. Murakkab texnik qurilmalarni kompyuterdagi modelini ishlab chiqib, ularning ish 
jarayonini turli rejimlarda tekshirish, tahlil qilish va xulosa olish. Bu esa ko‘p omilli tadqiqotlarni 
o‘tkazishga, qurilmani tayyorlash va tadqiqotlarni o‘tkazish uchun mablag‘ va vaqtni tejashga 
yordam beradi. 
2. Virtual laboratoriya qurilmalarida model uchun avvaldan berilgan tadqiqot 
parametrlarini o‘zgarishsiz qoldirgan holda jarayonni ixtiyoriy vaqtda, ixtiyoriy sharoitda va 
ixtiyoriy muddatga tadqiq qilish mumkin. 
3. Tadqiqot jarayonida qurilma parametrlarini xohlagan miqdorga o‘zgartirish mumkin. 
4. Virtual laboratoriya qurilmalaridan foydalanish jarayonida xatoliklar sodir bo‘lgan 
taqdirda ham qurilma ishdan chiqmaydi. 
5. Virtual laboratoriya qurilmalardan foydalanish ta’lim jarayonidagi moddiy-texnik 
ta’minot borasidagi muammolarni oz bo‘lsada kamaytirishga hizmat qiladi. 
Hozirgi vaqtda turli sohalarga oid virtual laboratoriya qurilmalari tayyorlangan va amalda 
foydalanilmoqda. Bunda C++, Delphi va boshqa qator dasturlash tillaridan foydalaniladi. 
Jumladan, radiotexnika va sxemotexnikaga oid real va virtual laboratoriyalar tayyorlashda 
DELPHI, Micro-Cap, Circuit Maker 6,0, Electronics Workbench (EWB) va uning 
takomillashtirilgan dasturlaridan foydalaniladi. 
Talaba virtual turdagi laboratoriya ishlarini kompyuter orqali bajarib, laboratoriya ishini 
bajarish bosqichlari va qanday natijaga erishish to‘g‘risida tasavvur va xulosaga ega bo‘ladi. 
Aynan shu laboratoriya ishini stendlarda bajarishda hech qanday qiyinchiliksiz amalga oshiradi. 
Ishchi dasturda belgilangan laboratoriya ishlarining deyarli barchasi shu tarzda tashkil qilinmoqda. 
“Radiotexnik qurilmalar va tizimlar” kafedrasining bir qator fanlarini o‘qitishda yuqorida 
qayd etilgan dasturlar asosida ishlab chiqilgan virtual laboratoriya qurilmalaridan 
foydalanilmoqda. 
Kompyuter texnologiyalari asosida darslarni tashkil qilish talabalarni fanni o‘zlashtirish 
ko‘rsatkichini yaxshilaydi va fan o‘qituvchisi uchun talabalarga ko‘proq ma’lumot yetkazish 
imkoniyatini beradi. 
Axborot texnologiyalari nafaqat kelajak texnologiyasi, shuningdek, o‘tmish tariximizni, 
milliy an’analarimizni, merosimiz, dinimiz, millatimiz, o‘zligimiz, tilimizni o‘rganishda ham 
asosiy vositalardan biri sifatida o‘z mavqeiga egaligi shubhasiz, zero ta’lim-tarbiya jarayonlarida 
yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini qo‘llashda o‘tmish allomalarimizning g‘oya va 
qarashlaridan foydalanish talabalarni o‘qitish va tarbiyalashda yanada samarali bo‘lishini 
ta’minlaydi. Bunday natijaga erishish uchun esa o‘quv mashg‘ulotlarida axborot 
texnologiyalaridan kengroq foydalanish lozim. Shunday ekan, o‘qituvchi yangi pedagogik va 


235 
axborot texnologiyalarini o‘zlashtirishi va uni darsda tatbiq etishi, takomillashtirib borishi, o‘z 
ustida ishlashi, mavzuni hayotiy voqealar bilan bog‘lashi orqali — kelgusida talabalarda mantiqiy, 
aqliy, ijodiy, tanqidiy mustaqil fikrlashni shakllantirishga, qobiliyatlarini rivojlantirishga, 
raqobatbardosh, yetuk mutaxassis bo‘lishlariga hamda mutaxassisga kerakli bo‘lgan kasbiy 
fazilatlarni tarbiyalashga erishadi. 
Ta’lim jarayoniga axborot texnologiyalarining tatbiq etilishi, shubhasiz, bu jarayondagi 
masalalarni sifat jihatidan yuqori darajada hal etilishiga va yanada samarali ish usullari hamda 
shakllariga o‘tish imkonini beradi. 

Download 7,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish