138-modda. Budjetlararo o‘zaro hisob-kitoblar
Budjetlararo o‘zaro hisob-kitoblar moliya yili mobaynida budjetlar parametrlari o‘zgarganda
yuqori va quyi turuvchi budjetlar o‘rtasida yuzaga keladigan o‘zaro pul munosabatlaridir.
Budjetlararo o‘zaro hisob-kitoblar:
Oldingi
tahrirga qarang.
qonunchilik hujjatlari qabul qilinganligi;
(138-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi
O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari
daromadlarining prognozi aniqlashtirilganligi;
budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning bo‘ysunuvi o‘zgarganda xarajatlar bir
budjetdan boshqa budjetga o‘tkazilganligi;
kapital qo‘yilmalar limitlari budjetlar darajalari o‘rtasida qayta taqsimlanganligi munosabati
bilan yuzaga keladi.
Budjetlararo o‘zaro hisob-kitoblarga kiritilishi lozim bo‘lgan summa yuqori turuvchi moliya
organi tomonidan aniqlanadi.
Oldingi
tahrirga qarang.
138 -modda. Maqsadli ijtimoiy transfertlar
Oldingi
tahrirga qarang.
Maqsadli ijtimoiy transfertlar yuqori turuvchi budjetdan quyi turuvchi budjetga ta’lim va
tibbiyot muassasalarining ish haqi va ijtimoiy soliq bo‘yicha xarajatlarini qoplash uchun ajratiladi.
(138 -moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 9-noyabrdagi O‘RQ-646-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2020-y., 03/20/646/1488-son)
Maqsadli ijtimoiy transfertlarning miqdorlari:
Oldingi
tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi
budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga — Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun
loyihasi qabul qilinayotganda;
(138 -modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 30-
dekabrdagi O‘RQ-660-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y.,
03/20/660/1682-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlari va
Toshkent shahrining shahar budjetidan tumanlar va shaharlar budjetlariga — Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari
tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari
to‘g‘risidagi qarorlar qabul qilinayotganda belgilanadi.
(138 -modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 30-
dekabrdagi O‘RQ-660-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y.,
03/20/660/1682-son)
Foydalanilmagan maqsadli ijtimoiy transfertlar joriy moliya yili oxirida tegishli yuqori turuvchi
budjetga qaytarilishi kerak.
(138 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-454-sonli
Qonuniga
asosan
kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.01.2018-y., 03/18/454/0493-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |