Ўқув фанининг долзарблиги ва олий касбий таълимдаги ўрни



Download 6,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/254
Sana09.07.2022
Hajmi6,02 Mb.
#765905
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   254
Bog'liq
pul va banklar majmua Музаффарова

3-MAVZU: PUL NAZARIYALARI 
REJA: 


Pul nazariyasining mohiyati 
Pulning metallik nazariyasi 
Pulning nominallik nazariyasi 
 
Pul nazariyasining mohiyati 
 
 
Pul nazariyasining olamshumul ilmiy ahamiyati shundaki, u barcha iqtisodiy fanlarning bazisi 
hisoblanadi. Haqiqatda ham birorta iqtisodiy adabiyot mavjud emaski, agar pul yoki u bilan bog‘liq 
munosabatlarni o‘zida aks ettirmagan bo‘lsa. 
Pulning nazariy tabiati bir nechta bo‘lib, qator konsepsiyalarda uning mavjudligini tabiiy asoslari va 
amal qilishining sabablari keltiriladi. Shartli ravishda buni ―tovarli‖ va ―tovarsiz‖ konsepsiyalarga 
ajratish mumkin
35

Tovarli konsepsiyada pulning qimmatliligini aniqlashda asosiy e‘tibor real foydali hisoblangan ichki 
qiymatiga qaratiladi. Bu borada juda keng tarqalgan pulning metallilik nazariyasi e‘tiborga 
olinadi.Pulning tovarsiz konsepsiyasida uning tovarni sotib olish huquqini beruvchi qiymati, simvoli, 
ieroglifi, umumiy ko‘rinishi kabi belgilariga e‘tibor qaratiladi. Albatta, pul nazariyasining ko‘p qirraliligi 
va uning iqtisodiy kategoriya sifatida amal qilishi juda ko‘p iqtisodchi olimlar, mutaxassislar, ekspertlar 
tomonidan e‘tirof etilgan. E‘tiborli jihati shundaki, iqtisodchi olimlar, ekspertlar va mutaxassislarning 
pul nazariyasi va uning iqtisodiy kategoriya sifatida amal qilishi haqidagi qarashlari, ta‘limotlari va 
g‘oyalari juda ko‘p hollarda bir – biridan farq qiladi. Buning asosiy sabablaridan biri, bizning 
nazarimizda, iqtisodiy nazariyachi olimlar, mutaxassislar va ekspertlarning pul nazariyasi haqidagi 
asarlarining turli vaqtda, turlicha ishlab chiqarish sharoitida va turli hududlarda yaratilganligidir. 
Jamiyatda mehnat taqsimotining mavjudligi, kishilarni bir – biriga bog‘lab turadilar, ular o‘rtasida 
mahsulotlar va resurslar almashuvini ta‘minlaydigan mexanizmni amal qilishini talab etadii. Ushbu 
mexanizm bozor bo‘lib, bozor kishilar faoliyatini tartibga soladi va ularning manfaatlarini bir – biriga 
mos kelishini ta‘minlaydi. Kishilar faoliyatini harakatga keltiruvchi, ular o‘rtasidagi ayirboshlashni 
ta‘minlovchi va ularning manfaatlarini tartibga soluvchi vosita sifatida pul maydonga chiqadi. 
Ma‘lumki, jamiyatda ayirboshlash munosabatlarining dastlabki davrlarida kishilar barterdan juda keng 
ravishda foydalangan, keyinchalik ular barter, ya‘ni tovarni – tovarga almashtirish jarayoni ma‘lum 
qiyinchilik va qo‘shimcha vaqtni talab etishi natijasida, bozor ishtirokchilari pulni kashf etdilar. Pul – 
barcha tovarlarning umumiy ekvivalenti sifatida maydonga chiqadigan ―maxsus tovar‖ bo‘lib, uning
yordamida barcha tovarlar qiymati o‘lchanadi. Pulning jamiyatda amal qilishi va uning evolyusiyasi 
bilan bog‘liq masalalar iqtisodiy adabiyotlarda pul nazariyasi sifatida talqin etiladi. Ushbu iqtisodiy 
adabiyotlarda pul nazariyasining iqtisodiy kategoriya sifatida amal qilishi quyidagi uchta guruhga ajratib 
o‘rganiladi. Pulning metallik nazariyasi 
Pulning metallik nazariyasi XVI – XVII asrlarda dastlab kapitalning boylik sifatida jamg‘arish, 
kapitalistik tuzumning shakllanishi va rivojlanishi sharoitida vujudga keldi. Moneta tarkibini buzish 
(monetaning og‘irlik miqdorini kamaytirish) ga qarshi kurashda progressiv (ijobiy) rol o‘ynadi. Bu 
nazariyalar o‘sha davr ruhi va vujudga kelayotgan burjuaziya ehtiyojlarini aks ettirib, merkantilistlar 
baquvvat metall pullar tarafdori bo‘lib chiqdilar.Bu nazariya o‘sha davr kapitalizmining eng rivojlangan 
Angliya davlatida maydonga keldi. Ularning fikricha, barqaror metall valyuta jamiyat iqtisodiy 
taraqqiyotining muhim shartlaridan biridir. Jamiyat a‘zolarining jamg‘arishga bo‘lgan intilishi 
iqtisodchilarning boylikning manbaini o‘rganishlariga sabab bo‘ldi. Ular bu manbani savdodan izladilar. 
Ularning e‘tirof etishlaricha, aktiv savdo balansi mamlakatga oltin va kumushning kelishini ta‘minlaydi. 
Shunday qilib, ilk metallik nazariyasi tarafdorlari jamiyat boyligini qimmatbaho metallar bilan 
almashtirib, ular pulning hamma funksiyalarini bajaradi deb hisoblar edilar. Ma‘lumki, pul birligining 
sotib olish qobiliyati metall asosida aniqlanadi, metall tangalar o‘zida pulning haqiqiy qiymatini aks 
ettirib, ulardan tanga (moneta)lar zarb etilgan. Shu bois ham metall pul nazariyasini qo‘llab – 
quvvatlovchi iqtisodiy nazariyachilar vakillari qog‘oz pul nazariyasini inkor etadiilar. Metall pul 
nazariyasi vakillari ushbu ta‘limotni yoqlab chiqqanlarida asosan nodir metallarni, ya‘ni kumush va oltin 
tangalarni nazarda tutadilar. Ularning ta‘limotida kumush va oltin tangalar real qiymatni aks ettiruvchi 
haqiqiy pul bo‘lib, ular o‘z qiymatlarini yo‘qotmaydilar. Shu bilan birga, kumush va oltin pullar 
ayirboshlash munosabatlarida real qiymatlari asosida ishtirok etib, iqtisodiyotda inflyasiya muammosini 


keltirib chiqarmaydi, deya ta‘kidlaydilar. Ushbu olimlarning ilmiy karashlaricha mamlakatning boyligi 
pulning ko‘payishi bilan belgilanishi kerak xamda metall pullar faqat oltin va kumushdan yaratilishi 
lozim. Bundan kelib chiqadiki, metallistlar nazariyasiga ko‘ra: pulning moxiyati ijtimoiy zaruriy 
mehnatning rivojlanishi bilan belgilanmasdan oltin va kumushning tabiiy xususiyatlari bilan belgilanadi, 
ya‘ni qanchalik ushbu metallar sifatli bo‘lsa pulning qadri shuncha yuqori bo‘ladi. Pulning metallik 
nazariyasi kapital harakatining dastlabki davrida taraqqiy etdi. Moneta tarkibini buzish (monetaning 
og‘irlik miqdorini kamaytirish)ga qarshi kurashda progressiv rol o‘ynadi. Bu nazariyalar o‘sha davr ruhi 
va tuzilayotgan burjuaziya ehtiyojlarini aks ettirib, merkantilistlar baquvvat metall pullar tarafdori bo‘lib 
chiqdilar. Bu nazariya o‘sha davr kapitalizmining eng rivojlangan davlati Angliyada maydonga keldi. 
Metallik nazariyasining asoschilaridan biri U. Stefford (1554-1612 y.) edi. U o‘z qarashlarini o‘zining 
Londonda 1581 yilda chop etilgan 
«Vatandoshlarimizning ba‘zi odatiy arizalarining qisqartmasi» asarida bayon etdi. Bu oqim tarafdorlari 
Angliyada T. Men (1571-1641y.), D. Nors (1641-1691y.), Fransiyada bu ta‘limotni A. Monkreten 
(15751621y.), Italiyada F. Tamani (1728- 1787y.) va boshqalar rivojlantirdi. Ularning fikricha, barqaror 
metall valyuta jamiyat iqtisodiy taraqqiyotining muhim shartlaridan biridir. Jamiyat a‘zolarining 
jamg‘arishga bo‘lgan intilishi iqtisodchilarning boylik manbaini o‘rganishlariga sabab bo‘ladi. Ular bu 
manbani savdodan izladilar. Ularning e‘tirof etishlaricha, aktiv savdo balansi mamlakatga oltin va 
kumushning kelishini ta‘minlaydi.Shunday qilib, ilk metallik nazariya tarafdorlari jamiyat boyligini 
qimmatbaho metallar bilan almashtirib, ular pulning hamma funksiyalarini bajaradi, deb hisoblar edilar. 
Ilk metall nazariya tarafdorlarining asosiy kamchiliklari quyidagilardan iborat edi: 
ilk metallchilar haqiqiy pullarni qiymat belgilari bilan almashtirish zarurligi maqsadga muvofiq kelishini 
tushunib yetmadilar; 
ilk metallchilar pulning jamiyat taraqqiyotida tovar muomalasi asosida yuzaga kelgan tarixiy kategoriya 
ekanligini tushunmadilar; 
ular jamiyat boyligi deb qimmatbaho metallarni jamg‘arishni tushundilar va 
«bunday boylik manbai savdodir» degan noo‘rin fikrga keldilar. 
Ular jamiyat boyligi mehnat natijasida vujudga keladigan moddiy va ruhiy qadriyatlar yig‘indisi 
ekanligini tushuna olmadilar. Ilk metallik nazariya targ‘ibotchilari savdo burjuaziyasi manfaatlarini 
himoya qilib chiqqan edilar. 
XVIII
asr oxiri va XIX asrning birinchi yarmiga kelib sanoat burjuaziyasi manfaatlarini qondira 
olmagan metallik nazariya o‘z mavqeini yo‘qotdi. Ammo XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib nemis 
iqtisodchisi, tarixiy maktab vakili K. Knis (1821-1898 y.) bu nazariyani himoya qilib chiqdi. Bu g‘oyaning 
qayta tiklanishiga 1871-1873 yillarda Germaniyaga kiritilgan oltin tanga standarti sabab bo‘ldi. K. Knis 
targ‘iboti metallchilar nazariyalarini yangi sharoitga moslashtirdi. Knis pul sifatida faqatgina metallni 
emas, balki Markaziy bank banknotalarini ham e‘tirof etdi. Bu paytga kelib xo‘jalikda kredit asosiy 
mavqega ega bo‘la boshladi va bu oltin monetalar bilan birga muomalada bo‘lib, ularga almashtiriladigan 
banknota emissiyasining asosini tashkil etdi. K. Knis banknotalarni tan olgan holda, hech nima bilan 
ta‘minlanmagan qog‘oz pullarga qarshi chiqdi. Uning fikricha, pul muomalasi metall bilan ta‘minlangan 
banknotalar va metall monetalarga asoslanishi shart. Qog‘oz pullar xuddi «qog‘oz bulka» kabi ma‘nosiz 
narsadir. K. Knis ta‘kidlashicha, oltin o‘z tabiatiga ko‘ra puldir. I Jahon urushidan so‘ng metallizm 
tarafdorlari oltin moneta standartini qayta tiklash mumkin emasligini tan olib, o‘z nazariyalarini himoya 
qilish maqsadida oltin quyma standart va oltin deviz standartga asoslangan banknota ishlab chiqarishni 
yoqlab chiqdilar. 

Download 6,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish