Termiz davlat universiteti "umumiy pedagogika" kafedrasi umumiy pedagogika fanidan



Download 2,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet183/215
Sana09.07.2022
Hajmi2,83 Mb.
#767263
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   215
Bog'liq
umumiy pedagogika

Ta'lim tizimi va turlari
. Ta'lim tizimi davlat siyosatining asosiy 
tamoyillari asosida yosh avlodga ta'lim-tarbiya berish yo‗lida faoliyat yurituvchi 
barcha turdagi ta'lim muassasalari majmui demakdir. Har bir mamlakatning 
ta'lim tizimi uning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti bilan 
chambarchas bog‗liq bo‗ladi. 
O‗zbekiston Respublikasining ta'lim tizimi davlat ta'lim standartlariga 
muvofiq ta'lim dasturlarini amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta'lim 
muassasalari, ta'lim tizimining faoliyat ko‗rsatishi va rivojlanishini ta'minlash 
uchun zarur bo‗lgan tadqiqot ishlarini boshqaruvchi ilmiy-pedagogik 
muassasalar, ta'lim sohasidagi davlat boshqaruv organlari, shuningdek, ularga 
qarashli korxonalar, muassasalar va tashkilotlarni o‗z ichiga oladi. 
Respublikaning ta'lim tizimi yagona va uzluksizdir. 
Respublika 
«Ta'lim 
to‗g‗risida»gi 
qonunda 
ta'kidlanganidek, 
O‗zbekiston Respublikasida ta'lim quyidagi turlarda amalga oshiriladi: 
Maktabgacha ta'lim – bolaning sog‗lom, har tomonlama kamol topib 
shakllanishini ta'minlovchi, unda o‗qishga intilish hissini uyg‗otuvchi, uni 
muntazam ta'lim olishga tayyorlovchi hamda bola olti-yetti yoshga yetguncha 
davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari va oilalarda amalga 
oshiriluvchi ta'lim bosqichi. 
Umumiy o‗rta ta'lim ikki bosqichda amalga oshiriladi. Ular 
quyidagilardir: 
1)
boshlang‗ich ta'lim (1-4-sinflar); 
2)
umumiy o‗rta ta'lim (1-9-sinflar). 
Boshlang‗ich ta'lim o‗quvchilarga murakkab bo‗lmagan ilmiy bilimlarni 
berish asosida ularda o‗qish, yozish va hisoblashga oid dastlabki bilim, 
ko‗nikma hamda malakalarni shakllantirish asosida ularda shaxsiy gigiena va 
sog‗lom turmush tarzi elementlarini hosil qilish bosqichi. 


Umumiy o‗rta ta'lim o‗quvchilarning fan asoslari bo‗yicha muntazam 
bilim olishlarini, ularda bilim o‗zlashtirish ehtiyojini, asosiy o‗quv-ilmiy va 
umummadaniy bilimlarni, milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan 
ma'naviy-axloqiy fazilatlarni, mehnat ko‗nikmalarini, ijodiy fikrlash va atrof-
muhitga ongli munosabatda bo‗lishni va kasb tanlash ko‗nikmalarini 
shakllantirish
115
bosqichi. Umumiy o‗rta umumiy o‗rta ta'lim muassasalarida 
amalga oshirilib, o‗quvchilarga I-IX sinflar hajmida davlat ta'lim standartlari 
talablariga muvofiq fan asoslari bo‗yicha majburiy ta'lim beriladi. 
Bolalarning qobiliyati, iste'dodini rivojlantirish uchun ixtisoslashgan 
maktablarning tashkil etilishi esa ularning istiqbollarini ta'minlashda muhim 
ahamiyatga ega. 
Umumiy o‗rta ta'lim negizida o‗qish muddati uch yil bo‗lgan majburiy 
o‗rta maxsus kasb-hunar ta'limi amalga oshiriladi. Mazkur ta'lim uzluksiz ta'lim 
tizimida o‗ziga xos o‗ringa ega bo‗lgan mustaqil tur hisoblanadi. O‗rta maxsus 
kasb-hunar ta'limi – umumiy o‗rta ta'lim negizida majburiy-ixtiyoriy ravishda 
tashkil etilib, o‗quvchilarga ularning imkoniyatlari va qiziqishlari asosida tanlab 
olingan kasb-hunar bo‗yicha bir yoki bir necha ixtisoslik asoslariga oid 
bilimlarni berish bosqichi. Mazkur muassasalarda ta'lim olish o‗quvchilar 
tomonidan majburiy-ixtiyoriy ravishda tanlanadi. 
Akademik litsey o‗quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga 
olgan holda ularning jadal intellektual rivojlanishi chuqur, sohalashtirilgan, 
tabaqalashtirilgan, kasbga yo‗naltirilgan ta'lim olishlarini ta'minlash maqsadida 
davlat ta'lim standartlariga muvofiq o‗rta maxsus ta'lim beruvchi, yuridik 
maqomga ega ta'lim muassasasi. 
Akademik litseylar asosan oliy o‗quv yurtlari qoshida tashkil etiladi. 
Kasb-hunar kolleji o‗quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, bilim va 
ko‗nikmalarini chuqur rivojlantiruvchi, tanlab olingan kasb-hunar bo‗yicha bir 
yoki bir necha ixtisosni egallash imkonini yaratish maqsadida, tegishli davlat 
ta'lim standartlari doirasida o‗rta maxsus, kasb-hunar ta'limini beruvchi, yuridik 
maqomga ega ta'lim muassasasi. 
Kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilariga davlat tomonidan tasdiqlangan 
namunadagi diplom hamda o‗rta ma'lumotga ega bo‗lganlik to‗g‗risidagi 
guvohnomalar beriladi. Ular bitiruvchilarga ta'limning keyingi bosqichlarida 
o‗qishni davom ettirish yoki egallangan ixtisoslik va kassb-hunar yo‗nalishi 
bo‗yicha mehnat faoliyati bilan shug‗ullanish huquqini beradi. 
Oliy ta'lim - o‗rta maxsus, kasb-hunar ta'limi negiziga asoslanib, ikki 
bosqich (bakalavriyat hamda magistratura)da tashkil etiladigan hamda 
mutaxassisliklar yo‗nalishlari bo‗yicha xalq xo‗jaligining turli sohalariga oliy 
ma'lumotli mutaxassislarni tayyorlab beruvchi ta'lim bosqichi. 
1
1
Кадрлар тайѐрлаш миллий дастури //Олий таълим: меъѐрий щужжатлар тыплами. – 
Тошкент: Шар= нашриѐт-матбаа акциядорлик компанияси Бош тащририяти. 2001. – 35-
бет.


Bakalavriat – mutaxassislik yo‗nalishi bo‗yicha fundamental va amaliy 
bilim beradigan, ta'lim muddati kamida to‗rt yil davom etadigan tayanch oliy 
ta'limdir. Bakalavrlik dasturi tugatilgandan so‗ng bitiruvchilarga «bakalavr» 
darajasi beriladi va davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi kasb-hunar 
faoliyati bilan shug‗ullanish huququini beruvchi diplom topshiriladi. 
Magistratura – aniq mutaxassislik bo‗yicha fundamental va amaliy bilim 
beradigan, bakalavriat negizida ta'lim muddati kamida ikki yil davom etadigan 
oliy ta'limdir. 
«Magistr» darajasini beradigan davlat malaka attestatsiyasi magistrlik 
dasturining intihosidir. Magistrlarga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi, 
kasb-hunar faoliyati bilan shug‗ullanish huquqini beradigan diplom topshiriladi. 
Oliy o‗quv yurtidan keyingi ta'lim jamiyatning oliy malakali ilmiy va 
ilmiy-pedagog kadrlarga bo‗lgan ehtiyojlarini qondirish, shaxsning ijodiy ta'lim 
– kasb-hunar manfaatlarini qanoatlantirishga qaratilib, oliy o‗quv yurtlari va 
ilmiy-tadqiqot muassasalarida aspirantura, ad'yunktura va doktoranturada ta'lim 
olish, shuningdek, mustaqil tadqiqotchilik faoliyatini tashkil etish asosida 
amalga oshiriladigan ta'lim bosqichi. 
Oliy o‗quv yurtidan keyingi ta'lim bosqichlarida tahsil olish (aspirantura, 
doktorantura) muayyan ilmiy daraja (fan nomzodi va fan doktori ilmiy 
darajasi)ni olishga imkon beruvchi dissertatsiya himoyasi bilan yakunlanadi. 
Yakuniy davlat attestatsiyasi natijalariga ko‗ra tegishli mutaxassislik 
yo‗nalishlarida fan nomzodi va fan doktori ilmiy darajasi berilib, davlat 
tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplomlar topshiriladi. 
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash mutaxassislarning 
kasb bilimlari va ko‗nikmalarini yangilash hamda chuqurlashtirish maqsadida 
tashkil etiluvchi ta'lim bosqichi. 
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ta'lim 
muassasalaridagi o‗qish natijalariga ko‗ra davlat tomonidan tasdiqlangan 
namunadagi guvohnoma va sertifikat topshiriladi. 
Maktabdan tashqari ta'lim madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va 
boshqa yo‗nalishlarda yo‗lga qo‗yiluvchi, bolalar hamda o‗smirlarning ta'limga 
bo‗lgan, yakka tartibdagi, ortib boruvchi talab-ehtiyojlarini qondirish, ularning 
bo‗sh vaqti va dam olishini tashkil etish maqsadida tashkil etiladigan ta'lim 
bosqichi. 
Maktabdan tashqari ta'lim davlat organlari, jamoat tashkilotlari, 
shuningdek, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan maktabdan tashqari 
davlat va nodavlat ta'lim muassasalarida olib boriladi. 

Download 2,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish