Agentlik xizmatlari.
Bunda bank muayyan muddatga
tuzilgan shartnoma asosida prinsipal deb ataluvchi o‘z mijozi
nomidan va uning topshirig‘i bo‘yicha harakat qiladi. Bu
holda bank mulkni tasarruf etish huquqiga ega bo‘lmaydi;
mulkni tasarruf etish huquqi prinsipalning o‘zida qoladi.
Vositachilik xizmatlari qimmatliklarni seyflarda saqlashdan
iborat bo‘lib, bunda bank mijozning topshirig‘i bo‘yicha
qimmatliklarni oladi, saqlaydi va beradi yoki seyflarni ijaraga
beradi. Mijozning o‘zi bu seyflarda o‘z qimmatliklarini, shu
jumladan, qimmatli qog‘ozlarini saqlaydi. Bank vositachilik
xizmatlarini ko‘rsatib, mijozning aktivlarini saqlaydi: uning
ko‘rsatmalariga asosan harakat qilib, aksiyalar bo‘yicha
dividendlar, obligatsiyalar bo‘yicha foizlar olish, obligatsiya-
larni to‘lash, qimmatli qog‘ozlarni almashtirish va h.k.ga
doir operatsiyalarni bajaradi. Nihoyat, vositachilik xizmati
ko‘rsatish doirasida prinsipal aktivlarini boshqarish amalga
oshiriladi, bunda bank mijozning topshirig‘i bo‘yicha investi-
tsiyalashni amalga oshiradi, mijoz nomidan shartnomalar
tuzadi, qimmatli qog‘ozlarni beradi, ssudalar oladi, cheklar
yozib beradi va imzolaydi, veksellarni indossatsiya qiladi,
qimmatli qog‘ozlar portfelining holatini tahlil qiladi, mijoz
portfelida mavjud bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar kurslarini
kuzatib boradi, qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisini amalga
oshiradi, ularning sug‘urtasini rasmiylashtiradi va h.k.
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan davlatlarda trast opera-
tsiyalarini olib borishga katta ahamiyat beriladi. AQSHda,
masalan, 1939-yili shartnoma trastlar to‘g‘risida maxsus
qonun qabul qilingan bo‘lib, u qimmatli qog‘ozlar va fond
birjalari komissiyasiga trast o‘zaro munosabatlarni tartibga
solish sohasida keng vakolatlar berdi.
Aksiyadorlar reestri (ro‘yxati)ni yuritish
. Odatda, bunday
xizmatdan ko‘p sonli aksiyadorlari bo‘lib, bank mijozlaridan
hisoblangan aksiyadorlik jamiyatlari foydalanadi. Aksiyador-
larning reestrini yuritib, bank aksiyadorlik jamiyati qatnash-
chilarining tarkibi, unda kuchlarning joylashishi, aksiyalar
harakati va h.k. to‘g‘risida axborot oladi. Rossiya Fede-
ratsiyasida aksiyadorlar reestrini yuritish bo‘yicha bank
xizmatlaridan asosan xususiylashtirish natijasida tuzilgan aksi-
yadorlik jamiyatlari foydalanadi. Bunda banklar bevosita
reestrni shakllantiradi, undagi o‘zgarishlarni qayd etib boradi,
reestrlardan ko‘chirma beradi, aksiyadorlar tarkibi to‘g‘risida
turlicha hisobotlar hamda hisoblab yozilgan dividendlar
bo‘yicha ro‘yxatlar beradi.
Hozirgi yilda qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni
amalga oshiradigan banklar bilan bank bo‘lmagan investitsiya
muassasalari o‘rtasida raqobatning kuchayib borayotgani
ko‘zatilmoqda. Bunda banklar o‘zlarining huquqlari, moliya-
viy bazasi, aktivlari diversifikatsiyasi, kadrlar tarkibi va mod-
diy ta’minoti jihatidan bank bo‘lmagan investitsiya muassa-
salari oldida ulkan afzalliklarga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |