O‘zbekiston respublikasining budjet kodeksi umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/114
Sana09.07.2022
Hajmi0,71 Mb.
#766346
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   114
Bog'liq
26.12.2013. O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi

20-bob. Budjetlararo munosabatlar
132-modda. Budjetlararo munosabatlar tushunchasi
Budjetlararo 
munosabatlar 
O‘zbekiston 
Respublikasining 
respublika 
budjeti,
Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari, Toshkent
shahrining shahar budjeti, tumanlar, shaharlar budjetlari, shuningdek davlat maqsadli
jamg‘armalari budjetlari o‘rtasidagi ushbu Kodeks bilan tegishli budjetlarga biriktirilgan xarajatlarni
amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan tegishli budjetlarni moliyaviy resurslar bilan ta’minlashga doir
munosabatlardir.
Budjet jarayonida:
O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetining tumanlar va shaharlar budjetlari bilan;
davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining tumanlar va shaharlar budjetlari bilan;


Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va
Toshkent shahri shahar budjetining bir-biri bilan, shuningdek boshqa ma’muriy-hududiy birlikning
tumanlari va shaharlari budjetlari bilan;
tumanlar va shaharlar budjetlari o‘rtasida o‘zaro munosabatlariga yo‘l qo‘yilmaydi.
133-modda. Budjetlarning darajalari o‘rtasida daromadlar va xarajatlarni o‘tkazish
Daromadlarni kompensatsiya qilish yoki xarajatlarni qoplash Davlat budjetini ijro etish
jarayonida ushbu Kodeksning 
138-moddasida 
nazarda tutilgan, quyi turuvchi budjetlarning
daromadlarini va (yoki) xarajatlarini kamaytirishga yoxud ko‘paytirishga olib keladigan hollarda
o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha mablag‘larni ajratish yoki olib qo‘yish orqali majburiy tartibda amalga
oshiriladi.
134-modda. Budjetlararo transfertlarning shakllari
Oldingi
 tahrirga qarang.
Budjetlararo transfertlar subvensiyalar, o‘tkazib beriladigan daromadlar, dotatsiyalar, budjet
ssudasi o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha mablag‘lar, tartibga soluvchi budjetlararo transfertlar va
maqsadli ijtimoiy transfertlar shaklida amalga oshiriladi.
(134-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-660-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/660/1682-son)
Budjetlararo transfertlarning hajmlari:
Oldingi
 tahrirga qarang.
joriy moliya yilida turli darajadagi budjetlar daromadlari va xarajatlari o‘zgarishiga sabab
bo‘luvchi qonunchilik hujjatlari qabul qilinganda;
(134-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi
O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
tegishli barcha soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning to‘liq tushishidan hamda budjetdan
ajratiladigan mablag‘larning o‘zlashtirilishidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Yuqori turuvchi moliya organi tashabbusi bilan yuqori turuvchi budjet quyi turuvchi budjet
oldidagi budjetlararo transfertning bir shakli bo‘yicha majburiyatlari quyi turuvchi budjetning
yuqori turuvchi budjet oldidagi budjetlararo transfertning boshqa shakli bo‘yicha majburiyatlarini
kamaytirish evaziga hisobga olinishi mumkin.

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish