O‘zbekiston respublikasining budjet kodeksi umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/114
Sana09.07.2022
Hajmi0,71 Mb.
#766346
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   114
Bog'liq
26.12.2013. O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi

135-modda. Subvensiyalar
Subvensiyalar asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi va Davlat budjetining asosiy
parametrlari tasdiqlanayotganda belgilangan xarajatlarni amalga oshirish uchun ajratiladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi
budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga beriladigan subvensiyalarning
miqdorlari Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasi qabul qilinayotganda belgilanadi.
(135-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-660-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/660/1682-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlari va
Toshkent shahrining shahar budjetidan tumanlar va shaharlar budjetlariga beriladigan
subvensiyalarning miqdorlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari
viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti,
viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari to‘g‘risidagi qarorlar qabul qilinayotganda
belgilanadi.
(135-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-660-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/660/1682-son)
Foydalanilmagan subvensiyalar joriy moliya yili oxirida tegishli yuqori turuvchi budjetga
qaytarilishi kerak.
136-modda. O‘tkazib beriladigan daromadlar
Tegishli ma’muriy-hududiy birliklar hududida shakllantiriladigan va yuqori turuvchi budjetga
o‘tkaziladigan daromadlar ular qaysi ma’muriy-hududiy birlikda shakllantirilgan bo‘lsa, o‘sha


ma’muriy-hududiy birlik budjetiga o‘tkazib berilishi mumkin.
O‘tkazib beriladigan daromadlarning umumiy hajmi:
Oldingi
 tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan quyi turuvchi budjetlarga — Davlat
budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasi qabul qilinayotganda;
(136-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi
O‘RQ-660-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/660/1682-
son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan
va Toshkent shahrining shahar budjetidan tumanlar va shaharlar budjetlariga — Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari
tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari
to‘g‘risidagi qarorlar qabul qilinayotganda tasdiqlanadi.
(136-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 30-
dekabrdagi O‘RQ-660-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y.,
03/20/660/1682-son)
O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan quyi turuvchi budjetlarga tushumlari
o‘tkazib beriladigan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning hamda ular tomonidan to‘lanadigan soliqlar
va boshqa majburiy to‘lovlarning turlari ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda tasdiqlanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetidan, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy
budjetlaridan tumanlar va shaharlar budjetlariga tushumlari o‘tkazib beriladigan xo‘jalik yurituvchi
subyektlarning hamda ular tomonidan to‘lanadigan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning
turlari ro‘yxati Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya
boshqarmalari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq
boshqarmalari bilan birgalikda tasdiqlanadi.
Yuqori turuvchi budjetdan quyi turuvchi budjetga o‘tkazib beriladigan daromadlarning
summasi tegishli quyi turuvchi budjetga tushishi lozim bo‘lgan daromadlar hisobga olingan holda
belgilanadi.
O‘tkazib beriladigan daromadlarni o‘tkazish ular bo‘yicha haqiqatda tushgan tushumlar
doirasida, biroq ularning tasdiqlangan hajmidan ortiq bo‘lmagan miqdorda amalga oshiriladi.

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish