O‘zbekiston respublikasining budjet kodeksi umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


daromadlar va xarajatlar smetalarini tuzish, tasdiqlash hamda ro‘yxatdan o‘tkazish



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/114
Sana09.07.2022
Hajmi0,71 Mb.
#766346
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   114
Bog'liq
26.12.2013. O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi

daromadlar va xarajatlar smetalarini tuzish, tasdiqlash hamda ro‘yxatdan o‘tkazish
Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari bo‘yicha daromadlar va xarajatlar
smetalarini tuzish hamda tasdiqlash budjet tashkilotlarining xarajatlar smetalari uchun belgilangan
tartibga o‘xshash tartibda amalga oshiriladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalari bo‘yicha
jamlanma daromadlar va xarajatlar smetalari ushbu Kodeksning 
107-moddasida
xarajatlar
smetalari uchun belgilangan muddatlarda va tartibda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida
ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim.
(105-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-396-sonli
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari bo‘yicha daromadlar va xarajatlar
smetasining daromad qismi moliya yili boshidagi mablag‘lar qoldig‘i hamda daromadlarning
manbalar kesimidagi prognozidan tashkil topadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Qonunchilikka muvofiq budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari hisobidan
xodimlar soni saqlab turilgan taqdirda, budjetdan tashqari jamg‘armalar bo‘yicha daromadlar va
xarajatlar smetasiga ko‘rsatilgan xodimlar soni bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan shtat
jadvali ilova qilinadi.
(105-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
106-modda. Budjet tashkilotining shtat jadvalini tuzish va tasdiqlash


Budjet tashkilotining shtat jadvali 1-yanvar holatiga ko‘ra har bir budjet tashkiloti bo‘yicha
mazkur tashkilot uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash shartlariga muvofiq, O‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shakl bo‘yicha tuziladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Yangidan tuzilayotgan budjet tashkilotining shtat jadvali, agar qonunchilikda boshqacha
tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, budjet tashkiloti faoliyat ko‘rsata boshlashidan ikki oy oldin
tuziladi va kuchga kiradi.
(106-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Lavozimlarning nomlari va xodimlar soni, mehnatga haq to‘lash bo‘yicha razryadlar, bazaviy
stavkalar:
Oldingi
 tahrirga qarang.
Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatorida, namunaviy shtatlarda
hamda qonunchilik bilan tasdiqlangan mehnatga haq to‘lash bo‘yicha tarif razryadlarida, bazaviy
stavkalarda nazarda tutilgan lavozimlarga;
(106-modda uchinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi
O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
tasdiqlangan namunaviy shtatlarda nazarda tutilgan xodimlar soniga;
xodimlarning tasdiqlangan umumiy cheklangan soniga, shu jumladan budjet
tashkilotlarining budjet mablag‘lari va budjetdan tashqari jamg‘armalari hisobidan saqlab turilgan
boshqaruv xodimlari soniga;
davlat boshqaruvi organlarining belgilangan tartibda tasdiqlangan boshqaruv, xizmatlar
ko‘rsatuvchi va texnik xodimlari sonining o‘zaro nisbati normativlariga muvofiq bo‘lishi kerak.
Ish haqining hisob-kitobi tarifikatsiya ro‘yxatlariga muvofiq amalga oshiriladigan lavozimlar
shtat jadvaliga lavozimlarning har bir guruhi bo‘yicha stavkalar soni, oylik mehnatga haq to‘lash
jamg‘armasi ko‘rsatilgan, tarifikatsiya ro‘yxati shtat jadvaliga ilova qilingan holda kiritiladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ayrim budjet tashkilotlari uchun tasdiqlangan namunaviy shtat normativlari va mehnatga
haq to‘lash bo‘yicha razryadlar, bazaviy stavkalar mavjud bo‘lmaganda, ularning shtat jadvallariga
kiritiladigan lavozimlarning nomi va xodimlar soni hamda ularning mehnatga haq to‘lash bo‘yicha
razryadlari, bazaviy stavkalari ushbu tashkilotlar tomonidan tashkilotning o‘ziga xos xususiyatidan
kelib chiqqan holda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda
Moliya vazirligi bilan kelishuvga ko‘ra belgilanadi.
(106-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 3-yanvardagi O‘RQ-456-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son)
Amaldagi mehnatga haq to‘lash shartlarida nazarda tutilgan, ustamalar, qo‘shimcha haq
to‘lash va xodimlarni moddiy rag‘batlantirishga yo‘naltiriladigan, bir yil uchun hisob-kitob qilingan
mehnatga haq to‘lash jamg‘armasi budjet tashkilotining shtat jadvalida alohida satr bilan
ko‘rsatiladi.
Budjet mablag‘lari oluvchilar — kapital qurilish bo‘yicha buyurtmachilar xizmatlarining shtat
jadvali ushbu moddaga muvofiq tuziladi.
Budjet tashkilotining shtat jadvali tashkilotning bosh buxgalteri (uning o‘rinbosari) va moliya-
iqtisod bo‘linmasi boshlig‘i (shtat jadvaliga muvofiq moliyaviy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha
mutaxassis) tomonidan imzolanadi hamda tashkilot rahbari yoki u vakolat bergan shaxs
tomonidan tasdiqlanadi.
Budjet tashkilotlarining shtat jadvallarini tasdiqlash joriy moliya yilining 10-martidan
kechiktirmay amalga oshiriladi.

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish