50
An’anaga ko‘ra, she’riyatda oq rang ezgulik, poklik, yaxshilik, beg‘uborlik,
yorug‘lik timsoli hisoblansa, qora rang baxtsizlik, o‘lim, yovuzlik kabi ma’nolarni
ifodalashi bilan birga kuch-qudrat, buyuklik kabi ma’nolarga ham ega.
Lekin
rangdagi bu ma’nolar turg‘un emas. Ular turli davr va shoir estetik maqsadiga
ko‘ra farqlanishi mumkin.
Shoir Sirojiddin Sayyid she’rlarida ham oq rang an’anaviy tarzda ezgulik,
yorug‘lik, sakmimiylik kabi ma’nolarni beradi. Va bu ma’nolar Shoir
dunyoqarashida tajassum topgan hayot manzaralarini chizishda o‘z ko‘lamini
kengaytiradi.
Ohlarim ichinda ungan oq gulim
Necha yil yashadim men mushtoq, gulim.
Gohi karashmaga to‘lug‘ daryosan,
Goh oppoq bahorday bir quchoq, gulim...
Yoki:
Ufqlar, qirlaru osmongacha qor
Toshkantdan Termizu Surxongacha qor.
Ona, bu sog‘inchni qandoq yozayin,
O‘rtamizda cheksiz oppoq varaq bor.
Ustoz Abdulla Qahhor “Poeziya – yuksak san’at”
maqolasida yozganidek,
“She’rning mo‘jizalik sirlaridan voqif bo‘lish, bu sirlarni jilovlash har kimga ham
muyassar bo‘lavermaydi. Bunga erishish uchun zehn, sabr va mehnatdan boshqa
yana nimadir kerak”
11
. O‘sha “kerak nimadir”, nazarimizda ilohiy ne’mat – badiiy
kashf etish salohiyatidir. Demak, o’zbek she’riyatida rang bilan bog‘liq ramziy
obrazlarni shartli ravishda quyidagicha turkumlash mumkin:
Insoniy sevgi-muhabbat mavzuidagi ramzlar.
Insoniy fazilatlarni ulug‘lashga,
mehr-oqibat, ezgulikni qadrlashga undash
mavzuidagi ramzlar.
Ijtimoiy – siyosiy mavzudagi ramzlar.
11
Қаҳҳоровa К. Чорак аср ҳамнафас. –Т.: Ёш гвардия, 1987. – Б.26.
51
- o’zbek she’riyatida islom asotirlari va g‘oyalari bilan sug‘orilgan she’rlar
paydo bo‘ldi. Professor Hakimjon Karimov “Bu she’rlar «Qur’on» surasidagi
oyatlarda va hadislardagi kishini to‘g‘ri yo‘lga solishga irshod qilingan fikrlar
asosida yozilgani uchun kishi imonini mustahkamlashga juda qo‘l kelyapti. Chunki
imoni mustahkam odam har qanday yomonlikdan va insoniy illatlardan saqlanadi,
hech kimga zulm qilmaydi”-deb ta’kidlaydi . Bugungi o’zbek she’riyatiga xos
shakliy va uslubiy
izlanishlar ayolga xos yoniq, bezovta ruhiyat manzaralarini
she’riy yo‘sinda ifoda etayotgan Farida Afro‘zning “Tasbeh”, “Ushshoq” kabi
to‘plamlari misolida ham kuzatiladi.
Shoiraning 231 tasbeh va 99 fiqrani o‘z ichiga olgan “Tasbeh” to‘plamidagi
uchlik shaklini olgan she’rlari so‘ngi davr she’riyatiga xos yangi hodisa sifatida
e’tirof etildi. 33 tasbehning go‘yo bir shodaga tizilib, yetti She’riy marjonni hosil
qilishi chindan shakliy ifoda yaratishdagi shoira kashfiyotidir. Muallif qisqa
uchliklar zamiriga serqatlam, salmoqli poetik ma’nolarni singdirib, inson ko‘nglini
poklashga undovchi misralarni tasbeh donalari kabt tizib chiqadi.
Bu misralar tag
ma’noli, falsafiy fikrlarni ifoda etadi. Odamlarni qalban poklanishga chorlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: