O‘zbekiston respublikasining budjet kodeksi umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. O‘zbekiston Respublikasining Favqulodda Davlat budjeti



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/114
Sana09.07.2022
Hajmi0,71 Mb.
#766346
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   114
Bog'liq
26.12.2013. O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi

101-modda. O‘zbekiston Respublikasining Favqulodda Davlat budjeti
O‘zbekiston Respublikasining Favqulodda Davlat budjeti O‘zbekiston Respublikasining
Prezidenti qaroriga ko‘ra favqulodda holat sharoitlarida qabul qilinadigan budjetdir.
Ijro etuvchi hokimiyat organlari favqulodda holat sharoitlarida budjet sohasidagi vakolatlarini
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga ko‘ra amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda Davlat budjetining amal qilishi davrida O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti to‘g‘risidagi
qarorlarining, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari
viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining Qoraqalpog‘iston Respublikasining budjeti, viloyatlar
va Toshkent shahar mahalliy budjetlari daromadlari va xarajatlari hajmi haqidagi qarorlarining amal
qilishi to‘xtatib turiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda Davlat budjetining amal qilishi tugatilishi bilan Davlat
budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari parametrlariga aniqlik kiritiladi.
18-bob. Xarajatlar smetalarini va shtat jadvallarini tuzish hamda tasdiqlash, ularni ro‘yxatdan
o‘tkazish tartibi
102-modda. Budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar
smetalarini tuzish


Xarajatlar smetalari budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar tomonidan, yil oylari
bo‘yicha taqsimlangan holda:
xarajatlarning birinchi — uchinchi guruhlari bo‘yicha xarajatlarning moddalariga ko‘ra ajratib;
xarajatlarning to‘rtinchi guruhi bo‘yicha xarajatlarning moddalariga ko‘ra ajratmasdan
tuziladi.
Xarajatlar smetasiga xarajatlarning moddalari bo‘yicha to‘rtinchi guruh xarajatlari yoyilmasi,
shuningdek davlat ehtiyojlari uchun ustuvor ravishda kichik tadbirkorlik subyektlaridan xarid
qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) guruhlarining ro‘yxati bo‘yicha xarajatlar yoyilmasi ilova
qilinadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi har bir diplomatik vakolatxonasi va konsullik
muassasasi bo‘yicha xarajatlar smetalari O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik
vakolatxonalari va konsullik muassasalarining O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan
kelishilgan yillik jamlanma xarajatlar smetalari asosida xorijiy va milliy valyutada tuziladi.
(102-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 8-yanvardagi O‘RQ-512-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.01.2019-y., 03/19/512/2435-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Budjet tashkilotlarining va budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetalari ikki nusxada,
budjet mablag‘larini taqsimlovchi tasarrufidagi budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar
bo‘yicha uch nusxada tuziladi.
(102-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-396-sonli
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
Moliya organlari va budjet mablag‘larini taqsimlovchilar budjet tashkilotlari hamda budjet
mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetalariga doir hisob-kitoblarni talab qilishga haqlidir.
Budjet mablag‘larini taqsimlovchi o‘z tasarrufidagi tashkilotlardan kelib tushgan xarajatlar
smetalarini moliya yili uchun budjet mablag‘larini taqsimlovchiga budjetdan ajratiladigan
mablag‘lar hajmi doirasida ko‘rib chiqadi va budjet mablag‘larini taqsimlovchining O‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etiladigan jamlanma xarajatlar smetasini tuzadi.
Xarajatlar smetasining, jamlanma xarajatlar smetasining va ularga doir ilovalarning shakllari,
shuningdek ularni tuzish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish