31
III-bob. TURISTIK MAHSULOTLARNING TURLARI VA UNING
TAQSIMLANISHI
3.1. Turistik mahsulot to‘g‘risida tushuncha
3. 2. Turistik mahsulotning hayotiy bosqichlari
3.3. Turistik mahsulotning baholanishi
3.4. Narx belgilashga ta’sir qiluvchi omillar
3.5. Turizm sektorida narx farqliligi
3.1. Turistik mahsulot to‘g‘risida tushuncha
Biror mehmonxona yoki restoran xo‘jaligi faqat ovqatlaniladigan yoki
tunaydigan joy emasdir. U yer ayni vaqtda, ijtimoiy
va insoniy muloqatlarning
mavjud bo‘lgan yeridir. Turizmda xizmatlar biror bir mahsulotni tashkil qiladi. Shu
sababli mahsulot xaridorga ko‘ra har xil bo‘ladi. Turistlarning o‘z uyini tark
qilganidan boshlab orqaga qaytgunlariga qadar foydalangan barcha xizmatlari va
to‘plagan tajribalari turistik mahsulot hisoblanadi. Ishlab chiqaruvchilar tomonidan
mehmonxonaning
xonalari, restoranlarning ovqatlari biror turistik mahsulotdir.
Faqat turistlarg ko‘ra bular aralash turistik mahsulotning bir parchalari hisoblanadi.
Turist ta’tilga chiqar ekan turli xil aralash bir mahsulot, y’ani xizmat paketi sotib
oladi.
Turistik mahsulot - turistning sayohati davomida foydalangan tunash,
ovqatlanish, tomosha qilish va boshqa bir qancha xizmatlarning yig‘indisidir.
Turizmda mahsulot 2 shaklda o‘rtaga chiqadi.
1. Biror davlatda mavjud bo‘lgan
barcha tabiiy, tarixiy-madaniy va turistik
resurslarni tashkil qilgan turizm mahsuloti.
2. Iste’molchilarning joy o‘zgartirishlariga va sayohat qilishlariga imkon
beruvchi
barcha xizmatlar, ya’ni bir pekij - tur hosil qilgan turistik xizmatlarning
yig‘indisi.
32
Turizm marketingining birinchi bosqichini turistik mahsulot tashkil qiladi.
Biror turistik korxonaning ishlab chiqargan mahsulot va xizmatlari, boshqa sanoat
korxonalarining ishlab chiqaradigan mahsulotlaridan farqlidir. Turizm marketingi
turli xil vositalar yordamida yuzaga keltirilgan bir mahsulot asosiga tayanadi. Bu
mahsulotning ro‘yobga chiqarilishi uchun, axborot va
xabarlashish vositalarini
ham qo‘shish kerakdir. Turist uchun eng ahamiyatlisi, eng yaxshisini yoki o‘ziga
yoqqanini tanlashdir. Turizm korxonasida yoki marketingida maqsad ham
iste’molchiga eng yaxshi
shaklda xizmat taqdim qilish, ishlab chiqaruvchilarga
optimal bir foyda yaratish orasida muvaffaqiyatli bir munosabat yaratishdir.
Turistik mahsulotning xususiyatlari quyidagilardan iborat.
6
1. Turistik mahsulotning ishlab chiqarilgan joyida tugatilishi qiyindir.
Iste’molchi turist, turistik mahsulot va xizmatlarning ishlab chiqariladigan joyiga
borishga majburdir.
2. Turistik mahsulot bir qancha xizmatlar (tunash, ovqatlanish, tomosha va h.k.)
yig‘indisidan hosil bo‘ladi.
3. Turistik xizmat va mahsulotning o‘z vaqtida sotilishi shartdir.
4. Turistik mahsulotlarda sub’yektiv baholanish juda yuqoridir.
5. Turistik
mahsulotlarda tortuvchanlik, foydalilik va qulay yaratilish
xususiyatlarining bo‘lishi kerakdir.
6. Turistik mahsulotlarda mehnat zich ishlab chiqarish shaklida bo‘lib
avtomatlashtirish juda kamdir.
7. Turistik mahsulotlarda standartlashtirish juda kamdir. Xususan xizmat yoki
servislarning bir tartibda va bir qolibda bo‘lishi mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: