O‘zbekiston respublikasining budjet kodeksi umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Davlat budjeti to‘g‘risidagi Qonunni qabul qilish



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/114
Sana09.07.2022
Hajmi0,71 Mb.
#766346
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   114
Bog'liq
26.12.2013. O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi

98-modda. Davlat budjeti to‘g‘risidagi Qonunni qabul qilish
Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qonunchilik palatasi tomonidan, qoida tariqasida, joriy yilning 15-noyabriga qadar ko‘rib chiqilishi
kerak.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan
Davlat budjeti to‘g‘risidagi Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga ko‘rib chiqish
uchun qabul qilingan kundan e’tiboran besh kun ichida yuboriladi.
Davlat budjeti to‘g‘risidagi Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan,
qoida tariqasida, joriy yilning 15-dekabridan kechiktirmay ma’qullanadi.
(98-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 9-dekabrdagi O‘RQ-590-sonli 
Qonuni 
tahririda —
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2019-y., 03/19/590/4129-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
99-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetini, viloyatlar va Toshkent shahar
mahalliy budjetlarini tasdiqlash
Oldingi
 tahrirga qarang.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining
navbatdagi yil uchun loyihalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va
Toshkent shahar hokimliklari tomonidan Davlat budjeti to‘g‘risidagi Qonun rasmiy e’lon
qilingandan keyin bir hafta muddatda, Davlat budjeti to‘g‘risidagi Qonunga muvofiqlashtirilgan
holda tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar
va Toshkent shahar Kengashlariga kiritiladi.
(99-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-660-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/660/1682-son)
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent
shahar Kengashlari tomonidan tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va
Toshkent shahar mahalliy budjetlari to‘g‘risida uch kun muddatda qaror qabul qilinadi.
Navbatdagi yil uchun tuman va shaharlar budjetlarining loyihalari tuman va shaharlar
hokimliklari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar
mahalliy budjetlari to‘g‘risidagi qarorlar qabul qilingandan keyin uch kun ichida tegishli ravishda
xalq deputatlari tuman va shaharlar Kengashlariga kiritiladi.


Xalq deputatlari tuman va shaharlar Kengashlari tomonidan tumanlar va shaharlarning
budjetlari to‘g‘risidagi qarorlar uch kun ichida qabul qilinadi.
(99-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 9-dekabrdagi O‘RQ-590-sonli 
Qonuni 
tahririda —
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2019-y., 03/19/590/4129-son)

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish