«Donishnoma» («Bilimlar kitobi») nomli asarida mazkur madrasalarda faqat
musulmonchilikka oid bilimlar berilibgina qolmay,
balki dunyoviy ilmlar ham
o‗rganilganligi, ilmiy tadqiqotlar olib borilganligi, ularning negizida ilmiy
maktablarning yuzaga kelganligi qayd etiladi.
O‗z davrida madrasalarda o‗qitilishi yo‗lga qo‗yilgan fanlarni Abu Ali
Ibn Sino quyidagi tizimlar bo‗yicha ajratadi: odob (xulq etikasi), astronomiya,
tibbiyotshunoslik, til va uning grammatikasi, fikh (musulmon qonunchiligi).
Alloma tomonidan taklif etilgan tarbiya turlari esa quyidagilardan iborat:
1)
aqliy tarbiya; 2) jismoniy sog‗lomlashtirish; 3) estetik tarbiya; 4) ma'naviy
tarbiya; 5) hunarga o‗rgatish. Abu Ali Ibn Sino tomonidan taklif etilgan tarbiya
turlari Markaziy Osiyoda, Uyg‗onish davrida (IX-X asr) ta'limning
insonparvarlik va shaxsning barkamol rivojlanishi borasidagi g‗oyalarga
asoslangan edi deyishga imkon beradi.
Sharqdagi Uyg‗onish davri Sharq mutafakkirlari – Muahammad Muso
al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino,
Abu Rayhon Beruniylar
o‗zlarining ta'limiy qarashlarida birinchi o‗ringa inson shaxsini qo‗yadilar
hamda bolalarni har tomonlama, jismoniy va estetik kamolotga erishishlari,
shuningdek, tillarni bilishlarini zarur deb hisoblaydilar. Aqliy ta'limni tashkil
etuvchi fanlar sirasiga matematika, astronomiya,
mexanika va tabiatshunoslik
kabi tabiiy-ilmiy fanlarni kiritadilar.
Allomalar bolaga hurmat bilan munosabatda bo‗lish g‗oyasini ilgari
suradilar, sxolastik o‗qitish va qattiy intizomga qarshi chiqadilar. Ularning
fikricha, o‗qish bolada bilimlarga qiziqishni uyg‗otishi kerak.
Muhammad Tarag‗ay Ulug‗bekning (1394-1449 yillar) Samarqanddagi
faoliyati XIV-XV asrlarda madrasalarning fanlar rivojini ta'minlovchi
markazlari vazifasini bajarganligini ko‗rsatadi. Muhammad Tarag‗ay Ulug‗bek
Samarqandning hukmdori bo‗lishi bilan birga astronom, matematik va tarixchi
sifatida mashhur bo‗lgan. Shuningdek, allomaning
mohir pedagog ham
bo‗lganligini tarixiy dalillar qayd etadi. Chunonchi, alloma ko‗plab iste'dodli
yoshlarni tarbiyalagan. U odamlar, ayniqsa yoshlarning ilmiy bilimlarni
o‗rganishlariga katta ahamiyat bergan.
Alloma o‗z davlatida ta'lim sohasida jiddiy islohotlarni tashkil etdi. U
madrasalarni davlat ta'minotiga o‗tkazdi, mudarris (o‗qituvchi)larga oylik ish
haqi belgilagan, shogird (talaba)larga stependiya ajratgan.
Muhammad Tarag‗ay Ulug‗bek madrasa o‗quv rejasiga quyidagi fanlar:
arab tili, adabiyot, qur'on, Hadis,
ritorika, mantiq, falsafa, fikh (qonunchilik),
metafizika, matematika, astronomiya, tibbiyot, geografiya, tarix kabi fanlarni
kiritadi.
Mutafakkir tomonidan barpo etilgan hamda o‗zi bevosita ta'lim
bergan
madrasalarda o‗qish quyidagi bosqichlardan iborat bo‗lgan:
1. ―Anda‖ (kichik) – o‗qish muddati 2 yil.
2. ―Aust‖ (o‗rta) – o‗qish muddati 3 yil.
3. ―A'lo‖ (oliy) – o‗qish muddati 3 yil.
Bunday yondashuvda, bugungi kun nuqati nazaridan aytganda
bakalavriat va magistratura ko‗zga tashlanadi. Ayni vaqtda ular o‗rta asr
yevropa universitetlari uchun ham xos bo‗lgan.
Buyuk iste'dod egasi sifatida alloma o‗z davridan bir necha asrlarga
o‗zib ketgan. Deyarli 600 yil avval Muhammad Tarag‗ay Ulug‗bek quyidagi
aksiomani ilgari surgan: bilim olishga intilish davlat ravnaqiga yo‗l demakdir.
Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarning hozirgi tajribasi mazkur fikrni to‗la
tasdiqlaydi.
yevropa uyg‗onish davri (XIV-XVI asrlar) ma'rifatparvarlari XVIII-XIX
asrlarda ham shaxsning barkamol rivojlanishi g‗oyalarini ilgari surganlar. Misol
uchun, Italiya ma'rifatparvari V. De Feltre (XV asr) ―quvonch maktabi‖ni tashkil
etadi. Bu maktabda bolaga erkin jismoniy va aqliy rivojlanish imkoni berilgan.
J.J.Russoning erkin tarbiya nazariyasi, I.G.Pestalotssining
odamni faol hayotiy
faoliyatga jalb etish yo‗li bilan uni rivojlantirish haqidagi g‗oyasi XX asr
pedagogikasining rivojiga o‗z ta'sirini ko‗rsatdi.
Do'stlaringiz bilan baham: